|
Portfel shakllantirishda investitsiya fondlarini ahamiyati
|
bet | 19/23 | Sana | 18.02.2024 | Hajmi | 53,48 Kb. | | #158450 |
Bog'liq portfel menejment javoblarPortfel shakllantirishda investitsiya fondlarini ahamiyati
Investitsiya fondi. Investorlarning pul mablag‘larini jalb etish va ularni investitsiya aktivlariga qo‘yish maqsadida aksiyalar chiqarishni amalga oshiruvchi yuridik shaxs — aksiyadorlik jamiyati investitsiya fondidir. “Investitsiya fondlarining paydo boʻlishi 1800-yillar oʻrtalarida Angliya va Shotlandiyaga toʻgʻri keladi. Investitsion kompaniyalar cheklangan resurslarga ega investorlarning pul mablagʻlarini birlashtirish hisobiga tashkil etilgan boʻlib, oʻz navbatida yigʻilgan pullar turli qimmatli qogʻozlarga yoʻnaltirilgan. Amerika temir yoʻl kompaniyalari obligatsiyalariga kapital kiritila boshlangach, bunday investitsion kompaniyalar nihoyatda ommalashadi. 1824 yilda Bostonda birinchi investitsiya fondi asosiy sohalarga investitsiyalar kiritish uchun mablagʻlar jalb qilish maqsadida aksiyalar muomalaga chiqargan”. Investitsion portfellar: Konservativ - riskni minimallashtirish tamoyili bo'yicha yig'ilgan qimmatli qog'ozlar to'plami. Sarguzashtlarni qidirmaydigan, uzoq muddatli istiqbol bilan xotirjam ishlaydigan tadbirkorlar uchun javob beradi. Agressiv- asosan qisqa muddatli loyihalarda ishlash uchun aktsiyalar va qimmatli qog'ozlardan iborat yuqori daromadli vositalar to'plami. Investitsiya portfeliga odatda quyidagilar kiradi: mahalliy va xorijiy kompaniyalarning aktsiyalari; davlat, shahar, korporativ obligatsiyalar; pay va ulushlar; varrantlar, fyucherslar; valyuta; qimmatbaho metallar; boshqa aktivlar.
Portfel shakllantitirshda fundamental tahlil uchun zarur ma’lumotlarni ma’lumotlarni yig’ish va tahlil o’tkazish
Bozorni tahlili, uning asosida yotuvchi tamoyillarga bog'liq holda, texnik yoki fundamental bo'lishi mumkin. Texnik tahlil konsepsiyasi narx grafigini aks ettiruvchi talab va taklifning nisbati matematika qonunlariga bo'ysunadi, degan tasdiqqa qo'shiladi. Fundamental tahlilga muvofiq bozor mutlaqo siyosiy, iqtisodiy va moliyaviy asoslarga ko'ra o'zgaradi. Shu tufayli, fundamental tahlil iqtisodiy, moliyaviy va siyosiy xususiyatga ega axborotni baholaydi, u bozor narxining harakatiga to'g'ridan-to'g'ri va bilvosita ta'sir qiladi. Hususan - asosiy valyutalarning kurslariga ta'sir ko'rsata oladigan, iqtisodi etakchi bo'lgan mamlakatlarning aossoiy iqtisodiy ko'rsatkichlarini baholaydi. Quyidagi ko'rsatkichlar muhim hisoblanadi: yalpi milliy mahsulot; ichki yalpi mahsulot; inflyatsiya darajasi; ishsizlik darajasi; iste'molchilik va ishlab chiqarish narxlari indekslari; tovar indeksi; industrial narxlar indeksi; to'lov va savdo balansi. O'z ichiga iste'mol qilish, investitsiyalar, davlat xarajatlari, eksport va import kabi ko'rsatkichlarni qamrab oluvchi yalpi milliy mahsulot (YaMM) milliy iqtisodiyot holatining muhim indikatori hisoblanadi. YaMM va valyuta kursining o'rtasida to'g'ri proporsional bog'lanish mavjud. YaMMning yuqori bo'lishi iqtisodiyotning holati yaxshi ekanligi va chet el investitsiyalarning kelayotganidan dalolat berib, ular o'z navbatida milliy valyutaga bo'lgan talabni oshiradi. YaMMning uzoq vaqt o'sib borishi inflyatsiyaga olib kelishi mumkin bo'lib, uni pasytirish uchun foiz stavkalarini oshirishdan foydalaniladi, bu esa valyutaga talabni oshiradi. Ishsizlik darajasi ishsizlar sonining va mehnatga layoqatli aholi umumiy sonining nisbatini ko'rsatadi va aslida 6%li belgidan ortmasligi kerak. Ishsizlikning ortishi valyuta kursiga salbiy ta'sir ko'rsatadi, bunda uning kursi tusha boshlaydi. Narxlarning ortishi sur'ati bilano'lchanadigan inflyatsiya ham valyuta kursiga xuddi shunday ta'sir ko'rsatadi. Shu bilan birga inflyatsiya va ishsizlik ko'rsatkichlari teskari proporsional bog'lanishda bo'ladi.
|
| |