Турк адабиёти тарихи




Download 457 Kb.
bet21/63
Sana15.03.2017
Hajmi457 Kb.
#157
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   63
Yunus Emre she’rlaridan

So‘rdim guldan, chechakdan ...


So‘rdim sari chechakdin

Yuzing nedan saridir,

Chechak aytir ey darvish,

Ohim tog‘lar eritir.

Yana so‘rdim chechakdin

Sizda o‘lim bormidir,

Chechak aytir ey darvish,

O‘limsiz yer bormidir.

Yana so‘rdim chechakdin

Qishin narda bo‘lirsiz,

Chechak aytir ey darvish,

Qishin tuproq bo‘lirmiz

Yana so‘rdim chechakdin

Tamug‘a1 kirarmisiz,

Chechak aytir ey darvish,

Ul munkirlar yeridir.

Yana so‘rdim chechakdin

Uchmag‘a2 kirarmisiz

Chechak aytir ey darvish,

Uchmag‘ odam shahridir.

Yana so‘rdim chechakdin

Gul sizni neniz bo‘lir,

Chechak aytir ey darvish,

Gul Muhammad teridir.

Yana so‘rdim chechakdin

Atoni3 bilarmisiz,

Chechak aytir ey darvish,

Ato mingdan biridir.

Yana so‘rdim chechakdin

Qirqlarni bilarmisiz

Chechak aytir ey darvish,

Qirqlar 1Olloh yoridir.

Yana so‘rdim chechakdin

Rangni nerdin olursiz,

Chechak aytir ey darvish,

Oy ila Kun nuridir.

Yana so‘rdim chechakdin

Bo‘yning nedin egridir

Chechak aytir ey darvish,

Ko‘nglim Haqqa to‘g‘ridir.

Yana so‘rdim chechakdin

Ona-otang bormidir.

Chechak aytir ey darvish,

Bu ne ajab so‘rovdir.

Yana so‘rdim chechakdin

Sen Ka’bani ko‘rdingmi,

Chechak aytir ey darvish,

Ka’ba Olloh uyidir.

Yana so‘rdim chechakdin

Boqqa kirsam ne bo‘lur,

Chechak aytir ey darvish,

Meni isla - ketaver.

Yana so‘rdim chechakdin

Sen Sirotni ko‘rdingmi,

Chechak aytir ey darvish,

Ul hammaning yo‘lidir.

Yana so‘rdim chechakdin

Ko‘zing nechun yoshlidir,

Chechak aytir ey darvish,

Bag‘rim yara - toshlidir.

Yana so‘rdim chechakdin

Yunusni bilarmisan,

Chechak aytir ey darvish,

Yunus Qirqlar yoridir.

(Azim Suyun tarjimasi)

* * *


Ilm ilm bilmakdur, ilm o‘zni bilmakdur,

Sen o‘zingni bilmasang necha bor o‘qimoqdur.

O‘qimoqdan ma’ni ne – kishi Haqni bilmoqdur,

Chun o‘qiding, bilmasang, ha, bir quruq emgakdur,

O‘qidim, bildim dema, ko‘p toat qildim dema,

Haqni taniy olmasang, abas yerga yelmakdur.

To‘rt kitobning ma’nosi jam bo‘lgan bir alifda

Sen alif dersan, Xo‘ja ma’nosi ne demakdur.

Yunus Emra der, Xo‘ja, mayli borgil ming hajga,

Hammasidan yaxshisi bir ko‘ngilga kirmoqdur.

(Nafisa Sultonqulova tarjimasi)


Katalog: ata -> dil

Download 457 Kb.
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   63




Download 457 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Турк адабиёти тарихи

Download 457 Kb.