O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti SH.I. Salixovning «Fizikaning fundamental va amaliy masalalari» respublika konferentsiyasidagi




Download 120 Kb.
bet9/9
Sana10.04.2017
Hajmi120 Kb.
#3915
1   2   3   4   5   6   7   8   9
O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti SH.I. Salixovning «Fizikaning fundamental va amaliy masalalari» respublika konferentsiyasidagi

CHIQISHI

 

Hurmatli ilmiy konferentsiya ishtirokchilari!



Hurmatli hamkasblar!

 

2014-yil 7-noyabrda mamlakatimizdagi mashhur olim, fizik, O’zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi Sodiq Azimovich Azimov tavalludiga 100 yil to’ladi.



Akademik Azimov S.A. O’zbekiston ilm-fanining yorqin namoyandalari, asoschilari va dastlabki vakillari avlodiga mansub. U o’zining ilmiy ishlari bilan fizika fanini boyitdi va o’zi tomonidan yaratilgan ilmiy maktablar va ko’plab shogirdlar, quyidagi ustuvor ilmiy yo’nalishlardagi nufuzli olimlar va yuqori malakali mutaxassislar shaklida katta meros qoldirdi:

- yadro fizikasi va yuqori energiyalar fizikasi,

- qattiq jismlar va yarimo’tkazgichlar fizikasi,

- geliomaterialshunoslik va quyosh energiyasidan foydalanish.

U olim, bir qator yirik noyob ilmiy majmualar va kuchli eksperimental qurilmalarni loyihalashtirish va qurish ixtirochisi, tashabbuskori va faol ishtirokchisi edi.

Sodiq Azimovich tadqiqot yadro reaktori va yuqori aniq yadro fizikasi qurilmalari majmuiga ega, Markaziy Osiyodagi birinchi Yadro fizikasi instituti asochilaridan biri va direktori (1962 – 1966-yillar) bo’lgan.

Yuqori haroratli materialshunoslik sohasida akademik Azimov S.A. nomi bilan bog’liq eng muxim voqea 1987-yilda Parkentda noyob ilmiy eksperimental majmua - quvvati 1000 kVt ga teng va yirik optik energetik qurilma ko’rinishidagi Katta quyosh pechi (KQP) ning qurilishi va ishga tushirilishi bo’ldi. KQP yangi yuqori haroratli materiallarni sintez qilish bo’yicha maxsus texnologik liniya bilan jihozlangan edi. Fiziko-texnika instituti va Katta quyosh pechi noyob majmuasi bazasida O’zbekiston Fanlar akademiyasi «Fizika-Quyosh» IICHB yaratildi, uning tarkibida geliomaterialshunoslikning fundamental va amaliy masalalarini yechish uchun 1993 yilda Materialshunoslik instituti tashkil etildi.

Sodiq Azimovichning katta ijodiy yo’li SSSR Fanlar akademiyasi P.N.Lebedev nomidagi Fizika institutida akademik V.I.Veksler rahbarligida aspiranturani o’tash vaqtida, 1945-yilda Moskva shahrida boshlandi. 1948-yilda S.A.Azimov Moskvada Fizika institutining ilmiy kengashida nomzodlik dissertatsiyasini, 1955-yilda esa – doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi.

1954-yilda Toshkent davlat universiteti, hozirgi O’zbekiston Milliy universitetida yangi Yadro fizikasi va kosmik nurlar kafedrasi ochilib, eksperimental jihozlar bilan jihozlandiki, unda O’zbekistonning ko’plab ilmiy-tadqiqot institut va universitetlarida mehnat qilayotgan respublika yadro-fiziklarining bir nechta avlodi tarbiyalandi. 1956-yilda mazkur kafedra qoshida muammoli laboratoriya yaratilib, uning negizida ToshDU amaliy fizikasi Ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etildi.

