=-68-=
5.
Effektivlik.
Resurslar taqsimotida OS foydalanuvchi
uchun maksimal holda
sistema resurslaridan foydalanish darajasini oshirish kerak. Sistemaning o’zi esa iloji
boricha kamroq resurslardan foydalanishi kerak. Resurslarning OS tomonidan band
qilinishi foydalanuvchi imkoniyatlarini kamaytirishga olib keladi.
6.
Moslanuvchanlik.
Sistema amallari foydalanuvchiga
qarab sozlanishi
mumkin. Resurslar majmuasi OS effektivligi va samaradorligini oshirish maqsadida
ko’paytirish yoki kamaytirilishi mumkin.
7.
Kengaytiruvchanlik.
Evolyusiya jarayonida OS ga yangi fizik va dasturiy
resurslar qo’shilishi mumkin.
8.
Aniqlik.
Foydalanuvchi sistema interfeys darajasidan pastda sodir bo’ladigan
jarayondan bexabar qolishi mumkin. Shu bilan birga foydalanuvchi
sistema haqida
qancha bilgisi kelsa shuncha bilish imkoniyatiga ega bo’lishi kerak. Bu holatda
interfeys sistemasida qabul qilingan qoida va fizik qurilmalar ulanishi va o’zaro
bog’liqligining funksional xarakteristikasi asosida amalga oshiriladi.
Avval qayd etganimizdek - OS ning asosiy vazifasi
bu resurslar tahsimoti va
kompyuterda ishlashni boshqarishdan iborat. OS foydalanuvchini resurslar
tahsimotidan ozod qilib kompyuterni uch xil rejimda ishlashini ta’minlashi mumkin:
bir dasturli; ko’p dasturli; ko’p masalali.