Akkumulatorlar batareyasini saqlash




Download 73.79 Kb.
bet3/4
Sana23.03.2023
Hajmi73.79 Kb.
#46267
1   2   3   4
Bog'liq
4-Mavzu
guruh mustaqil ishlar ro\'yhati 2, 4 - kurs, Issiqlik elektr stansiyasi.pdf, Tarmoq xizmatlari, 8, Thin film 1, Заковат учун саволлар-01, 11, Oybegim mening (Oybekka hujum), Andijon mashinasozlik instituti mashinasozlik texnologiyasi fakulteti iqtisodiyot yonalishi, 1 savol javobi, Mustaqil ish topshiriqlari, rentgen spektraskop, 202-, Mustaqil ta\'lim

1.3.12. Akkumulatorlar batareyasini saqlash


Yangi elektrolit quyilmagan quruq zaryadlangan akkumulatorbatareyalar isitilmaydigan, quruq, havo harorati -500C dan past bo’lmagan xonalarda saqlanadi. Bu batareyalarning tiqinlari yaxshi yopilgan holda bo’lishi kerak. Elektrolit quyilmagan quruq zaryadlangan akkumulyatorlarni saqlash muddati 3 yildan ortiq bo’lmasligi kerak.


Ishlatilgan, avtomobildan yechib olingan akkumulyatorlarni saqlashga qo’yishdan avval, to’la zaryadlanadi; elektrolit sathi tekshirilib, me’yoriga keltiriladi; akkumulator yuzi 10% li navshadil spirt bilan yaxshilab artiladi; qutb quloqlari tozalanib, ularga texnikaviy vazelin surib qo’yiladi. Akkumulatorlar imkon boricha harorati 00C dan yuqori bo’lmagan havosi yaxshi almashib turadigan xonalarda saqlanishi zarur. Chunki havo harorati manfiy bo’lganda, akkumulatorlarning me’yoridan ortiq, o’z-o’zidan razryad bo’lish darajasi juda past bo’ladi. Akkumulyatorlarni saqlash davrida, har oyda 1 marta elektrolit zichligi tekshiriladi va uning qiymati 0,4103 kg/m3 ga kamaysa, batareyalar zaryad qilinishi zarur. Musbat temperaturada saqlanayotgan akkumulatorlar har oyda 1 marta zaryad qilib turilishi kerak. Manfiy temperatura sharoitida akkumulyatorlarning saqlash muddati 1,5 yildan, musbat temperatura sharoitida - 9 oydan oshmasligi kerak.
Ishlatilgan akkumulyatorlarni nisbatan uzoq muddat davomida (2- 3 yil) saqlash uchun, ular to’la zaryadlanadi, so’ngra ehtiyotkorlik bilan elektrolit to’kiladi va 2-3 marta yaxshilab distillangan suv bilan yuviladi. Shundan keyin akkumulatorga bor kislotasining 5% li eritmasi normal sathgacha quyiladi va tiqinlar yopiladi. Eritma muzlab qolmasligi uchun akkumulatorhavo harorati
doimo musbat bo’ladigan xonalarda saqlanadi. Akkumulyatorlarni bu usulda saqlashda me’yoridan ortiq, o’z-o’zidan razryad hodisasi sodir bo’lmaydi. Bu usulda saqlangan akkumulatorni ishga tushirish uchun unga quyilgan eritma to’kiladi (akkumulator quyish teshiklarini pastga qaratib to’ntarib qo’yiladi), 20-
25 minutdan keyin unga zichligi 1,38-1,40103 kg/m3 bo’lgan elektrolit quyiladi va 40-50 minutdan keyin batareya avtomobilga qo’yiladi. Akkumulator 8-10 soat ishlaganidan keyin elektrolit zichligi o’lchanadi va zarurat bo’yicha me’yoriga keltiriladi.



    1. Download 73.79 Kb.
1   2   3   4




Download 73.79 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Akkumulatorlar batareyasini saqlash

Download 73.79 Kb.