• 31 Mavzu. O’ZBEKISTONDA XO’JALIK SUDI (XO’JALIK NIZOLARINI KO’RISH TARTIBI) Tayanch iboralar
  • Dars o’tish vositalari
  • Dars o’tish usullari
  • O‘zbekiston respubilkasi




    Download 1,21 Mb.
    bet132/144
    Sana16.03.2017
    Hajmi1,21 Mb.
    #171
    1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   144
    O’zlashtirish savollari

    1.Hakamlar sudi va uning fuqarolik huquqiy nizolarni hal qilishdagi ahamiyati.

    2.Hakamlar sudiga taalluqli bo’lgan fuqarolik ishlari.

    3.Hakamlar sudida ish ko’rish tartibi.

    4.Hakamlar sudining hal qiluv qarorining qonuniy kuchi.

    5.Hakamlar sudi hal qiluv qarorinish ijrosi.



    31 Mavzu. O’ZBEKISTONDA XO’JALIK SUDI (XO’JALIK NIZOLARINI KO’RISH TARTIBI)
    Tayanch iboralar: O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida xo’jalik sudlarining odil sudlovni amalga oshiruvchi sud hokimiyati haqida, O’zbekiston Respublikasining xo’jalik protsessual kodeksi va uning o’ziga xos xususiyatlari, Xo’jalik sudlarida ishg ko’rishning asosiy tamoyillari, Xo’jalik sudlarining tizimi, Xo’jalik sudlariga taalluqli nizolar, Xo’jalik nizolarini ko’rishda ishtirok etuvchi shaxslar, ularning protsessual huquq va majburiyatlari, Xo’jalik ishlarini apellyatsiya, kassatsiya va nazorat tartibida ko’rishning xususiyatlari, Xo’jalik sudlari qarorlarining ijrosi.

    Dars o’tish vositalari: mavzu nazariy ahamiyat kasb etishi bilan uni asosan ma`ruza tarzida O’zbeksiton Respublikasining protsessual qonunchiligi haqida, Prezident asarlarida sud -huquq sohasini isloh qilishga qaratilgan vazifalarni hamda Oliy sudning Plenum qarorlarining - normalarini sharhlash orqali yoritiladi hamda zaruratga qarab savol-javoblar uyushtiriladi.

    Dars o’tish usullari: darsning mohiyatini ijtimoiy-gumanitar fanlar yutuqlaridan foydalangan holda yorqin tahlil qilish va seminarda har bir talabaning fikrini eshitish bilan yakunlanadi.
    Xo’jalik sudiga manfaatdor shaxs o’zining buzilgan va nizolashilayotgan huquqi yoki qonun bilan qo’riqlanadigan manfaatlarining himoya qilinishi, belgilangan tartibda murojaat qilish huquqi berilgan.

    Xo’jalik sudi iktisodiy sohada va uni boshqarish jarayonida kelib chiqadigan nizolar hamda qonunlar bilan uning vakolatiga kiritilgan boshqa ishlarni hal qilish yo’li bilan odil sudlovni amalga oshiradi.

    Xo’jalik sudida sud ishlarini yuritish vazifalari quyidagilardan iborat:

    1) iktisodiy sohada va uni boshqarish jarayonida korxona, muassasa, tashkilotlar va fuqarolarning buzilgan va nizolashilayotgan huquqlarini yoxud qonun bilan qo’riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish;

    2) iktisodiy sohada va uni boshqarish jarayonida qonunchilikni mustahkamlash va huquqbuzarliklarning oldini olishga ko’maklashish.

    Xo’jalik sudlarida ish yuritishning sub`ektlari bo’lib, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, shu jumladan jamoa xo’jaliklari, turli mulkchilik shakllariga asoslangan xususiy va kushma korxonalar xalqaro birlashmalari, davlat hamda boshqa idoralar, iktisodiy masalalar bo’yicha shug’ullanuvchi tadbirkorlar va yuridik shaxslar bo’lishi mumkin.

