• Shartli ijobiy auditorlik xulosasi
  • Auditorlik xulosasini tuzishdan bosh tortish
  • Akrom abbasovich karimov, farxod rashidovich islomov, anvar ziyadullaevich avloqulov




    Download 2,41 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet141/174
    Sana09.01.2024
    Hajmi2,41 Mb.
    #132887
    1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   174
    Bog'liq
    xalqaro audit (1)

    Ijobiy auditorlik xulosasi. Auditorlik tashkiloti xo’jalik yurituvchi 
    sub’ektning moliyaviy hisoboti uning moliyaviy ahvolini haqqoniy yoritadi va 
    xo’jalik yurituvchi sub’ekt amalga oshirgan moliyaviy va xo’jalik operatsiyalari 
    mamlakat qonunchiligi talablariga muvofiq degan fikrga kelganda ijobiy auditorlik 
    xulosasi tuzilishi kerak. 
    Shartli ijobiy auditorlik xulosasi. Xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy 
    hisobotida ayrim xatolar mavjud bo’lganida, ammo mazkur xatolar unchalik 
    muhim bo’lmaganida tuzilishi kerak. 
    Salbiy auditorlik xulosasi. Auditorlik tashkiloti xo’jalik yurituvchi 
    sub’ektning moliyaviy hisobotida, agar xo’jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan 
    bartaraf etilmasa, moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilarni chalg’itishi mumkin 
    bo’lgan buzilishlar mavjud degan fikrga kelsa, salbiy auditorlik xulosasi tuzilishi 
    kerak. 
    Xo’jalik yurituvchi sub’ekt amalga oshirgan moliyaviy va xo’jalik 
    operatsiyalari moliyaviy hisobotda haqqoniy aks ettirilgan, lekin qonunchilik 
    talablariga muvofiq kelmaydigan hollarda ham salbiy auditorlik xulosasi tuziladi. 
    Odatda xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbariyatining auditorlik tashkilotining 
    aniqlangan buzilishlarni bartaraf etish maqsadida moliyaviy hisobotga tuzatishlar 
    kiritish to’g’risidagi fikriga qo’shilmasligi salbiy auditorlik xulosasini tuzishga 
    sabab bo’ladi. 


    349 
    Xo’jalik yurituvchi sub’ekt auditorlik tekshiruvi davomida aniqlangan 
    buzilishlarni bartaraf etgan holda salbiy auditorlik xulosasi tuzilmaydi. 
    Auditorlik xulosasini tuzishdan bosh tortish. Auditorlik tekshiruvi 
    hajmining cheklanganligi tufayli auditorlik tashkiloti moliyaviy hisobot 
    to’g’risidagi fikrni ifodalash uchun etarlicha auditorlik dalillarini olishi mumkin 
    bo’lmasa, auditorlik tashkiloti auditorlik xulosasini tuzishdan bosh tortishi 
    mumkin. 
    Auditorlik tekshiruvi hajmini cheklash - xo’jalik yurituvchi sub’ekt vakillari 
    yoki uchinchi shaxslarning boshlab yuborilgan auditorlik tekshiruvini auditor 
    auditorlik xulosasini tayyorlash uchun zarur deb hisoblagan hajmda o’tkazishga 
    to’sqinlik 
    qilishga 
    yo’naltirilgan 
    ochiqdan-ochiq 
    harakatlari 
    yoki 
    harakatsizliklaridir. 
    Auditorlik xulosasini tuzishdan bosh tortish ariza shaklida bo’lishi va 
    "Auditorlik tashkilotining auditorlik xulosasini tuzishdan bosh tortishi to’g’risidagi 
    ariza" deb nomlanishi kerak.
    Auditorlik xulosasi kamida uch nusxada tuziladi, shundan ikki nusxa 
    auditorlik tekshiruvi buyurtmachisiga taqdim etiladi. 
    Auditorlik xulosasi moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilarga tushunarli 
    bo’lishi, auditorning ishonchi komil emasligi va (yoki) rozi emasligi yuzaga 
    keltirgan cheklashlarga doir ko’rsatmalarni o’z ichiga olishi kerak.
    Auditorlik xulosasi ochiq axborot hisoblanadi, undan moliyaviy hisobotdan 
    foydalanuvchilarning hammasi foydalana olsin. 
    Auditorlik xulosasi tegishli moliyaviy hisobotlar bilan birgalikda xo’jalik 
    yurituvchi sub’ekt tomonidan e’lon qilinishi mumkin. 
    Auditorlik tekshiruvini o’tkazmasdan tuzilgan yoki auditorlik tekshiruvi 
    natijalari bo’yicha tuzilgan, lekin auditorlik tekshiruvi davomida auditor 
    (auditorlar) olgan xo’jalik yurituvchi sub’ektning hujjatlari mazmuniga muvofiq 
    kelmaydigan auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasi qasddan yolg’on hisobot va 
    xulosa deb hisoblanadi. 


    350 
    Qasddan yolg’on auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasini tuzish qonun 
    hujjatlarida belgilangan javobgarlikni keltirib chiqaradi. 
    Xo’jalik yurituvchi sub’ekt bilan auditorlik tashkiloti o’rtasida yuzaga kelgan 
    nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi. 
    Noto’g’ri auditorlik xulosasini tuzganlikda aybdor bo’lgan auditorlik 
    tashkiloti va shaxslarning javobgarlikka tortilganligi xo’jalik yurituvchi sub’ektni 
    soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni to’lashning belgilangan tartibini buzganlik 
    uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan jarimalardan ozod etmaydi. 

    Download 2,41 Mb.
    1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   174




    Download 2,41 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Akrom abbasovich karimov, farxod rashidovich islomov, anvar ziyadullaevich avloqulov

    Download 2,41 Mb.
    Pdf ko'rish