Fanlar akademiyasi keksa avlod vakillarining yorqin ilmiy yutuqlari olamga mashhur. Ular qatorida quyidagilarni ko’rsatib o’tish mumkin




Download 120 Kb.
bet4/9
Sana10.04.2017
Hajmi120 Kb.
#3915
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Fanlar akademiyasi keksa avlod vakillarining yorqin ilmiy yutuqlari olamga mashhur. Ular qatorida quyidagilarni ko’rsatib o’tish mumkin:

- Sobir Yunusovich Yunusov, O’simliklar kimyosi instituti va kimyoviy birikmalar sohasida butun dunyoga mashhur ilmiy maktab asoschisi va rahbari, bir qator yangi mahalliy dori vositalari muallifi, «Tabiiy birikmalar kimyosi» xalqaro ilmiy jurnali asoschisi (1965-y.);

- Yolqin Xolmatovich To’raqulov, yirik biokimyo ilmiy maktabi, endokrin tizimi kasalliklarini davolash va ularning oldini olish ishlariga salmoqli hissa qo’shgan Endokrinologiya va Biokimyo institutlari asoschisi;

- Ibrohim Hamrabaevich Hamrabaev, uzoq yillar mobaynida Geologiya va geofizika institutini boshqargan, u bajargan ishlar O’zbekistonda bir qator yirik metall-kon, shu jumladan oltin konlarini ochishga zamin yaratdi;

- Galina Anatolevna Pugachenkova, uning O’rta Osiyo san’at tarixi, me’morchiligi, shu jumladan, Qadimgi Xolchayon va Dalvarzintepa madaniyatlari sohasida amalga oshirgan ustuvor tadqiqotlari YUNESKO tomonidan qayd etilgan.

Respublika olimlari seysmologiya sohasida muhim ilmiy kashfiyot - “Er qimirlashida yer osti suvlari kimyoviy tarkibining o’zgarishi hodisasi” (1966-y. 21-fevral) ni kashf etishga musharraf bo’lib, u asosda keyingi yillarda O’rta Osiyoda ro’y bergan qator kuchli yer qimirlashlari vaqti va magnitudasi asosli ravishda bashorat qilindi.

Quyida ma’ruzamizda o’zbek olimlari keksa va keyingi avlodining boshqa ko’plab yirik ilmiy yutuqlari keltiriladi.

 Ma’lumki, postsovet makonida hosil bo’lgan yangi mustaqil davlatlar, shu jumladan O’zbekiston ilm-fani bir qator jiddiy qiyinchiliklarga duch keldi. Ularning oldini olish uchun davlat miqyosida ilm-fanni qo’llab-quvvatlash va rivojlantirishga qaratilgan islohotlarni amalga oshirish kerak edi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumat tomonidan mamlakatimiz ilm-fanini rivojlantirishga qaratilayotgan e’tibor tufayli Fanlar akademiyasi xo’jalik faoliyatining yangi iqtisodiy sharoitlariga ko’nikish bosqichlarini o’z vaqtida bosib o’tdi, ustuvor jihatlar tizimini ishlab chiqdi, uning ilmiy ishlanmalari zaruriyati yanada oshdi.



Fanlar akademiyasining e’tibori dolzarb innovatsion loyihalarni keng ishlab chiqishga qaratildiki, bu respublikaning barqaror rivojlanishining strategik maqsadlari bilan o’zini oqladi. O’zbekiston mustaqillik yillarida Fanlar akademiyasini tubdan isloh qilishi quyidagilarga imkon yaratdi:

- ilmiy muassasalar tuzilishini maqbullashtirish va ularning kardlar tarkibini mustahkamlash;

- mamlakat iqtisodiyotining asosiy tarmoqlari va innovatsion rivojlanishi talablariga javob beradigan yangi turdagi qator institut va markazlarni tashkil etish;

- ustuvor ilmiy yo’nalishlar va respublika uchun dolzarb ilmiy mavzularni shakllantirish, asosiy ilmiy saloxiyatni ularni ishlab chiqishga qaratish;

- sovet davri hamda respublikamiz shakllanishining dastlabki yillarida asosiy bo’lgan va o’zini oqlamaydigan ayrim ilmiy muassasalarni bazaviy moliyalashtirish tizimidan fundamental va amaliy tadqiqotlar doirasidagi ilmiy loyihalarni moliyalashtirishning tanlov grant tizimiga o’tish;

- mamlakat iqtisodiyoti tarmoqlari uchun muhim bo’lgan innovatsion va investitsion loyihalarni bajarish;

- ilmiy ishlanmalarni amaliyotga keng joriy etish va respublikamiz uchun yangi formatdagi mutaxassislarni tayyorlashni tashkil etish imkoniyatini bergan fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasining yangi mexanizmlarini joriy qilish;  

- xorijiy davlatlarning ko’plab ilg’or ilmiy markazlari va universitetlari bilan o’zaro manfaatli ilmiy-texnik hamkorlikni mustahkamlash, shuningdek, bir qator qo’shma xalqaro ilmiy dasturlar va investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish;

- shuningdek boshqa bir qator qoldirib bo’lmaydigan ilmiy-tashkiliy masalalarni yechish.