    O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 111-moddasida va «Sudlar to’g’risida»gi qonunda, xo’jalik sudlarining tashkil etilishi va ularning faoliyati tartibi, tizimi Xo’jalik protsessual kodeksi1 va shular asosida qabul qilingan qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.

    Mazkur qonun hujjatlari nizolarni ko’rishda ishtirok etadigan barcha organlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, boshqa taraflar uchun asosiy qo’llanma bo’lib xizmat qiladi. 

    O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq Xo’jalik sudlari ham umumiy sudlar singari besh yil muddatga saylanadigan Oliy Xo’jalik sudidan, qoraqalpog’iston Respublikasi Xo’jalik sudidan va shu muddatga tayinlanadigan viloyat sudlari Toshkent shahar Xo’jalik sudlaridan iborat tartibda faoliyat ko’rsatadigan xo’jalik sudlari mavjud (Konstitutsiyaning 107-moddasi).

    Oliy Xo’jalik sudining sudyalari Prezidentning tavsiyasiga ko’ra, Oliy Majlis deputatlari, qoraqalpog’iston Respublikasi Xo’jalik sudlari esa qoraqalpog’iston Respublikasi Jukorgi Kengesi tomonidan saylanadilar.

    Viloyat, Toshkent shahar Xo’jalik sudlarning sudyalari Oliy Xo’jalik sudi raisi tavsiyasiga ko’ra O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan yuqorida ko’rsatilganidek besh yil muddatga tayinlanadilar.

    Xo’jalik sudlarining quyi sudlari bo’lib, faqat Toshkent shahar va viloyat sudlari hisoblanib, tuman (shahar)larda xo’jalik nizolarini ko’rib hal etadigan sudlar faoliyat ko’rsatmaydi.

    Sobiq Arbitraj sudlari zamirida tuzilgan amaldagi Xo’jalik sudlari o’zining mazmuni va mohiyati bilan tubdan farq qiladi, jumladan:

    a) agar arbitraj sudlariga odil sudlovni amalga oshirishdek muhim funktsiya yuklatilmagan bo’lsa, xo’jalik sudlari ham umumiy sudlar kabi odil sudlovni amalga oshiradigan organ sifatida ko’riladigan bo’ldi;1

    b) agar arbitraj boshqaruv organlariga bo’ysinuvchi va bu organlarga xos muayyan vazifalarni bajaruvchi bo’lib hisoblangan bo’lsa, Xo’jalik sudlari esa, Konstitutsiyaga asosan sud hokimiyati tizimiga kiritildi;

    v) xo’jalik sudlarida apellyatsiya bosqichi faoliyat ko’rsatadigan bo’lishi;

    g) guvohlarning bergan guvohliklaridan foydalanish kabi qator huquqiy me`yorlar arbitraj organlaridan farq qilishini ko’rsatuvchi omillar bo’lib hisoblanadi.

    O’zbekiston Respublikasida Oliy Xo’jalik sudi xo’jalik sudlov sohasida sud hokimiyatining eng yuqori organi hisoblanadi. U tomonidan qabul qilingan hujjatlar qat`iy va O’zbekiston Respublikasining barcha hududida bajarilishi majburiy. O’zbekiston Respublikasi Oliy Xo’jalik sudi qoraqalpog’iston Respublikasi Xo’jalik sudi, viloyatlar, Toshkent shahar Xo’jalik sudining sudlov faoliyati ustidan nazorat olib borish huquqiga ega.

    Oliy Xo’jalik sudi, Plenumning dasturiy ko’rsatmalarini Xo’jalik sudlari tomonidan bajarilishini nazorat qiladi,

    quyi xo’jalik sudlari faoliyatini tekshiradi, xo’jalik sudlarining ishlarini tashkil etish borasidagi ijobiy tajribani urganadi, umumlashtiradi va ommalashtiradi.

    Oliy Xo’jalik sudining tarkibi «Sudlar to’g’risida»gi qonunda o’z ifodasini topgan Oliy Xo’jalik sudi-Rais, uning o’rinbosarlari, sudlov hay`atlari raislari, Oliy Xo’jalik sudi sudyalaridan iborat bo’ladi.

