• Dars o’tish vositalari
  • Dars o’tish usullari
  • -Mavzu. O’ZBEKISTONDA NOTARIAT (NOTARIAL HARAKATLAR)




    Download 1,21 Mb.
    bet134/144
    Sana16.03.2017
    Hajmi1,21 Mb.
    #171
    1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   144
    32-Mavzu. O’ZBEKISTONDA NOTARIAT (NOTARIAL HARAKATLAR)
    Tayanch iboralar: notariat tushunchasi va uning vazifalari, «Notariat to’g’risida» gi O’zbekiston Respublikasining qonuni va uning mohiyati, notarial idoralarning tuzilishi va ularning vakolatlari, notarial harakatlarni bajarish bo’yicha tuman, shaxarchalar, qishloqlar va ovullar fuqarolar yig’inlarining rais (oksoqol)lari tomonidan amalga oshiriladigan notarial harakatlar, notarial harakatlar yuzasidan nizolashish, ayrim turdagi notarial harakatlarni bajarish qoidalari, er-xotinning umumiy mulkidagi xissaga bo’lgan egalik huquqini belgilash to’g’risida guvohnoma berish, merosga bo’lgan huquq haqida guvohnoma berish, ijro xatlarining mazmuni, faktlarni guvohlantirish bo’yicha notarial harakatlar, meros mulkini saqlash choralari, musodara qilingan uy-joyni birovlarga berishni ta`qiqlash, hujjatlarni saqlashga qabul qilish.

    Dars o’tish vositalari: mavzu nazariy ahamiyat kasb etishi bilan uni asosan ma`ruza tarzida O’zbeksiton Respublikasining protsessual qonunchiligi haqida, Prezident asarlarida sud -huquq sohasini isloh qilishga qaratilgan vazifalarni hamda Oliy sudning Plenum qarorlarining - normalarini sharhlash orqali yoritiladi hamda zaruratga qarab savol-javoblar uyushtiriladi.

    Dars o’tish usullari: darsning mohiyatini ijtimoiy-gumanitar fanlar yutuqlaridan foydalangan holda yorqin tahlil qilish va seminarda har bir talabaning fikrini eshitish bilan yakunlanadi.

    Notariat atamasi lotincha «notarius» so’zidan olingan bo’lib, xat yozuvchi, kotib ma`nosini bildiradi.

    O’zbekiston Respublikasida notariat deb fuqarolar hamda tashkilotlarning huquqlarini hamda yuridik ahamiyatga ega bo’lgan aktlarni guvohlantiruvchi va bu huquqlar hamda faktlarni tasdiqlash bilan bog’liq bo’lgan harakatlarni amalga oshiruvchi davlat va xususiy idoralarga aytiladi.

    Notariat (notarial idoralar) yuridik faktlarni belgilaydigan va fuqarolik huquqlari to’g’risidagi nizolarni hal qiluvchi sud muassalaridan farqlanadi. Bu idoralar fuqarolar bilan bevosita uchrashish yo’li bilan yoki qonunda ko’rsatilgan hollarda hujjatlarga asosan nizosiz huquqlarni va yuridik faktlarni guvohlantiradi.

    O’zbekiston Respublikasida notariatning tashkil etilishi printsiplari va faoliyati O’zbekiston Respublikasining notariati to’g’risidagi 1996 yil 26 dekabrdagi qonuni,1 O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Notariati to’g’risida» chiqarilgan qarorlari bilan va O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan O’zbekiston Respublikasi notarial idoralar tomonidan notarial harakatlarni bajarish tartibi to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasi davlat notarial idoralarining notariuslari va xususiy amaliyot bilan shug’ullanuvchi notariuslarning notarial harakatlarini amalga oshirish tartibi to’g’risida»gi 1997 yil 28 aprel qo’llanmasi, O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hay`atining 1997 yil 28 apreldagi qarori bilan tasdiqlangan. «O’zbekiston Respublikasi davlat notarial idoralarida xususiya amaliyot bilan shug’ullanuvchi notariuslarning ish yuritish tartibi haqida»gi qo’llanma, O’zbekiston Respublikasi Adliya Vaziriligi hay`atining 1997 yil 28 aprelda tasdiqlangan O’zbekiston Respublikasi shaharchalar, kishloklar va ovullar fuqarolari yig’inlarining raislari (oksoqollari) tomonidan belgilangan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi to’g’risida»gi ko’llanma hamda boshqa huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadi.1

    O’zbekiston Respublikasida notarial harakatlarni bajarish davlat yoki xususiy amaliyot bilan shug’ullanuvchi notarial idoralarga yuklatilgan. Notarial idoralar bo’lmagan aholi yashaydigan joylarda (punktlarda) ba`zi notarial harakatlar fuqarolar yig’inlarining raislari (oksoqollari) tomonidan amalga oshiriladi.

    Chet mamlakatlarda notarial harakatlarni bajarish respublika fuqarolar va tashilotlar manfaatlarini ko’zlab O’zbekiston Respublikasining konsullik muassalarini notarial harakatlarni amalga oshirish vakolati berilgan mansabdor shaxslariga yuklatilgan.

    Notarial idoralar va shaharlar, kishloklar va ovullar fuqarolarining raislari o’z ishlarini, faoliyatini amalga oshirishda amaldagi qonunlarga, jumladan, O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga, Oila kodeksiga va Fuqarolik Protsessual Kodesiga asoslanadilar.

    Notarius o’z faoliyatida mustaqil bo’lib, bu faoliyatni amalga oshirishda O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga amal qiladi.

    Notariusning faoliyat ko’rsatish hududi (notarial okrug) O’zbekiston Respublikasining ma`muriy-hududiy bo’linishiga muvofiq belgilanadi. Tumanlarga bo’lingan shaharlarda tegishli shaharning butun hududi notarial xizmat ko’rsatish hududi hisoblanadi.

