AVTOMOBILLARNING ELEKTR TA’MINOT TIZIMNING TEXNIK QAROVI




Download 73.79 Kb.
bet4/4
Sana23.03.2023
Hajmi73.79 Kb.
#46267
1   2   3   4
Bog'liq
4-Mavzu
guruh mustaqil ishlar ro\'yhati 2, 4 - kurs, Issiqlik elektr stansiyasi.pdf, Tarmoq xizmatlari, 8, Thin film 1, Заковат учун саволлар-01, 11, Oybegim mening (Oybekka hujum), Andijon mashinasozlik instituti mashinasozlik texnologiyasi fakulteti iqtisodiyot yonalishi, 1 savol javobi, Mustaqil ish topshiriqlari, rentgen spektraskop, 202-, Mustaqil ta\'lim

AVTOMOBILLARNING ELEKTR TA’MINOT TIZIMNING TEXNIK QAROVI


Avtomobil elektr tarmog‘idagi kuchlanishning o’zgarish doirasi belgilangan qiymatga nisbatan 3% dan ortishi mumkin emasligini e’tiborga olib generator va kuchlanish rostlagichining ishonchliligiga ancha yuqori talablar qo’yiladi. Kuchlanish qiymatining tebranishi  5% gacha ortsa lampalardagi yorug‘lik oqimi 20% gacha o’zgaradi, kuchlanishning musbat qiymatlarida esa ularning xizmat muddati deyarli 2 marta kamayadi. Rostlanayotgan kuchlanishning qiymati belgilangandan 10…12% ga yuqori bo’lganda akkumulatorlar batareyasining xizmat muddati 2…2,5 marta qisqarishi aniqlangan.
Generator qurilmasining samarali va ishonchli ishlashi uni dvigatelga yaxshi mahkamlanishi va yuritma tasmasining tortilish tarangligini belgilangan me’yorda bo’lishiga ko’p jihatdan bog‘liqdir.
Generator dvigatelga yaxshi mahkamlanmasa uning mahkamlash quloqchalari uzilib tushishi mumkin. Yuritma tasmasining tortilish tarangligi me’yordan kam bo’lishi uni shkivda sirpanishiga, rotorning aylanishlar chastotasi va generator ishlab chiqayotgan kuchlanishining pasayishiga olib keladi.
Yuritma tasmasining tortilish tarangligini tekshirish uchun uning generator va suv nasosi shkivlari o’rtasidagi qismiga belgilangan qiymatdagi kuch bilan bosiladi. Tasmaning egilish darajasi avtomobilning ishlatish yo’riqnomasida qo’rsatilgan qiymatga mos kelishi kerak. Masalan ВАЗ avtomobillarining yuritma tasmasi 10 kg kuch bilan bosilganda 10…15 mm chegarasida egilishi kerak.
Elektromagnit va kontakt-tranzistorli kuchlanish rostlagichlarining ishonchli ishlashi ko’p jihatdan prujinalarning tavsifnomasini barqarorligi va kontaktlarning eroziyaga (metalni bir kontatdan ikkinchi kontaktga ko’chishi) chidamliligi bilan belgilanadi. Kontaktsiz-tranzistorli va integral kuchlanish rostlagichlarning ishonchliligi esa o’rnatilgan elektron asboblarning (tranzistor, stabilitron, diod va hokazo) sifati va ularni yig‘ish saviyasiga bog‘liq bo’ladi.
Elektr ta’minot tizimiga taalluqli jihozlarning texnik holatini aniqlash va ularga xizmat ko’rsatish bo’yicha mo’ljallangan ishlar avtomobilga ikkinchi texnik xizmat ko’rsatish (TXK-2) vaqtida yoki unga karrali muddatlarda amalga oshiriladi. Bunda generator, to’g‘rilagich bloki va kuchlanish rostlagichlarining asosiy ko’rsatkichlari chuqur va har tomonlama diagnostika qilinadi.
TXK-1 da elektr ta’minot tizimiga taalluqli barcha asboblar chang, moy va kirdan tozalanadi. Ularni yaxshi mahkamlanganligi va generator yuritma tasmasining tortilish tarangligi tekshiriladi va me’yoriga keltiriladi.
Har to’rtinchi TXK-2 da generator dvigateldan yechib olinadi va uning cho’tka, kontakt halqalarining holati tekshiriladi. Buning uchun avval generator usti chang, moy va kirdan tozalanadi. Generatorning ichki bo’shlig‘i bosim ostidagi havo oqimi bilan tozalanadi. Shundan keyin plastmassa cho’tkatutqich yechib olinadi. Cho’tkatutqichda chutkalarni bemalol yurishi tekshiriladi, ularning balandligi o’lchanadi, bosib turuvchi prujinaning qayishqoqligi nazorat qilinadi. Agar cho’tka yaxshi yurmasa cho’tkatutqich devorchalarining ichki yuzi va cho’tka benzin bilan namlangan yumshoq latta yordamida artiladi. Me’yoridan ortiq yeyilgan cho’tkalar yangisiga almashtiriladi. Ifloslangan kontakt halqalar benzin bilan tozalanadi. Diametr bo’yicha 0,5 mm dan ortiq yeyilgan ( ya’ni ariqcha hosil bo’lgan) halqalar yo’niladi va silliqlanadi.
Generatorlarga texnik xizmat ko’rsatishda podshipniklarni holatiga alohida e’tibor berish zarur. Generatorning rotori qo’lda aylantirilganda yoki sinov qurilmasida tekshirilganda begona shovqin paydo bo’lsa generatorni alohida qismlarga ajratish, no’qsonli podshipnikni aniqlash va uni almashtirish kerak.
Elektromagnit va kontakt-tranzistorli kuchlanish rostlagichlariga generator bilan birga xizmat ko’rsatiladi. Elektromagnit kuchlanish rostlagichlarida rostlanayotgan kuchlanish qiymati o’lchanadi, kontaktlarning yemirilish darajasi aniqlanadi. Me’yoridan ortiq yeyilgan kontaktlar kichkina egovcha yordamida tozalanadi, siqilgan havo bilan puflanadi va benzin bilan artiladi.
Elektromagnit kuchlanish rostlagichlari ushlab turadigan kuchlanish qiymati prujinani tortish kuchini o’zgartirish yo’li bilan rostlanadi. Buning uchun maxsus asbob yordamida prujina mahkamlangan ilgak tepaga (rostlanayotgan kuchlanish qiymatini kamaytirish uchun) yoki pastga (rostlanayotgan kuchlanish qiymatini oshirish uchun) bukiladi.
Kontaktsiz-tranzistorli va integral kuchlanish rostlagichlariga texnik xizmat ko’rsatish ko’zda tutilmagan. Faqat vaqti-vaqti bilan ularning yuzidagi chang va kirni tozalab turish kifoya.
Akkumulatorlar batareyasiga texnik xizmat ko’rsatish ularni ishchi holatga keltirish, ishlatish jaryonida belgilangan tadbirlarni o’z vaqtida o’tkazish va to’g‘ri saqlashni ta’minlashdan iborat.
Download 73.79 Kb.
1   2   3   4




Download 73.79 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



AVTOMOBILLARNING ELEKTR TA’MINOT TIZIMNING TEXNIK QAROVI

Download 73.79 Kb.