    Oliy Xo’jalik sudi;

    Oliy Xo’jalik sudining Plenumi;

    Oliy Xo’jalik sudining Rayosati;

    Nizolarni hal etish bo’yicha sudlov hay`ati;

    Xo’jalik sudlari qarorlarining qonuniyligi va asosligini tekshirish bo’yicha sudlov hay`ati faoliyat ko’rsatadi.

    O’zbekiston Respublikasi Oliy Xo’jalik sudining raisi Oliy Xo’jalik sudi faoliyatiga tashkiliy rahbarlik qiladi va quyidagi vazifalarni amalga oshiradi;

    -Qoraqalpog’iston Respublikasi Xo’jalik sudi, viloyatlar, Xo’jalik sudlari raislarining xo’jalik sudlari ishlarini tashkil qilish haqidagi ma`ruzalarini eshitadi;

    -xo’jalik sudlari, Oliy xo’jalik sudi sudlov hay`atlari va apparati ishini tashkil qilishga oid masalalarni ko’radi;

    -qonun hujjatlarida o’ziga berilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

    Oliy Xo’jalik sudining Rayosati Oliy Xo’jalik sudi sudyalaridan belgilangan miqdorda tuziladi.

    Oliy Xo’jalik sudi Rayosati Oliy Xo’jalik sudi sudyalaridan Oliy Xo’jalik sudi Plenumi tomonidan belgilangan miqdorda tuziladi.

    Oliy Xo’jali sudi Raisi va uning o’rinbosarlari Rayosat tarkibiga lavozimlari bo’yicha kiradilar.

    Rayosatning yigilishi oyida kamida bir marta o’tkaziladi va Rayosat a`zolarining ko’pchiligi ishtirok etgan taqdirda vakolatli hisoblanadi.

    Oliy Xo’jalik sudining tarkibida yana sudlov hay`atlari faoliyat ko’rsatib, ular xo’jalik nizolarini birinchi instantsiyada sud qarorlarining qonuniy va asosliligini tekshirish tartibida amaldagi qonunlarga va huquqiy me`yorlarga asoslangan holda ish ko’radilar. 

    Xo’jalik sudlari iktisodiy isloxatlarni o’tkazish jarayonida davlat organlari orasida muhim o’rin egallagani sababli iktisodiy sohada va uni boshqarish jarayonida korxona, muassasa, tashkilotlar va fuqarolarning buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlarini yoxud qonun bilan qo’riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish bilan bu borada qonunchilikni mustahkamlash va shartnoma munosabatlaridagi huquqbuzarlikni oldini olishga qaratilganligi Xo’jalik Protsessual kodeksining 3-moddasida o’z ifodasini topganligi bu sudlarning asosiy vazifasi ekanligini bildiradi.

    Amaldagi qonunlarda xo’jalik nizolarini hal qilishga qaratilgan xo’jalik sudlarining vakolatlari birmuncha kengaytirilib, jamoa xo’jaliklari, tadbirkorlik bilan shug’ullanuvchi fuqarolarning ham iktisodiy munosabatlaridan kelib chiqadigan nizolari shu sudlarga taalluqli qilib belgilangan (O’zbekiston Respublikasi Oliy Xo’jalik sudi Plenumining 1994 yil 18 oktyabrdagi nizolarining xo’jalik sudloviga taalluqligiga doir ayrim masalalar).1

    Xo’jalik sudlarida ish ko’rish taalluqlilik qoidasiga rioya qilgan holda amalga oshiriladi. Xo’jalik Protsessual Kodesida manfaatdor taraf xo’jalik nizolaridan qaysi turdagi ishlar yuzasidan sudga murojaat etishi mumkinligi berilgan, ularga:

