Programmada ishlatiladigan har bir konkret massiv o‘zining individual
nomiga ega bo‘lishi kerak. Bu nomni to‘liq o‘zgaruvchi deyiladi, chunki uning
qiymati to‘liq bir massivning o‘zi bo‘ladi. Massivning har bir elementi massiv nomi,
hamda kvadrat qavsga olingan va element selektori
deb nomlanuvchi indeksni
ko‘rsatish orqali oshkor ravishda belgilanadi. Murojaat sintaksisi:
[]
Bu ko‘rinishga xususiy o‘zgaruvchi deyiladi, chunki uning qiymati massivning
alohida
elementidir,
Bizning
misolda
Reyting
massivining
alohida
komponentalariga Reyting[1], Reyting[2],..., Reyting[N] xususiy o‘zgaruvchilar
orqali murojaat qilish mumkin. Boshqacha bu o‘zgaruvchilarni indeksli
o‘zgaruvchilar deyiladi.
Umuman olganda indeks sifatida ifoda ishlatilishi mumkin. Ifoda qiymati
massiv elementi nomerini aniqlaydi. Ifoda sifatida o‘zgaruvchi ham olinishi
mumkinki, o‘zgaruvchining qiymati o‘zgarishi bilan murojaat qilinayotgan massiv
elementini aniqlovchi indeks ham o‘zgaradi. Shunday qilib, programmadagi bitta
indeksli o‘zgaruvchi orqali massivning barcha elementlarini belgilash (aniqlash)
mumkin. Masalan, Reyting[1] o‘zgaruvchisi orqali I o‘zgaruvchining qiymatiga
bog‘liq ravishda Reyting massivining turli (barcha) elementlariga murojaat qilish
imkoni mavjud. Shuni qayd qilish kerakki, massiv indeksi sifatida butun son
qo‘llaniladi.
Haqiqiy turdagi (float,double) qiymatlar to‘plami cheksiz bo‘lganligi sababli
ular indeksi sifatida ishlatilmaydi.
C++ tilida indeks doimo 0 dan boshlanadi, uning eng katta qiymati massiv
e’lonidagi uzunlikdan bittaga kam bo‘ladi.
Massiv e’loni quyidagicha bo‘ladi:
[]={boshlang‘ich qiymatlar}
Bu yerda - o‘zgarmas ifoda. Misollar:
int m[6]={1,4,-5,2,10,3] ;
float a[4] ;
Massiv statik va dinamik bo‘lishi mumkin, Statik massivning uzunligi
oldindan ma’lum bo‘lib, u xotirada ma’lum adresdan boshlab ketma-ket joylashadi.
Dinamik massivni uzunligi programma bajarilish jarayonida aniqlanib, u dinamik
xotiradagi ayni paytda bo‘sh bo‘lgan adreslarga joylashadi. Masalan,
int m[6] ;
ko‘rinishida e’lon qilingan bir o‘lchamli massiv elementlari xotirada quyidagicha
joylashadi:
Adres
Qiymatlar
10-rasm. Bir o‘lchamli massivning xotiradagi joylashuvi
Massivning i- elementiga m[i] yoki *(m+i) – vositali murojaat qilish mumkin.
Massiv uzunligini sizeof(m) amali orqali aniqladi.
Massiv e’lonida uning elementlariga boshlang‘ich qiymatlar olish
(initsializatsiyalash) mumkin va uning bir nechta variantlari mavjud.
1)O’lchami ko‘rsatilgan massiv elementlarini to‘liq initsializatsiyalash:
int t[5]={-10,5,15,4,3};
Bunda 5 ta elementdan iborat bo‘lgan t nomli bir o‘lchamli massiv e’lon qilingan va
uning barcha elementlariga boshlang‘ich qiymatlar berilgan. Bu e’lon quyidagi e’lon
bilan ekvivalent:
int t[5];
t[0]=-10; t[1]=5; t[2]=15; t[3]=4; t[4]=3;
1)
O‘lchami ko‘rsatilgan massiv elementlarini to‘liqmas initsializatsiyalash:
int t[5]={-10,5,15};
Bu yerda faqat massiv boshidaga uchta elementga boshlang‘ich qiymatlar berilgan.
Shuni aytib o‘tish kerakki, massivning boshidagi yoki o‘rtadagi ementlariga
qiymatlar
bermasdan, uning oxiridagi elementlarga boshlang‘ich qiymat berish
mumkin emas. Agarda massiv elementlariga boshlang‘ich qiymat berilmasa, unda
kelishuv bo‘yicha static va extern modifikatori bilan e’lon qilingan massiv uchun
elementlarining qiymati 0 soniga teng deb, automatic massivlar elementlarining
boshlang‘ich qiymatlari noma’lum hisoblanadi.
3)O‘lchami ko‘rsatilmagan massiv elementlarini to‘liq initsializatsiyalash:
int t[]={-10,5,15,4,3};
Bu misolda massivni barcha elementlariga
qiymatlar berilgan hisoblanadi,
massiv uzunligi kompilyator tomonidan boshlang‘ich qiymatlar soniga qarab
aniqlanadi. Agarda massivni uzunligi berilmasa, boshlang’ich qiymati berilishi
shart.
Massivni e’lon qilish misollari:
char ch[4]={ ‘a’ , ‘b’,’c’,’d’}; //belgilar massivi
int in[6] ={10,20,30,40}; // butun sonlar massivi
char str[]=”abcd”; //satr uzunligi 5 ga teng, chunki
m
m[0]
m[1] m[2] m[3] m[4] m[5]
//uning oxiriga ‘\0’ belgisi qo‘shiladi
char str[]={‘a’ , ‘b’ , ‘c’ ,’d’}; // yuqoridagi satrning
// boshqacha yozilishi
Masala.
Bir oy ichidagi
kundalik harorati berilgan, oy uchun o’rtacha
haroratni hisoblash programmasi tuzilsin.
Programma matni:
void main()
{const int n=30;
int temp[n];
int I,s,temp_urtacha;
cout<<”Kunlik haroratni kiriting:\n”
for(i=0; i
{cout<<”\n temp[“<
cin>>temp[i]; }
for (i=0; i
cout<<”Kunlik harorat:\n”;
for(i=0; i
cout<<”Oydagi o’rtacha harorat=”<
return;
}