 Akademik Azimov S.A. rahbarligida yarimo’tkazgichlar fizikasi sohasidagi tadqiqotlarda ham sezilarli yutuqlarga erishildi. Polikristall kremniy olish texnologiyasi bo’yicha ishlar muvaffaqiyatli amalga oshirilib, 1966-yilda Chirchiqdagi «Elektrkimyosanoat» kombinati bazasida yuqori sof kremniy olish imkonini berdi. Kelgusida yarimo’tkazgichli materiallarni qo’llashga asoslangan amaliy ishlanmalar o’z rivojini topdi.

Fizika-texnika institutida Azimov S.A. rahbarligida geliotexnika va geliomaterialshunoslik sohalaridagi tadqiqotlar katta shuhrat qozondi. Olimlar tomonidan bir qator amaliy ahamiyatga ega gelioqurilmalar, turli texnik va maishiy maqsadda ishlatiladigan avtonom quyosh ta’minoti manbalari yaratildi. So’nggi yillarda S.A.Azimov shogirdlari tomonidan «Fizika-Quyosh» IICHBda Katta quyosh pechi va kichik geliopechlarning noyob xususiyatlaridan foydalanib yuqori haroratli keramikaning yangi turlari, olovbardosh materiallarni ishlab chiqish ustuvor ishlanmalari amalga oshirilib, ulardan turli maqsadlardagi mahsulotlar olindi, shuningdek, yuqori o’tkazish holatiga o’tishning harorati yuqori bo’lgan ko’p komponentli yuqori o’tkazuvchan materiallar yaratildi.  

            Respublika olimlarining mana shu dolzarb ilmiy yo’nalishlardagi natijalari mamlakat iqtisodiyotining turli jabhalarida o’z aksini topmoqda va xorijda ham ko’pchilikka ma’lum.

            Umrining so’nggi kunlarigacha akademik S.A.Azimov yuqori mahsuldor olim va ilm-fan tashkilotchisi bo’lib qoldi, «Fizika-Quyosh» IICHB ning bosh direktori, 10 yildan ziyod xalqaro «Geliotexnika» jurnalining bosh muharriri bo’lgan.

O’zining ko’p yillik faoliyati davomida Sodiq Azimovich bir qator fiziklar avlodini tarbiyaladi, 700 dan ortiq ilmiy ish va kashfiyotlarni nashr qildi. U O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan va texnika arbobi faxriy unvoniga sazovor bo’lgan, shuningdek, A.R.Beruniy nomidagi Davlat mukofoti laureati, ko’plab yuqori darajali davlat mukofotlari bilan taqdirlangan.

2002-yilning 23-avgustida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni bilan ilm-fanga qo’shgan beqiyos hissasi va qoldirgan ulkan ilmiy-ijodiy merosi uchun Sodiq Azimov o’limidan so’ng «Buyuk xizmatlari uchun» faxriy davlat ordeni bilan mukofotlandi. 1991-yilda Azimov Sodiq Azimovich nomi O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi «Fizika-Quyosh» IICHBga berildi.

Bugungi kunda S.A.Azimov izdoshlari va shogirdlari olim tomonidan boshlangan, ammo tirikligida o’zi amalga oshirishga ulgurmagan ishlanmalari va ijodiy rejalarini ro’yobga chiqarmoqdalar, shuningdek u asos solgan ilmiy yo’nalishlarni daom ettirmoqdalar.

Bugun o’tayotgan konferentsiya respublika olimlarimizning fizika fanining ustuvor yo’nalishlaridagi so’nggi yutuqlarini xulosalamoqda.

Respublika konferentsiyasining barcha ishtirokchilariga mamlakatimiz ilm-fanining rivojlanishi, sog’liq va farovonlik yo’lida mahsuldor mehnat, yangi ijodiy muvaffaqiyatlar tilab qolaman.



 E’tiboringiz uchun raxmat.

Download 120 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 120 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti SH.I. Salixovning «Fizikaning fundamental va amaliy masalalari» respublika konferentsiyasidagi

Download 120 Kb.