    1) yuridik shaxslar (bundan buyon matnda-tashkilotlar) o’rtasidagi, yuridik shaxs tuzmagan holda yakka tartibdagi tadbirkor maqomini qonunda belgilangan tartibda olgan fuqarolar o’rtasidagi (bundan buyon matnda-fuqarolar) fuqarolik, ma`muriy va boshqa huquqiy munosabatlar natijasida iktisodiy sohada hamda uni boshqarish jarayonida kelib chiqadigan nizolarga doir ishlar;

    2) iqtisodiy sohada hamda uni boshqarish jarayonida tashkilotlar va fuqarolarning huquqlari paydo bo’lishi, o’zgarishi yoki tugatilishi uchun ahamiyat kasb etuvchi faktlarni aniqlash (bundan buyon matnda-yuridik ahamiyat kasb etuvchi faktlarni aniqlash) to’g’risidagi;

    3) tashkilotlar va fuqarolar bankrotga uchraganligi to’g’risidagi ishlar.

    Xo’jalik sudlariga taalluqli bo’lgan ishlar tomonlarning kelishuviga asosan holislar sudiga hal etish uchun o’tkazishlari mumkin.

    Fuqarolik huquqiy munosabatlaridan kelib chiqadigan yoki yuzaga kelishi mumkin bo’lgan hamda xo’jalik sudiga taalluqli bo’lgan nizolar tomonlarning kelishuviga binoan, xo’jalik sudi qaror chiqargunga qadar tomonlar holislar sudi ko’rib chiqishiga utkazishlari mumkin.

    Xo’jalik ishlariga taalluqli ishlarning sud bo’g’inlari (zvenolari) o’rtasidan taqsimlanishi qonunlarda o’z ifodasini topgan. Taalluqlilik haqida umumiy sudlarda ko’rsatib o’tilganidek, xo’jalik sudlarida ham taalluqlilik deganimizda nizoli ishlarni ko’rish va hal qilish yuzasidan sudlar bilan boshqa davlat organlari va jamoat tashkilotlari o’rtasida huquq doirasidagi vakolatlar bilan bog’liq bo’lgan farqlar nazarda tutilgan bo’lsa, sudlovlikda esa, bir tomondan hal etiladigan nizoli ishlarni sudga taalluqliligini tushunilsa, ikkinchi tomondan yagona xo’jalik sud tizimi ichida har bir sudlar qanday vakolatga ega ekanligi anglanadi.

    Demak, xo’jalik nizolarini sudlovligi deganda sud idoralariga taalluqli bo’lgan barcha ishlarning umumiy sudlar o’rtasida taqsimlanishi tushuniladi. Ishning sudlovligini aniqlash deganda mazkur ishni qaysi xo’jalik sud bo’g’ini ko’rishi va hal etishi mumkin (vakolatli) ekanligi ham tushuniladi.

    Xo’jalik sudiga taalluqli ishlar qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar Xo’jalik sudlari tomonidan qarab chikiladi, O’zbekiston Respublikasi Oliy Xo’jalik sudi sudloviga taalluqli ishlar bundan mustasnodir.

    Oliy Xo’jalik sudi quyidagilarni ko’rib chiqadi:

    -respublika boshqaruv organlari, vakillik va ijroiya hokimiyati mahalliy organlar o’rtasidagi iktisodiy bitimlardan kelib chiqadigan nizolar;

    -O’zbekiston Respublikasi vakillik, ijroiya hokimiyati mahalliy (organlari) Oliy organlarining normativ xarakterga ega bo’lmagan hujjatlarini (butunlay yoki qisman) haqiqiy emas deb topish to’g’risidagi ishlar.

    Oliy Xo’jalik sudi alohida holatlarni e`tiborga olgan holda istalgan ishni istalgan xo’jalik sudidan olib qo’yish va uni birinchi instantsiya bo’yicha o’zi qarab chiqishiga qabul qilishi, ishni bir xo’jalik sudidan boshqasiga o’tkazish huquqiga egadir.