    Korakalpog’iston Respublikasi Adliya vazirligi yoki tegishli adliya boshqarmasi sodir etilish joyi qonun hujjatlarida belgilangan notarial harakatlarni bajarish yuzasidan notarius o’z vazifalarini amalga oshirishga haqli bo’lgan hududni belgilab beradi.

    Qoraqalpog’iston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmasi aniq holatlarni hisobga olib, notariusning vakolatlari amal qiladigan hududni o’zgartirishi mumkin. Ko’rsatilgan hudud doirasida notariusning o’z ish joyi bo’lishi shart.

    Har bir fuqaro yoki yuridik shaxs notarial harakatlarni amalga oshirish uchun xohlagan notariusga murojaat qilishga haqlidir, ushbu qonunning 37, 44, 51, 52, 59, 62, 63, 74, 82 va 93-moddalarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

    Notariusning notarial harakatni belgilangan faoliyat hududidan tashqarida amalga oshirishi bu harakatni haqiqiy emas, deb topishga asos bo’lmaydi.

    Notarius mavjud bo’lmagan hududdagi vasiyat qiluvchi og’ir kasal bo’lgan hollarda vasiyatnomani tasdiqlash uchun notarius o’zi xizmat ko’rsatadigan hududdan tashqariga chiqishga haqlidir. Notariat faoliyatiga xos bo’lgan alohida qoida shundan iboratki, notariuslar va notarial idoralarining boshqa xodimlari, umuman notariat faoliyatini amalga oshiruvchilar o’zlari tomonidan qilinadigan notarial harakatlarini sir qilib saqlanishini ta`minlashga majburlar. Binobarin, qilingan notarial harakatlar to’g’risida ma`lumotlar va hujjatlarni kimlarga nisbatan bunday harakatlar qilingan bo’lsa, shu shaxslarning o’zlariga yoki ularning vakillariga yoxud qonunda nazarda tutilgan hollarda tergov va sudlarning talablari bo’yicha beradilar. Vasiyatnomalar to’g’risidagi ma`lumotlar kimlarning foydasiga mazkur vasiyatnomalar tuzilgan bo’lsa, shu shaxslarga vasiyat qoldiruvchi fuqaro o’lganidan so’ng beriladi.

    Notariuslar o’z nomlaridan shaxsan o’zlari uchun, o’zlari nomidan xotini yoki eri nomiga, notarial harakatlar qila olmaydilar. Bundan tashqari notarius mazkur notarial idorada ishlovchi xizmatchilar nomidan notarial harakatlar qila olmaydilar. Bunday qoidalar notarius ishida ba`zi bir suiis`temol qilishlarga yo’l qo’ymaslik maqsadida belgilanadi.

    Amaldagi notariat to’g’risidagi qonunda notarial harakat bilan shug’ullanish uchun yangi qoida belgilangan. Bu qoidaga ko’ra, notariat faoliyati bilan shug’ullanuvchi shaxs litsenziya (ruxsatnoma)ga ega bo’lish lozim. Litsenziya qoraqalpog’iston Respublikasi adliya vazirligi, adliya boshqarmalari tomonidan malaka komissiyalarining qarorlari asosida beriladi. Litsenziya berish tartibi O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilab qo’yilgan. Litsenziya berish rad etilganligi ustidan sudga qoraqalpog’iston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmasining qarori olingan kundan boshlab bir oy ichida shikoyat qilish mumkin.

    Litsenziya olgan, lekin uch yil mobaynida notarius lavozimida ish boshlamagan fuqaroning malaka imtixonini qayta topshirganidan keyingina notarius lavozimida ishlashiga yo’l qo’yiladi.

    Qonunning 4-moddasida malaka va apellyatsiya komissiyalarining faoliyati haqida so’z boradi.

    Notariat to’g’risidagi qonunga ko’ra, notarius o’z faoliyatida mustaqil bo’lib, bu faoliyatni amalga oshirishda O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga amal qiladi.

    Notariusning faoliyat ko’rsatish hududi (notarial okrug) O’zbekiston Respublikasining ma`muriy-huquqiy bo’linishiga muvofiq belgilanadi. Tumanlarga bo’lingan shaharlarlarda tegishli shaharning butun hududi notarial xizmat ko’rsatish hududi hisoblanadi.

    Qoraqalpog’iston Respublikasi Adliya vazirligi yoki tegishli adliya boshqarmasi sodir etilish joyi qonun hujjatlarida belgilangan notarial harakatlarni bajarish yuzasidan notarius o’z vazifalarini amalga oshirishda haqli bo’lgan hududni belgilab beradi.

    Qoraqalpog’iston Respublikasi Aldiya vazirligi, adliya boshqarmasi aniq holatlarni hisobga olib, notariusning vakolatlari amal qiladigan hududni o’zgartirishi mumkin. Ko’rsatilgan hudud doirasida notariusning o’z ish joyi bo’lishi shart.

    Har bir fuqaro yoki yuridik shaxs notarial harakatlarni amalga oshirish uchun xohlagan notariusga murojaat qilishga haqlidir. Ushbu qonunning 37, 44, 51, 52, 59, 62, 63, 74, 82 va 93-moddalarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

    Notariusning notarial harakatni belgilangan faoliyat hududidan tashqarida amalga oshirishi bu harakatni haqiqiy emas deb topishga asos bo’lmaydi.

    Notarius mavjud bo’lmagan hududdagi vasiyat qiluvchi og’ir kasal bo’lgan hollarda vasiyatnomani tasdiqlash uchun notarius o’zi xizmat ko’rsatadigan hududdan tashqariga chiqishga haqlidir.1

    Notariat faoliyatiga xos bo’lgan alohida qoida shundan iboratki, notariuslar va notarial idoralarning boshqa xodimlari umuman notariat faoliyatini amalga oshiruvchilar o’zlari tomonidan qilinadigan notarial harakatlarning sir saqlanishini ta`minlashga majburlar. Binobarin, bajarilgan notarial harakatlar to’g’risida ma`lumotlar va hujjatlarni faqat kimlarga nisbatan bunday harakatlar qilingan bo’lsa, shu shaxslarning o’zlariga yoki ularning vakillariga yoxud qonunda nazarda tutilgan hollarda tergov va sud organlarining talablari bo’yicha beradilar.

