358
Salbiy fikr. Moliyaviy hisobot uchun kelishmovchiliklar
shunchalik muhim
va chuqurki, auditor hisobotda sharhlar bilan fikr bildirish chalg’itishga olib
keladigan yoki moliyaviy hisobotni to’liq tasvirlab bermaydigan ma’lumotni
yoritish uchun mos emas degan xulosaga kelgan taqdirda, salbiy fikr bildirilishi
lozim.
Auditor sharhlarsiz fikr bildirishidan farqli fikr bildirgan taqdirda,
har gal
buning haqiqiy sabablari aniq bayon etilganligi va, agar mumkin bo’lsa, moliyaviy
hisobotga ehtimoliy ta’sir(lar)ining miqdoriy yoritilishi auditorlik hisobotiga
kiritilishi lozim. Odatda ushbu ma’lumot fikr bildirilgan yoki fikr bildirishni rad
etilgan banddan oldingi alohida bandda bayon etiladi va moliyaviy hisobotning
ilovasidagi yanada ham kengroq muhokamaga, agar bu mavjud bo’lsa, izohlanadi.
Sharhlarsiz fikrdan farqli fikr bildirishga olib keluvchi vaziyatlar.
Ayrim holatlarda auditor ishining ko’lami sub’ekt tomonidan cheklanishi
mumkin (masalan, auditor kerakli deb hisoblagan auditorlik
muolajani kelishuv
shartlariga muvofiq bajarilishi ko’zda tutilmagan holatda). Shunga qaramasdan,
agar taklif etilayotgan kelishuv shartlarida ko’zda tutilgan cheklov shundayki,
bunda auditor fikr bildirishni rad etish lozim deb hisoblaganda, u, odatda, agar bu
qonunchilikka oid hujjatlar bilan ko’zda tutilmagan bo’lsa, audit bo’yicha bunday
cheklovlar bilan kelishuvni qabul qilmaydi. Bundan tashqari, cheklov auditorning
qonun bilan belgilangan majburiyatlarini buzgan taqdirda, qonunchilikka asosan
tayinlangan auditor audit bo’yicha bunday kelishuvni qabul qilmaydi.
Ko’lamni cheklash vaziyatlardan kelib chiqishi mumkin (masalan,
auditorning ishlash muddati auditorga tovar-moddiy
zahiralarni inventarlash
yuzasidan kuzatish imkonini bermagan taqdirda). Auditorning fikri bo’yicha,
sub’ektning hisob yozuvlari mos bo’lmagan yoki auditor tavsiya qilingan
auditorlik muolajalarini bajara olmagan taqdirda, audit ko’lamini cheklash vujudga
kelishi mumkin. Bunday vaziyatlarda, sharhlarsiz fikrni tasdiqlovchi etarli bo’lgan
tegishli auditorlik muolajalarini olish uchun auditor oqilona muqobil auditorlik
muolajalarini bajarishga harakat qilishi lozim.
359
Auditor ishi ko’lamining cheklovi shundayki, bunda fikrni sharhlar bilan
bildirish yoki fikr bildirishni rad etish lozim bo’lsa, auditorlik
hisobotida bunday
cheklov yoritilishi va moliyaviy hisobotga taxmin qilingan tuzatishlar, agar
cheklov mavjud bo’lmagan holatda ular kerakli deb belgilansa, kiritilishi lozim.
Quyida shunga o’xshash masalalarning namunalari keltirilgan:
Ko’lamni cheklash - sharhlar bilan fikr.
“Biz ............ (kirish bandi misolida keltirilgan matn kiritiladi,........... auditni
o’tkazdik.
Quyidagi bandda keltirilgandan tashqari, biz tomondan audit ...............,.........
muvofiq o’tkazilgan.
Biz 2012 yil 31 dekabr holatiga ko’ra tovar-moddiy zahiralarni
inventarlashdan o’tkazish yuzasidan kuzatishni amalga oshirmadik, chunki ushbu
sana biz kompaniyaga auditor sifatida jalb qilingan dastlabki sanadan oldin
bo’lgan. Kompaniyaning amalga oshirgan yozuvlari tavsifiga binoan, biz boshqa
auditorlik muolajalarini bajarish yo’li bilan tovar-moddiy zahiralar miqdoriga
ishonch hosil qilish imkoniyati bo’lmadi.
Bizning fikrimizcha, agar biz tovar-moddiy zahiralar miqdoriga ishonch
hosil qilganda kerakli deb hisoblagan tuzatishlar ta’siridan tashqari, moliyaviy
hisobot haqiqiy va ............
Ko’lamni cheklash - fikr bildirishni rad etish.
Biz AVS Kompaniyasining 2012 yil 31 dekabr holatiga ko’ra ilova qilingan
buxgalteriya balansi va u bilan bog’liq daromad va xarajatlar to’g’risidagi
hisobotni hamda qayd etilgan sanada yakunlangan yil bo’yicha pul oqimlari
siljishi bo’yicha hisobotni audit qilish uchun jalb qilinganmiz. Ushbu moliyaviy
hisobot bo’yicha mas’uliyat Kompaniya rahbariyati zimmasida.
Sub’ekt rahbariyati bilan kelishmaslik.
Auditor sub’ekt rahbariyati tomonidan tanlab olingan hisob siyosati, uni
qo’llash usuli yoki moliyaviy hisobotdagi yoritishlar mosligi yuzasidan sub’ekt
rahbariyati bilan kelishmasligi mumkin. Agar bunday kelishmovchilik moliyaviy
360
hisobot uchun muhim hisoblansa, auditor o’z fikrini sharhlar
bilan bildirishi yoki
salbiy fikr bildirishi lozim.