    Sud bo’g’inlari o’rtasida taqsimlangan nizoli xo’jalik ishlarini sud da`vogarnimi, javobgarnimi ulardan birini yashab, ishlab turgan hududida ko’rib hal etilishini aniqlashi lozim. Bu masalani qanday hal etishlik qonunda o’z ifodasini topgan. Umumiy qoida bo’yicha da`volar javobgar joylashgan erdagi xo’jalik sudiga taqdim etiladi.

    Alohida bo’linmalarda faoliyat ko’rsatuvchi yuridik shaxsga nisbatan da`vo alohida bo’linma joylashgan erga taqdim etiladi. Fuqarolik Protsessual huquqida sudlovlikni turlarga bo’linishi va shular asosida nizoli ishlarni qaysi sud bo’g’inida ko’rib hal etilishiga birmuncha aniqlik kiritilgan.

    Xo’jalik Protsessual Kodesida ham bu masalaga ahamiyat berilganligi ko’riladi. Bunga ko’ra sudlovlik institutini umumiy sudlovlik da`vogarni ixtiyori bo’yicha sudlovlik; yuridik ahamiyatga ega bo’lgan faktlarni belgilash to’g’risidagi ishlarining sudlovligi; bankrotlik to’g’risidagi ishlarning sudlovligi; mustasno (mutloq) sudlovlik; shartnomaviy sudlovlik turlarga bo’linib, bular xo’jalik nizolarini xususiyatlariga qarab ish tutilganligi bilan farqlanishi ko’rsatilgan.

    Ish yuritishda yuqorida keltirilgan har bir sudlovlik turlari o’ziga xos xususiyatga ega bo’lib, ularga rioya qilmaslik taraflarning huquq va manfaatlarining buzilishiga olib kelishi mumkin,.

    1) Hududiy (umumiy) sudlovlikka ko’ra, qonunda nazarda tutilgan hollarda fuqarolar tadbirkorlik bilan shug’ullangan ishlar bo’yicha asosan javobgarning yashash joydagi xo’jalik sudiga, agar javobgar yuridik shaxs bo’lsa, ishning qaysi sud tomonidan ko’rilishi lozimligi yuridik shaxsning organi (idorasi) yoki mulki turgan joy bo’yicha yoki alohida bo’linma (filiali) joylashgan joyda ko’rish belgilangan.

    Da`volar nizoli ishlarni qonun bo’yicha unga berilgan huquq doirasida o’z ixtiyoriga qarab ish qo’zg’atishi ham nazarda tutilgan.

    Manfaatdor shaxs da`vogar ishlarini qaysi sudda ko’rish lozimligi uning ixtiyori tanlashi bo’yicha belgilanishiga alternativixtiyoriy sudlovlik deb ataladi.

    Turli erlarda joylashgan bir nechta javobgarlarga nisbatan-da`volar da`vogarning tanlashi bo’yicha javobgarlarning biri joylashgan erdagi xo’jalik sudiga taqdim etiladi.

    Qaerdaligi noma`lum bo’lgan javobgarlarga nisbatan da`volar uning mol-mulki joylashgan erdagi yoki O’zbekiston Respublikasida ma`lum bo’lgan oxirgi turar joyidagi xo’jalik sudiga taqdim etilishi mumkin.

    O’zbekiston Respublikasining tashkiloti yoki fuqarosi bo’lgan va ayni paytda boshqa davlat hududida turgan javobgarga nisbatan da`volar da`vogar joylashgan erdagi yoki javobgarning mol-mulki joylashgan erdagi xo’jalik sudiga taqdim etilishi mumkin.

    Ijro etish joyi ko’rsatilgan shartnomadan kelib chiqadigan da`volar shartnoma ijro etiladigan erda qo’zg’atilishi mumkin.

    1) Yuridik ahamiyatga ega bo’lgan faktlarni belgilashdan maqsad manfaatdor shaxslarning xo’jalik huquqiy munosabatlaridan kelib chiqadigan nizolarni qo’zg’atish bilan, ularning mulkiy huquqlarini qo’riqlashi nazarda tutilgan.