    Vasiyatnomalar to’g’risidagi ma`lumotlar kimlarning foydasiga mazkur vasiyatnomalar tuzilgan bo’lsa, shu shaxslarga vasiyat qoldiruvchi fuqaro o’lgandan keyin beriladi.

    Notariuslar o’z nomlaridan shaxsan o’zlari uchun, o’zlari nomidan xotini yoki eri nomiga notarial harakatlar qila olmaydilar. Bundan tashqari notarius mazkur notarial idorada ishlovchi xizmatchilar nomidan notarial harakatlar qila olmaydilar.

    Bunday qoidalar notarius ishida ba`zi bir suiis`temol qilishlarga yo’l qo’ymaslik maqsadida belgilanadi.

    Notariat to’g’risidagi qonunda notariuslar o’z nomiga va o’z nomidan, xotini (eri) nomiga hamda uning nomidan, xotinining (erining) va o’zining qarindosh uruglari, ular bilan vasiylik va xomiylik tufayli bog’langan shaxslar nomiga va ularning nomidan notarial harakatlarni amalga oshirishga haqli emasligi o’z ifodasini topgan (qonunning 37-moddasi).

    Umuman qoida bo’yicha notarial harakatlar notarial harakatlarning binolarida amalga oshiriladi. Ammo agar fuqaro uzrli sabab bilan, masalan, kasalligi, mayibligi, kariligi sababli notarial idoraga kela olmasa,notarius tegishli notarial harakatlarni mazkur shaxsning uyida, kasalxonada yoki boshqa joyda qilishi mumkin.

    Odatda, notarial harakatlar barcha zarur hujjatlar topshirilgan kunning o’zidayok amalga oshiriladi. Ayrim hollarda notarius, notarial harakatlarni qilishni boshqa vaqtga qoldirishi mumkin.

    Notarial harakatni amalga oshirish qo’shimcha ma`lumotlarni talab qilib olish yoki hujjatlarni ekspertizaga yuborish zarur bo’lganida kechiktirilishi mumkin.

    Notarial harakatlarni amalga oshirish, basharti, qonunga binoan manfaatdor shaxslardan ushbu harakatlarni amalga oshirishga e`tiroz bor-yo’qligini so’rash zarur bo’lganda kechiktirilishi mumkin. Notarial harakatni amalga oshirishni kechiktirish muddati bir oydan oshmasligi lozim. Notarial harakatni amalga oshirishni so’rab murojaat qilgan shaxsning talabiga ko’ra, unga notarial harakatni amalga oshirishni kechiktirish haqidagi qaror beriladi.

    Manfaatdor shaxs tasdiqlashni so’rayotgan huquq yoki fakt ustida da`volashish uchun sudga murojaat qilish istagidagi boshqa manfaatdor shaxsning arizasiga ko’ra notarial harakatni amalga oshirish ko’pi bilan o’n kun muddatga kechiktirilishi mumkin, Agar bu muddat ichida ariza tushganligi haqida suddan ma`lumot olinmasa, notarial harakat amalga oshirilishi lozim.

    Bir manfaatdor shaxs tasdiqlashni so’rayotgan huquq yoki fakt ustida da`volashayotgan boshqa manfaatdor shaxsdan ariza tushganligi to’g’risida suddan ma`lumot olingan taqdirda notarial harakatni amalga oshirish mazkur ish sudda hal bulguniga qadar to’xtatib turiladi.

    Qonun hujjatlarida notarial harakatlarni amalga oshirishni kechiktirish va to’xtatib turishning boshqa asoslari ham belgilanishi mumkin.

    Notarius o’ziga biron-bir notarial harakatning qilinishi to’g’risida iltimos bilan kelgan fuqaroning shaxsini tekshiradi. Notarius ma`lum bo’lgan fuqaroning shaxsi uning pasporti bo’yicha tekshiriladi. Harbiy xizmatchini shaxsi esa-tugilish haqidagi guvohnomalar bo’yicha yoki ota-onalarning pasportlaridagi xatlarga qarab tekshiriladi.

    Lozim hollarda notarius fuqarolarning muomala layoqatlari va huquq layoqatlarini, tashilotlarning huquqiy munosabatlarda qatnashishlari mumkinligini tekshiradi. Shuningdek, vakillarga berilgan vakolatnomalarni, ularga qo’yilgan imzolarning haqiqiyligini tekshiradi.

    Notarius o’zi tomonidan guvohlantiriladigan bitimlarning, hujjatlarning xatlari, matnlari ochiq-ravshan yozilishiga va hech qanday tuzatishlarga yo’l kuymaganligiga e`tibor berishi lozim. Hujjatlarning matnlaridagi ochiq joylar chizib qo’yiladi. qo’shimcha yozilgan xatlar esa notariat harakatlarida qatnashuvchi shaxslarning imzolaridan oldin izohlantiriladi va guvohlantirish xatida takror yoziladi.

    Agar notarial harakatlarda qatnashuvchi shaxslar mazkur hujjatlarning matnlariga kul qo’ymaydigan bo’lsalar, bu holda hujjatga qilingan qo’shimcha xatlar yoki tuzatishlar faqat notarius tomonidan izohlantiriladi va imzolanadi. Hujjatdagi tuzatishlar shunday qilinishi kerakki, barcha xato yozilgan va keyinchalik chizib tashlangan va tuzatilgan xatlarni ochiq ukish mumkin bo’lsin.

