• Element o’chirish (Remove). O(n) vaqtda
  • Elementni o’zgartirish (Update). O(1) vaqtda
  • Element o’qib olish (Get). O(1) vaqtda




    Download 467.22 Kb.
    bet6/8
    Sana02.04.2023
    Hajmi467.22 Kb.
    #48202
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Agile Kanban, 3-MAVZU TOPSHIRIQLAR-HSM-FALSAFA (1), 9 variant, 2022-05-05 175802, annostatsiya, E K-68, EK-68, Hakimov Sirojiddin, Ish yuritish tili va uslubi, Madaniyat” tushunchasi, uning mohiyati, strukturasi va funksiyal, Korrupsiyaga qarshi kurashda jamoatchilik nazoratining roli ., kichik mablagʻ evaziga tovuq fermasini tashkil etish (2), Annabayev Rustam Tezis, 3(1)
    Element o’qib olish (Get). O(1) vaqtda
    Agar array indeksini bilsak, demak biz elementni darhol o’qiy olamiz. Masalan 6 sonini olish uchun arr[1] ni ishlatish kifoya.
    Element qo’shish (Insert). O(n) vaqtda
    Array boshiga qo’shish – unshift
    Array boshiga qo’shish uchun, barcha elementlar bitta keyingi indekslarga surib chiqadi va 0 indeksga yangi elementni kiritadi.
    Array ohiriga qo’shish – push
    Arrayning ohirgi elementiga keladi va indeksni bittaga oshirib yangi elementni kiritadi.
    Element o’chirish (Remove). O(n) vaqtda
    Array boshidan o’chirish – shift
    Arrayning 0 indeksini bo’shatib, keyingi indeksdagi elementlarni bitta oldingi indeksga surib chiqadi.
    Array ohiridan o’chirish – pop
    Arrayning ohirgi indeksini o’chiradi
    Elementni o’zgartirish (Update). O(1) vaqtda
    Bunda indeks ma’lum bo’lgani uchun shunchaki indeksdagi elementni yangisiga o’zgartiradi.
    Elementlarni ko’rib chiqish (Traverse). O(n) vaqtda
    Sikl ichida array elementlari ko’rib chiqiladi.

    Linked list


    Linked list — bu tugunlardan ya’ni Node’lardan iborat chiziqli tuzilma bo’lib, har bir node o’zida elementni va keyingi (ba’zan oldingi ham) node adresini ko’rsatuvchi ko’rsatkichni (pointerni) saqlaydi.
    Linked list strukturasi
    Dastlabki Node head deb ataladi. Head’dan keyingi node’lar o’zidan oldingi node’ning pointeri’ga bog’langan bo’ladi. Demak biz dastlabki node, ya’ni head’ni bilgan holda, pointerlar yordamida keyingi node’larga o’tib kerakli elementni topamiz. Array’da index nomerini bilib, darhol arr[index] bilan elementni o’qib olgan bo’lsak, Linked listda o’sha elementga borish uchun ungacha bo’lgan barcha elementlardan o’tib kelish kerak.
    Hayotiy misolda, array – mehmonxona koridori. Xona nomerini bilgan holda darhol xonani topasiz. Linked List uy ichidagi mehmon kutadigan xona. U xonaga kirish uchun oldin uy ichiga kirish, ayvonga, dahlizga o’tish kerak.
    Linked list’ning ikki ko’rinishi bor:

    • Unidirectional – Ohirgi elementdan tashqari har bir node’da faqat keyingi node uchun pointer bo’ladi. Ya’ni bir taraflama bog’langan bo’ladi.

    • Bidirectional (yoki doubly linked list) – Boshi va ohirgi elementdan tashqari har bir node’da o’zidan oldingi va o’zidan keyingi node uchun pointer bo’ladi. Ikki taraflama bog’langan bo’ladi.

    Download 467.22 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 467.22 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Element o’qib olish (Get). O(1) vaqtda

    Download 467.22 Kb.