    Sud bunday ishlarni ko’rishda yuridik ahamiyatga ega bo’lgan hujjatlarni boshqa tartibda olish mumkin bo’lmaganligi tufayli sudga murojaat etganligini aniqlashi kerak. Huquqiy faktlarni belgilash uchun, agar bu fakt shaxsiy yoki mulkiy huquqlarni vujudga keltiradigan, o’zgartiradigan yoki bekor qiladigan holatlar bo’lishi talab etiladi.

    Yuridik ahamiyatga ega bo’lgan faktlarni aniqlash to’g’risidagi ishlar arizachi turgan joydagi sudning sudloviga tegishlidir.

    2) Bozor iktisodiyoti davrida xo’jalik tashkilotlari tadbirkorlarning bir maromda ishlashligi va yuritishni oqilona tashkil qilishga bog’liq bo’ladi. Bordi-yu, bozor qonuniyatlariga nisbatan ishbilarmonlik yusinida ish tutmasalar xonavayron (bankrot) likka uchrashi mumkin. Shuning uchun ham xo’jalik protsessual kodeksida bankrotlikka alohida e`tibor berilib, sudlovlikka oid qoida, kelib chiqadigan nizoli ishlarni tashkilot yoki fuqarolarning, ya`ni qarzdorlarning turgan joyidagi sudda ko’rib hal etilishi nazarda tutilgan.

    3) Mustasno (mutloq) sudlovlik. Bu sudlovlikning asosiy mohiyati shundaki, xo’jalik nizolarini qonun faqat muayyan ishlarni, muayyan sudlarga tegishli bo’lishini belgilaydi.

    Mustasno sudlovlikka tegishli bo’lgan nizoli ishlarning sanogini kengaytirilishiga yo’l qo’yilmaydi, ya`ni bunday sudlovlikdan taraflarning kelishuviga yoki da`vogarning tanlashi bo’yicha o’zgartirilmaydi. Masalan, bino, inshoat, er-uchastkalariga nisbatan mulk huquqi to’g’risidagi, bino, inshoat, er-uchastkasini noqonuniy egallovchilardan tortib olish, mulkdorning yoki mulkning boshqa qonuniy egasining, egalik huquqini tortib olish bilan bog’liq bo’lmagan huquqlari buzilishini bartaraf etish to’g’risidagi da`volar bino, inshoat, er-uchastkasi joylashgan erdagi sudga beriladi.

    4) Qonunda da`vogar, javobgar yashab, ishlab turgan joydagi hamda da`vogarning ixtiyori bo’yicha sudlovliklarni (XPKning 27-28-moddalari) taraflarning roziligi bilan o’zgartirish mumkinligi qayd qilingan. Bunday sudlovlik shartnomaviy sudlovlik turiga kiradi. Bu huquqiy me`yorning maqsadi manfaatdor shaxslarga ko’prok qulayliklar yaratish inobatga olingan.

    Mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat ko’rishga kadam qo’yilgan bir paytda taraflarning sudlovlikdagi erkinliklarini ortiqcha cheklashni maqsadga muvofiq emasligi nazarda tutilgan. Shartnomaviy sudlovlikka asosan taraflar o’rtasida ish yuzasidan nizo kelib chiqqan taqdirda shartnomada va undan keyin ham nizoni qaysi sudda ko’rib hal etilishini taraflar kelishuv asosida o’zaro belgilashlari mumkin.

    Agar ish ko’rish jarayonida xo’jalik sudi tomonidan shartnomaviy sudlovlik tufayli taraflarning huquqi buzilganligini aniqlasa, ishni sudlovlikni umumiy qoidalari asosida ko’rish to’g’risidagi masalani hal etishi mumkin.

    Amaldagi xo’jalik protsessual kodeksida ishlarni bir xo’jalik sudidan boshqasiga o’tkazish masalasiga ham alohida huquqiy me`yor bilan tartibga solinishi belgilangan.