    Hujjatning berilgan kuni rakamlari va muddatlari so’z bilan yoziladi. Hujjatda eslatilgan shaxslarning familiyalari, ismlari va otalarining ismlari, turar joylari ko’rsatiladi. Yuridik shaxslarning va boshqa tashkilotlarning nomlari bir marta bo’lsa ham qisqartirilmasdan to’la yoziladi, shuningdek yuridik shaxslar organlarining manzillari ko’rsatiladi.

    Ayrim hollarda notariuslar notarial harakatlarni amalga oshirishni rad etishi mumkin. Bu haqda qonunning 38-moddasida quyidagilar ko’rsatilgan:

    -bu harakat boshqa notarius tomonidan amalga oshirilishi kerak bo’lsa;

    -muomalaga layoqatsiz fuqaro yoxud zarur vakolatlari bo’lmagan vakil notarial harakatni amalga oshirishni so’rab murojaat qilgan bo’lsa;

    -yuridik shaxs nomidan amalga oshiriladigan bitim uning ustavida yoki nizomida ko’rsatilgan maqsadlarga zid bo’lsa;

    -bitim qonun talablariga muvofiq bo’lmasa;

    -notarial harakatni amalga oshirish uchun taqdim etilayotgan hujjatlar qonun hujjatlari talablariga muvofiq bo’lmasa.

    Notarial harakatni amalga oshirish rad etilgan taqdirda notarial harakatni amalga oshirishni rad etish haqida notarius murojaat qilingan kundan boshlab uch kundan kechiktirmasdan qaror chiqaradi.

    Notarius notarial harakatni amalga oshirish to’g’risidagi murojaati rad etilgan shaxsning iltimosiga binoan rad etish sababini yozma ravishda bayon etishi va rad etish ustidan shikoyat qilish tartibini tushuntirib berishi lozim.

    Notariuslarning harakatlari ustidan manfaatdor shaxslar sudga shikoyat bilan murojaat etishlari mumkin, masalan, agar amalga oshirilgan notarial harakatni, notarial harakatni kechiktirish yoki notarial harakatni amalga oshirishni rad etish to’g’risidagi qarorni noto’g’ri deb hisoblagan manfaatdor shaxs bu xususda davlat notarial idorasi yoki xususiy amaliyot bilan shug’ullanuvchi notarius turgan joydagi sudga shikoyat qilishga haqlidir.

    Demak, notariuslarning asosiy vazifalari fuqarolarning, tashkilotlarning hamda boshqa jamoat tashkilotlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini ko’riklashdan, qonunchilik va huquq-tartibotni mustahkamlashdan, shartnomalar va boshqa bitimlarni to’g’ri va o’z vaqtida tasdiqlash, vorislik huquqlarini rasmiylashtirish, ijro xatlarini yozish va boshqa notarial harakatlarni amalga oshrish yo’li bilan huquq buzilishini oldini olishga va notariat to’g’risidagi qonunda nazarda tutilgan qator talablarni amalga oshirishga qaratilgandir. 

    O’zbekiston Respublikasida notariat to’g’risidagi qonunning 23-moddasiga muvofiq davlat notarial idoralar quyidagi notarial harakatlarni amalga oshiradi:

    1) bitimlarni (shartnomalar, vasiyatnomalar, vakolatnomalar) tasdiqlaydi;

    2) vasiyatnomalarni tasdiqlaydi;

    3) er-xotinning umumiy mol-mulkidagi ulushga mulk huquqi tushrisida guvohnomalar beradi;

    4) mol-mulkni uzga shaxsga o’tkazishni ta`qiqlab qo’yadi va ta`qiqni bekor qiladi;

    5) merosga bo’lgan huquq to’g’risida guvohnoma beradi;

    6) meros mol-mulkning qo’riqlanishiga doir chora-tadbirlar ko’radi;

    7) hujjatlar nusxalarining va hujjatlardan olingan ko’chirmalarning to’g’riligini shaxodatlaydi;

    8) hujjatlarning bir tildan boshqa tilga to’g’ri tarjima qilinganligini shaxodatlaydi;

    9) hujjatlardagi imzolarning haqiqiyligini shaxodatlaydi;

    10) ko’chmas mulk ochiq savdoda sotib olinganligi haqida guvohnoma beradi;

    11) fuqaroning tirik ekanligi faktini tasdiqlaydi;

    12) fuqaroning muayyan joyda ekanligi faktini tasdiqlaydi;

    13) fuqaroning fotoso’ratda aks ettirilgan shaxs ekanligini tasdiqlaydi;

    14) hujjatlar taqdim etilgan vaqtni tasdiqlaydi;

    15) jismoniy va yuridik shaxslarning arizalarini boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga topshiradi;

    16) pul summalari va qimmatli kog’ozlarni depozitga qabul qilib oladi;

    17) hujjatlarni saqlash uchun qabul qilib oladi;

    18) pul to’lash uchun cheklarni taqdim etadi va cheklar bo’yicha pul to’lanmaganligini tasdiqlaydi;

    19) ijro xatlarini yozadi;

    20) veksellarning protestlarini amalga oshiradi;

    21) dengiz protestlarini amalga oshiradi;

    22) notarial tasdiqlagan hujjatlarning dublikatlarini hamda reestrlardan ko’chirmalarni beradi.

    Davlat notarial idoralarida ishlovchi notariuslar qonunlarda nazarda tutilgan boshqa notarial harakatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

    Xususan amaliyot bilan shug’ullanuvchi notarius yuridik shaxsdir. U o’z idorasiga ega bo’lish bankda hisob-kitob varagi va boshqa hisob varaqalar ochish, mulkiy hamda shaxsiy nomulkiy huquq va majburiyatlarga ega bo’lish, xodimlar bilan mehnat shartnomalari tuzish va ularni to’xtatish, tushgan daromadni tasarruf etish, sudda o’z nomidan qatnashish va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa harakatlarni amalga oshirishga haqlidir.

    Xususiy amaliyot bilan shuullanuvchi notariuslar jamoat birlashmalari to’g’risidagi qonunda belgilangan tartibda tuziladigan notarial palataga birlashishlari mumkin.