 Bugungi kunda, taraqqiyotning ishlab chiqilgan ustuvorliklari va birinchi darajali ahamiyatga ega masalalar nuqtai nazaridan Fanlar Akademiyasi tuzilishi tubdan o’zgardi, uning tarkibiga 32 ta ilmiy-tadqiqot muassasalari, shu jumladan, 23 ta yirik institut, ilmiy markaz va ixtisoslashgan konstruktorlik-texnologik byuro, 4 ta muzey va 2 ta mintaqaviy bo’lim – Qoraqalpoq bo’limi va Xorazm Ma’mun Akademiyasi kiradi.                                                                      

Mustaqillik yillarida Fanlar akademiyasi kadrlar tarkibi sifat jihatdan yangilanib, mamlakatimiz zamonaviy ilm-fanining ko’zgusi bo’lmish iste’dodli yosh tadqiqotchilar avlodi bilan boyidi. Uning asosini esa Akademiyaning 80 nafar haqiqiy a’zosi tashkil etadi. Ilmiy tadqiqotlar 5218 nafar xodim tomonidan amalga oshiriladi, ulardan 2072 nafari – ilmiy xodim, shu jumladan 370 ta doktor va 900 ta fan nomzodi. Akademiya ilmiy muassasalarida 200 dan ortiq fan doktori ilmiy darajasiga talabgorlar ta’lim olishadi.   

                                                                             

 Bugungi kunda Fanlar akademiyasi mamlakatning barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, iqtisodiyotni modernizatsiyalashning muhim masalalarini hal etishda faol ishtirok etmoqda va shu maqsadda quyidagilarni amalga oshirmoqda:                       

- dolzarb ilmiy yo’nalishlar bo’yicha fundamental va amaliy tadqiqotlarning keng ko’lami;

- respublika uchun ustuvor ilmiy-texnik va innovatsion dastur va loyihalar, shuningdek, tanlov grantlari va investitsiyalar asosida bajariladigan xalqaro qo’shma loyihalarni ishlab chiqish;

- ham mamlakatimiz ilm-fanini rivojlantirish, ham mamlakatimiz iqtisodiyotining turli tarmoqlari uchun oliy malakali ilmiy kadrlarni tayyorlash;

- ilmiy natijalar va yangi ilmiy hajmdor texnologiyalarni amaliyotga joriy etish, shuningdek, o’z mahsulotlarini eksportga chiqarish.

Bu mamlakatning ilmiy-texnik, iqtisodiy, intellektual va ma’naviy salohiyatini rivojlantirish hamda oshirishga xizmat qiladi.



Fanlar akademiyasi olimlarining fundamental fanlar - matematika, mexanika, astronomiya, yadro fizikasi, yarimo’tkazgichlar fizikasi va materialshunoslik, noorganik va organik kimyo, seleksiya va genetika, metallogeniya, seysmologiya, arxeologiya, tarix, sharqshunoslik, adabiyotshunoslik, tilshunoslik va boshqa sohalardagi yutuqlari jahonga mashhur bo’ldi.

O’zbekiston akademik ilm-fani bor kuchini ilm-fanning ustuvor sohalarida fundamental asoslarni yartish, shuningdek, iqtisodiyotning quyidagi, respublikada jadal rivojlanib borayotgan hayotiy ahamiyatga ega tarmoqlarida mahalliy innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish sohasiga qaratmoqda:

- mineral xomashyo resurslarini izlab topish, qazib olish va chiqindilarsiz va energotejamkor usulda qayta ishlash;

- energetika, shu jumladan, quyosh va boshqa qayta tiklanadigan energiya turlarini boshqaga aylantirish va ulardan foydalanish;

- materialshunoslik, nanotexnologiya, elektronika va informatika;

- seysmobarqaror qurilish va seysmodiagnostika;

- kimyo, farmatsevtika va bio-texnologiyalar;

- genetika, ekologiya va hayvonot hamda o’simlik dunyosi bioxilma-xilligini saqlab qolish;

- yuqori mahsuldor qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish va qishloq xo’jaligi mashinasozligi;

- tibbiy diagnostika va boshqalar.

Fanlar akademiyasi tarix, arxeologiya, tilshunoslik va adabiyotshunoslik, san’atshunoslik, O’zbekiston xalqlari madaniy merosi, etnografiya sohalarida yangi bilimlarni o’rganish, olish va ulardan foydalanish ilmiy muammolari, shuningdek, muzey ishini rivojlantirish va boshqalarga katta ahamiyat qaratadi.



Download 120 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 120 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Fanlar akademiyasi keksa avlod vakillarining yorqin ilmiy yutuqlari olamga mashhur. Ular qatorida quyidagilarni ko’rsatib o’tish mumkin

Download 120 Kb.