    Xo’jalik sudi tomonidan sudlovga tegishlilik qoidalarga rioya qilgan holda qabul qilib olingan ish, garchi keyinchalik boshqa xo’jalik sudining sudloviga tegishli bo’lib qolsa-da, avvalgi xo’jalik sudi tomonidan mohiyatan ko’rilishi lozim.

    Biroq sud ba`zi qabul qilingan ishning boshqa sudda ko’rilishi zarur va maqsadga muvofiq degan xulosaga kelishi mumkin. Bunday hollarda qonun sudyaga ishni ko’rish uchun boshqa teng darajadagi sudga o’tkazish huquqini beradi.

    Xo’jalik sudi ishni boshqa xo’jalik sudiga quyidagi hollarda o’tkazadi:

    1) agar ish sudlovga tegishlilik qoidasi buzib qabul qilinganligi va shu sudda ishni ko’rish vaqtida ma`lum bo’lsa;

    2) agar bir yoki bir necha sudyalar rad qilinganidan keyin ularni ushbu sudda almashtirish mumkin bo’lmay qolsa, shuningdek ishni ushbu sudda ko’rish mumkin bo’lmay qolgan boshqa hollarda; Ishni boshqa xo’jalik sudida ko’rishga o’tkazish to’g’risida ajrim chiqariladi.

    Bir suddan boshqa sudga yuborilgan ish u yuborilgan sudda ko’rish uchun qabul qilib olinishi kerak.

    O’zbekiston Respublikasi Xo’jalik sudlari o’rtasida sudlovga tegishlilik to’g’risidagi nizolarga yo’l qo’yilmaydi (XPKning 33-moddasi).

    Ishni boshqa sudga o’tkazish to’g’risidagi sudning ajrimiga shu ajrim ustidan shikoyat qilish muddati o’tgandan so’ng berilgan bo’lsa, bunday hollarda shikoyatni qanoatlantirmay qoldirish haqida sud ajrim chiqargandan so’ng ish boshqa sudga o’tkaziladi.

    Ish bir suddan boshqa xo’jalik sudiga yuborilganida ish kelib tushgan sudda ko’rib chiqilishi va bu borada xo’jalik sudlari o’rtasida sudlovlik to’g’risida nizolar kelib chiqmasligi haqida qonun yo’l qo’ymasligini ta`kidlaydi.

    Agar korxona, tashkilot va muassasaning qaytadan tuzilishi munosabati bilan ishda qatnashuvchi taraflar o’zgartirilsa yoki taraflarning biron-bir tashkilotga buysunishi o’zgarsa va shu tufayli nizo boshqa xo’jalik sudiga taallukl bo’lib qolsa, ish mazkur xo’jalik sudiga topshirilishi lozim.

    Nizoning mazkur xo’jalik sudiga taalluqli bo’lmasligi aniqlanganida da`vo (arizalari) materiallari da`vo arizasi tushgan paytdan e`tiboran yoki ish sud majlisida bekor qilingani zamon uch kun ichida tegishli xo’jalik sudiga yuborilishi kerak. Bu materiallarni olgan sudya ularni umumiy asoslarda ko’rish uchun qabul qiladi.

    Xo’jalik sudining sudyasi da`vo materiallari noto’g’ri yuborilgan deb topsa, bu materiallarning nizoning taalluqliligi to’g’risidagi masalani hal qilish uchun tegishli xo’jalik sudiga yuborilishi kerak.

    Qonunda ko’rsatilgan ayrim hollarda xo’jalik nizolari avval sudsiz hal etish ko’rsatilgan bo’lishi mumkin, masalan, «Birjalar va birja faoliyati to’g’risida»gi «O’zbekiston Respublikasi qonunining 31-moddasi 2-bandida birja oldi-sotdi qatnashchilari o’rtasida yuzaga keladigan nizolar konflik komissiyasi tomonidan hal etilishi, agar taraflardan biri uning qaroridan roz bo’lmagan taqdirda tegishli xo’jalik sudi tomonidan hal etilishi ko’rsatilgan.1




    Download 1,21 Mb.
    1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   144




    Download 1,21 Mb.