    Notarius ta`tilga chiqish va davlat ijtimoiy sugo’rtasi bo’yicha nafaqalarning barcha to’rini olish huquqidan foydalanadi. Notariusga davlat ijtimoiy sug’urta bo’yicha nafaqa tayinlash va to’lash hamda uni davlat pensiyasi ta`minoti amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.

    Xususiy amaliyot bilan shug’ullanuvchi notariuslar notariat to’g’risidagi qonunning 23-moddasida nazarda tutilgan notarial harakatni amalga oshiradi, mol-mulkni uzga shaxsga o’tkazishni ta`qiqlab qo’yish va ta`qiqni bekor qilish, merosga bo’lgan huquq to’g’risida guvohnoma berish va meros mol-mulkni qo’riqlash chora-tadbirlarini ko’rish bundan mustasno.

    Yuqorida ko’rsatilgan notarial harakatlarni bajarish tartibi O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlagan qo’llanma bilan belgilangan.1

    Davlat notarial idoralari bo’lmagan aholi punktlarida, shahar, kishlok va ovullarda notariat to’g’risidagi qonunning 25-moddasiga muvofiq quyidagi notarial xarkatlarni amalga oshiradi:

    1) vasiyatnomalarni tasdiqlaydi;

    2) ishonchnomalarni tasdiylaydi, avtotransport vositalarini boshqarish va tasarruf etish haqidagi ishonchnomalar bundan mustasno;

    3) meros mol-mulkning qo’riqlanishiga doir chora-tadbirlar ko’radi;

    4) hujjatlar nusxalarining va hujjatlardan olingan ko’chirmalarning to’g’riligini shaxodatlaydi, ma`lumot haqidagi hujjat nusxalari bundan mustasno;

    5) hujjatdagi imzoning haqiqiyligini shaxodatlaydi.

    O’zbekiston Respublikasi shaharlar, kishloklar va ovullar fuqarolar yig’inlarining raislari (oksoqollari) qo’llanmada nazarda tutilgan boshqa notarial harakatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

    Yuqorida ko’rsatilgan notarial harakatlarni bajarish tartibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan Instruktsiya bilan amalga oshiriladi.1

    Quyidagi hujjatlar notarial tasdiqlagan hujjatlarga tenglashtiriladi:

    -kasalxonalarda, gospitallarda, boshqa statsionar davolash muassasalarida davolanayotgan yoki kariyalar va nogironlar uylarida yashayotgan fuqarolarning ushbu kasalxonalar, gospitallar va boshqa davolash muassasalarining bosh shifokorlari, ularning tibbiyot bo’yicha o’rinbosarlari yoki navbatchi shifokorlari, shuningdek gospitallarning boshliklari, kariyalar va nogironlar uylarining direktorlari va boshqa shifokorlari tomonidan tasdiqlangan vasiyatnomalari;

    -O’zbekiston Respublikasining davlat bayrogi ostida so’zib yurgan kemalarda safarda bo’lgan fuqarolarning kemalarining kapitanlari tomonidan tasdiqlangan vasiyatnomalari;

    -qidiruv ekspeditsiyalarida yoki shunga uxshash boshqa ekspeditsiyalarda bo’lgan fuqarolarning shu ekspeditsiyalar boshliklari tomonidan tasdiqlangan vasiyatnomalari;

    -harbiy xizmatchilarning, harbiy qismlar joylashgan, notariuslar bo’lmagan punktlarda esa, shu qismlarda ishlovchi harbiy xizmatchi bo’lmagan shaxslarning, ular oila a`zolarining hamda harbiy xizmatchilar oila a`zolarining harbiy qismlarining komandirlari tomonidan tasdiqlangan vasiyatnomalri va ishonchnomalari;

    -ozodlikdan mahrum etish joylaridagi yoki qamoqdagi shaxslarning tegishli muassasalar boshliklari tomonidan tasdiqlangan vasiyatnomalari va ishonchnomalari.

    Vasiyatnomalar va ishonchnomalarni ushbu moddada aytib o’tilgan mansabdor shaxslar tomonidan tasdiqlash O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilab qo’yadigan tartibda amalga oshiriladi.

    Yuqorida ko’rsatilgan mansabdor shaxslarning vasiyatnomalar va vakolatnomalarni tasdiqlashi Notariat qonunining tegishli moddalari talablariga rioya qilingan holda, qonun va boshqa qonun hujjatlari bilan belgilaydigan tartibda amalga oshiradi.

    Notariuslik vazifasini bajarish huquqi berilgan mansabdor shaxslar o’zlari tasdiqlagan vasiyatnomalarning bir nusxasini vasiyatchi doimiy yashaydigan joydagi davlat notarial idorasiga saqlash uchun hech kechiktirmay topshirishlari lozim.

    O’zbekiston Respublikasi konsullik muassasalarining konsullari quyidagi notarial harakatlarni amalga oshiradi:

    1) bitimlarni (shartnomalar, vasiyatnomalar, ishonchnomalar va hokazolarni) tasdiqlaydi, O’zbekiston Respublmikasidagi uy-joylarni boshqa shaxsga o’tkazish va garovga qo’yish to’g’risidagi shartnomalar bundan mustasno;

    2) fuqaroning tirik ekanligi faktini tasdiqlaydi;

    3) fuqaroni muayyan joyda ekanligi faktini tasdiqlaydi;

    4) fuqaroning fotoso’ratda aks ettirilgan shaxs ekanligini tasdiqlaydi;

    5) hujjatlar taqdim etilgan vaqtni tasdiqlaydi;

    6) meros mol-mulkning qo’riqlanishiga doir chora-tadbirlar ko’radi;

    7) merosga bo’lgan huquq to’g’risida guvohnomalar beradi;

    8) hujjatlarning nusxalari va hujjatlardan olingan ko’chirmalar to’g’riligini shaxodatlaydi;

    9) er-xotinning umumiy mulkidagi ulushga mulk huquqi haqida guvohnomalar beradi;

    10) hujjatlardagi imzolarning haqiqiyligini shaxodatlaydi;

    11) hujjatlarning bir tildan boshqa tilga to’g’ri tarjima qilinganligini shaxodatlaydi;

    12) pul summalari va qimmatli kog’ozlarni depozitga qabul qilib oladi;

    13) hujjatlarni saqlash uchun qabul qilib oladi;

    14) ijro xatlarini yozadi;

    15) dengiz protestlarini amalga oshiradi.

