126
keldi, masalan, virtual mashinalar orasida sifatli maʻlumot uzatish jarayonlarini tashkil
etish bo‘yicha talablar.
Bunday tarmoq sifatida dasturiy konfiguratsiyalanadigan tarmoq qabul qilinishi
katta imkoniyatlarni yaratadi.
Bulutli maʻlumot qayta ishlash markazlarida virtual va jismoniy serverlar hamda
maʻlumot saqlash omborlari orasida muntazam ravishda axborot almashish jarayonlari
amalga oshiriladi. Shu bilan birga foydalanuvchi kompyuterlari bilan maʻlumot qayta
ishlash markazi vositalari orasida ham axborot almashinadi. Buning uchun transport
tarmog‘i sifatida bugunda IP texnologiyaga asolangan tarmoq ishlatiladi. Transport
tarmog‘i keskin o‘zgaruvchan katta hajmdagi trafikni juda qisqa vaqt oralig‘ida xatosiz
uzatib berishi talab etiladi. Buni amalga oshirish uchun tobora katta mablag‘ talab
etilayapti.
Transport tarmog‘i sifatida DKT g‘oyasini qo‘llanilishi maxsus dasturiy
taʻminotlar asosida katta hajmdagi axborotlarni operativ uzatish imkoni yaratiladi.
OpenFlow protokoli amaliyotda bulut muhitida katta hajmdagi yuklamalarni virtual
hamda jismoniy tarmoqlarda boshqarilishini taʻminlaydi. Chunki dasturiy –
konfiguratsiyalanadigan tarmoq texnologiyasida tarmoqni boshqarish uchun alohida
server ishlatiladi, u o‘z faoliyatini marshrutizator va kommutatorlarga bog‘liq
bo‘lmagan holda alohida olib boradi. Open Flow protokolida maʻlumotlarni
marshrutlash va adreslarini o‘zgartirish funksiyalari bo‘lingan, bu ikki protseduralar IP
marshrutizatorlarida bitta qurilmada bajariladi.
Yuqoridagi fikrlar negizida xulosa qilib shuni taʻkidlash joizki, bulutli maʻlumot
qayta ishlash mrkazi transport tarmog‘ida dkasturiy konfiguratsiyalanadigan tarmoq
texnologiyasini qo‘llash IP texnologiyasida yuzaga keladigan muammolarni bartaraf
etadi va markaz samaradorligini oshishiga olib keladi.