    O’zbekiston Respublikasi konsullik muassasalarining konsullari qonunlarda nazarda tutilgan boshqa notarial harakatlarni ham amalga oshirishi mumkin (Notariat to’g’risidagi qonunning 28-moddasi).

    Maboda vasiyatchi Respublikada doimiy yashash joyiga ega bo’lmasa, vasiyatnoma Adliya vazirligi tomonidan belgilab beriladigan davlat notarial idorasiga yuboriladi.

    Davlat notariusi saqlash uchun topshirilgan vasiyatnomaning qonuniyligini tekshirishi va uning qonunga muvofiq emasligini aniqlagani taqdirda bu haqda vasiyatchiga va vasiyatnomani tasdiqlagan mansabdor shaxsga ma`lum qilishi shart. Notarial harakatlarni bajarishda notariuslar mustaqil ish ko’radilar va faqat qonunga itoat qiladilar.

    Davlat notariusi fuqarolarning va tashkilotlarning huquqlarini va qonuniy manfaatlarini himoya qilishlarida ularga yordam ko’rsatadi va shu bilan birga fuqarolarning qonundan bexabarliklari va shu singari boshqa holatlar ularning zarariga qaratilmasligi chorasini ko’radi.

    Notarius notarial harakatni bajarish vaqtida ayrim mansabdor shaxslar yoki fuqarolar tomonidan qonunchilik yoki jamiyat qoidalari buzilganligini yoki jamoat tashkilotlarining ishdagi jiddiy kamchiliklar borligini aniqlasa, shu noto’g’riliklar va kamchiliklarni yo’qotishga qaratilgan zarur choralarni ko’rish uchun bu haqda tegishli muassasalar, tashkilotlar rahbarlariga yoki prokurorga xabar qiladi. 

    A. shaxsiy mulk huquqi asosida uy-joy ko’rish uchun er maydonlarining berilishi to’g’risidagi shartnomalarni tasdiqlash. Uy-joy ko’rish uchun er maydonini muddatsiz foydalanishga berish to’g’risida hokimiyat bilan imorat ko’ruvchi fuqaro o’rtasidagi shartnomani guvohlantirishda notarius imorat ko’rish uchun ajratilgan er uchastkasiing plani, agar ko’p kvartirali uy-joy ko’riladigan bo’lsa, ko’rilishni tasdiqlangan loyixasi, er uchastkasini ajratish to’g’risida hokimiyatning qarorlaridan keltirilgan ko’chirmalarni tekshiradi.

    Yakka tartibda uy-joy ko’rishda turar joy maydoniga bo’lgan huquqdan mahalliy hokimiyatning qarori bilan qaysi fuqaroga va uning oila a`zolariga er maydoni ajratib berilgan bo’lsa, faqat shu shaxslargina foydalanadilar.

    Uy-joy ko’rishda imorat ko’ruvchi uchun begona bo’lgan shaxslarning imorat ko’rishda qatnashishlari imoratga nisbatan egalik huquqini olish uchun ularga asos bermaydi.

    Uy-joy ko’rish uchun er maydonini muddatsiz foydalanishga berish to’g’risidagi notarial guvohlantirilgan shartnomaning shartlarini o’zgartirish, jumladan, imorat ko’rishda ishtirok etish va keyinchalik ko’rilgan uy-joyga sherik bo’lish uchun boshqa shaxslarning jalb etilishi, faqat imorat ko’ruvchining roziligi va er maydoni ajratgan hokimiyatning maxsus qarorigina bo’lishi mumkin.

    Bunday o’zgarishlarga faqat avvalgi shartnomani bekor qilish va uning o’rniga yangi shartnoma tuzish yoki avvalgi shartnomaga uning shartlarining o’zgartirilganligi to’g’risida xat yo’li bilan o’zgartilishi mumkin. Bunday xat hokimiyat bo’limining vakili va imorat ko’ruvchilar tomonidan imzolanishi va notarial tartibda guvohlantirilishi lozim.

    Eskirgan, xaroba holga tushgan uy-joyning o’rniga yangi uy-joy ko’rish uchun er maydoni ajratish to’g’risida shartnoma tuzish talab qilinmaydi. Bunday hollarda imorat ko’rish uchun imoratni tiklash zarurligi to’g’risida tuman hokimligining qarori, shunday imoratning tegishli tartibda tasdiqlangan loyixasi va imorat ko’rish uchun ruhsat talab qilinadi.

    Yuqorida ko’rsatilgan tartibda eski imorat o’rniga yangi imorat ko’rish uchun zarur hujjatlar, faqat imorat egasining o’zi tomonidan yoki egalari tomonidan ko’rilganidagina talab qilinadi. Agar eski imorat o’rniga yangi imorat ko’rish uchun uy-joyning egalaridan boshqa fuqarolar qatnashsa, er uchastkasini ajratish to’g’risidagi masala hokimiyatda hal qilinadi va shartnomani keyinchalik notarial tartibda rasmiylashtirish talab qilinadi.

    Uy-joylar ko’rish uchun er maydonlarining berilishi to’g’risidagi shartnomalar O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan O’zbekiston Respublikasi davlat notarial idoralarining notariuslari va xususiy amaliyot bilan shug’ullanuvchi notariuslarning notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi to’g’risidagi qo’llanmaning 37-40-bandlarida ko’rsatilgan tartibda guvohlantiriladi, masalan:

    Shaxsiy mulk huquqi asosida uy-joy ko’rish uchun er maydonlari berish to’g’risidagi shartnomalar er maydoni ajratib berilgan joydagi notarial idoralarda tasdiqlanadi.

    Shaharlarda va shahar tipidagi posyolkalarda mulk huquqi asosida uy-joy ko’rish uchun er maydonlarini muddatsiz foydalanishga berish to’g’risidagi shartnomalarni tasdiqlash chogida notariuslar fuqarolarning uy-joy ko’rishga bo’lgan huquqini yo’lgan solib turuvchi qonunlarning talabiga shartnomalarning muvofiqligini tekshiradilar. Bunda er maydoni ko’ruvchiga biriktirib berilganligi to’g’risidagi davlat akti yoki er berilganligi haqidagi qaror tekshiriladi.

    Shartnomada shaxsiy mulk huquqi asosida yakka tartibda uy ko’rish uchun er maydonini muddatsiz foydalanishga berish to’g’risidagi namunaviy shartnomada ko’zda tutilgan barcha zarur talablar ko’rsatilganligini yoki yo’qligini tekshirish ham zarur.

    Davlat va jamoat extiyojlari takozosi bilan fuqarolardan er maydonlari olib qo’yilganligi munosabati bilan ularga qarashli imoratlardan ko’chirish uchun boshqa er maydoni berish to’g’risidagi shartnomalarni guvohlantirishda ko’rilish loyixasini taqdim etish talab etilmaydi.

    Uy-joy ko’rish uchun er maydonlari berish to’g’risidagi shartnomalarni guvohlantirish chogida notariuslar uy ko’ruvchilarga O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 212-moddasi mazmunini tushuntiradilar.

    Uy-joy ko’rish uchun er maydoni berish to’g’risidagi shartnoma tomonlarning roziligi bilan bekor qilingan taqdirda, notariuslarning shartnomaning notarial idoraga bo’lgan nusxalariga va reestrga uning bekor qilinganligi to’g’risida yozib qo’yadi.

    Tomonlar (tegishli hokimiyat boshqarmasi bo’limi va uy-joy ko’ruvchilar)ning uy-joy ko’rish uchun er maydoni berish to’g’risidagi notarial tasdiqlangan shartnomaning shartlarini o’zgartirish to’g’risidagi shartnomasi notariusga tuman yoki shahar hokimiyatlarining shartnoma shartlarini o’zgartirish to’g’risidagi qarori taqdim etgandan keyin tasdiqlanishi mumkin.

    Shartnoma shartlarini o’zgartirish, shartnomani bekor qilish va uning o’rniga yangisini tuzish bilan ham, shuningdek shartnoma shartlarini o’zgartirish to’g’risidagi alohida bitim tuzish yo’li ham amalga oshirilishi mumkin.

    B.Uy-joylarni olish-sotish, xadya qilish, ayirboshlash, umrbod asrash sharti bilan topshirish to’g’risidagi shartnomalarni va boshqa bitimlarni guvohlantirish. Fuqarolar va tashkilotlar o’rtasida tuziladigan shartnomalar va boshqa bitimlarning to’g’riligi va qonunga muvofiq bo’lishligini ta`minlash maqsadida ba`zi shartnomalarning, Jumladan, uy-joylarni olish-sotish, xadya qilish, ayirboshlash, umrbod asrash sharti bilan topshirish to’g’risidagi shartnomalarning notarial tartibda guvohlantirilishi talab qilinadi. Bunday tartibning o’rnatilishi shartnomalarning tuzilishi fakti va uning mazmuni masalalari bo’yicha taraflar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarning ochiq-ravshan to’g’ri bo’lishligini ta`minlashga yordam beradi. Tuzilgan shartnomalar yuzasidan nizo chiqqan tartibda bitimlarning notarial tartibda rasmiylashtirilishi shartnomani qanday mazmunda tuzilganligini va boshqa holatlarning isbotlantirishini engillashtiradi.

    Agar notarial tartibda guvohlantirilgan shartnomaning nusxasi yo’qotilgan bo’lsa, bu holda manfaatdor shaxs shartnomaning dublikatini ko’rsatishi mumkin. Binobarin, shartnomaning notarial rasmiylashtirilishi tufayli bir taraf ikkinchi tarafning manfaatiga zarar etkaza olmaymiz.

    Notarial tartibda guvohlantirilgan shartnomalar yuzasidan taraflardan biri ikkinchisiga muayyan pul to’lashlikka yoki biron-bir ashyoni topshirishlikka majbur bo’lganligi ma`lum bo’lsa, majburiyat ixtiyoriy ravishda ijro etilmaganidan notariusda ijro xatining olinishi mumkin bo’ladi.

    Uy-joylarni olish-sotish shartnomalarini va boshqa ba`zi shartnomalarni tuzishda bitimlar albatta notarial tartibda rasmiylashtirilishi talab qilinadi.

    Bundan tashqari qonun har qanday bitimning, shartnomaning ham notarial tartibda rasmiylashtirilishiga yo’l qo’yadi. Binobarin har qanday shartnomalarni tuzishda fuqarolar va tashkilotlar o’zlarining xohishlari bo’yicha notarial idoraga murojaat qilish o’zlari o’rtasida tuziladigan bitimning guvohlantirilishini iltimos qilishlari mumkin.

    Bitimni guvohlantirishdan oldin notarius uning qonunga to’g’ri kelish-kelmasligini tekshiradi. Agar bitim qonun talablariga muvofiq kelmasa yoki davlat va jamiyat manfaatlariga atayin xilof maqsadlarda tuzilishini aniqlasa, notarius bunday bitimni tasdiqlashdan bosh tortishi mumkin.

    Yuqorida ko’rsatilganlardan tashqari notarius bitimda ishtirok etuvchilarning huquq layoqati va muomala layoqatiga egami-yo’qmi ekanliklarini tekshirishi lozim.

    Yuridik shaxsning huquq layoqati haqidagi masalani hal qilishda uning faoliyatlari maqsadlariga muvofiq ravishda mazkur tashkilotning qarori yoki nizomnoma faoliyatlarida ko’rsatilgan unga to’g’ri keladigan muayyan bitimlarni (shartnomalarni) tuzishgagina huquqli bo’lishini nazarga olish kerak.

    Yuridik shaxslar bitimlarni o’z organlari yoki vakillari orqali tuzganliklari sababli notarius yuridik shaxs nomidan harakat qiluvchi shaxslarning mansablarini va vakolatlarini tekshiradi.

    Bitim tuzuvchi fuqarolarning huquq layoqati notarius tomonidan amalda tekshirilmaydi. Ma`lumki, qonun fuqarolarning huquq layoqatlarining ba`zi hollarda sud tartibini chelanshini, jumladan, muayyan mansablarni egallash, ma`lum faoliyat bilan shug’ullanish, ma`lum joylarda yashash, ota-onalik huquqlaridan mahrum qilishni belgilaydi.

    Yuqorida ko’rsatilganlardan faqat ota-onalik huquqlaridan mahrum qilishga qaratilgan huquqni cheklash holatlarigina fuqarolik huquqiy bitimlarini tuzishda ahamiyatli bo’ladi. Agar ota-onalik huquqidan mahrum qilingan shaxs yosh bolalarning nomidan bitim tuzishida vakil sifatida qatnashib, bitimning guvohlantirilishi to’g’risida murojaat qilsa, bunday bitimni guvohlantirishdan notarius bosh tortadi.

    Voyaga etmagan yosh bolalar, shuningdek ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi tufayli sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqaro tomonidan bitim tuzilishi to’g’risida masala qo’yilsa, bunday fuqaro o’z ishlarini aqli rasoliq bilan yurgizishlikka qobiliyati bo’lmaganligi sababli, notarius uning tomonidan tuziladigan bitimni guvohlantirishdan, tasdiqlashdan bosh tortishi mumkin.

    Muomalaga layoqatsiz fuqarolar nomidan bitimlarni ularning qonuniy vakillari, ya`ni ota-onalari, vasiylari, farzand qilib olgan shaxslar tuzishlari mumkin.

    Muomala layoqati cheklangan fuqarolar bitimlarni o’zlarining qonuniy vakillari, Jumladan, ota-onalari, farzand qilib oluvchilari va xomiylarining roziliklarini olib tuzishlari mumkin.

    O’z harakatlarining ahamiyatini tushuna olmaydigan holatda bo’lgan fuqarolar ham, Jumladan, kattik mast bo’lgan holda yoki narkotik moddalarni iste`mol qilganliklari sababli o’z harakatlarining ahamiyatini bilmagan shaxslar tomonidan tuziladigan bitimlar notarius tomonidan guvohlantirilmaydi.

    Uy-joylarni olish-sotish shartnomalarini guvohlantirishda taraflar notariusiga imoratning sotuvchisiga tegishli bo’lishligi to’g’risidagi hujjatni, kommunal xo’jalik bo’limining sotiladigan uy-joyning nimalardan iborat bo’lishligi va imoratga hech qanday ta`qiq solinmaganligi to’g’risidagi ma`lumot, shuningdek imorat yuzasidan boqimandalarining bo’lish-bo’lmasligi to’g’risida moliya bo’limining ma`lumoti keltirilishi lozim.

    Notarius sotuvchilarga imoratlarni olish-sotish to’g’risidagi qonunini jumladan, Fuqarolik kodeksining 185-moddasida ko’rsatilgan qoidalarni, Jumladan, birga turuvchi er va xotin bilan ularning voyaga etmagan bolalari ixtiyorida, ulardan birining shaxsiy mulki bo’lgan yoki ularning umumiy mulki bo’lgan faqat birgina uy-joy yoki uy-joyning bir qismi bo’lishi mumkinligi to’g’risidagi qoidani tushuntiradi. O’zbekiston Respublikasining davlat notarial idoralarining notariuslari va xususiy amaliyot bilan shug’ullanuvchi notariuslarning notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi to’g’risidagi ko’llanmaning 66-bandida belgilangan.

    Shartnomani guvohlantirish to’g’risida notarius tomonidan yoziladigan xatda mazkur shartnoma haqiqiy sanalmasligi xavfi ostida ro’yxatdan o’tkazilishi uchun kommunal xo’jalik bo’limiga taqdim etilishi lozimligi ko’rsatiladi.

    Ba`zi hollarda imoratlarni olish-sotish to’g’risidagi bitimlar faqat tegishli fuqaroning yoki mansabdor shaxsning roziligi bo’lgandagina tuzilishi mumkin. Bunday rozilik bo’lmagan taqdirda, notarial idora bitimni guvohlantirishga haqli bo’lmaydi. Jumladan, ko’rilib bitmagan uy-joyni birovga o’tkazish to’g’risidagi shartnoma faqat tegishli hokimiyatning ruhsati bo’lganidagina guvohlantirilishi mumkin.

    Er va xotinning umumiy mulki bo’lib hisoblangan uy-joyni sotish uchun ikkinchi taraf, ya`ni sotuvchining eri yoki xotinining roziligi talab qilinadi. Umumiy mulkka bo’lgan xissasini sotishda, agar uy-joy egalaridan boshqa shaxsga sotiladigan bo’lsa, sotuvchi mazkur joyning sotilishi to’g’risidagi ma`lumotni boshqa sherik egalariga ma`lum bo’lganligi, bu joyning sotilish narxining ham ma`lum bo’lishligi va sheriklari shu joyni sotib olishda o’zlarining ustunlik huquqidan foydalanishni xohlamaganliklari to’g’risidagi dalillarni keltirishlari lozim.

    Imorat ko’rish uchun kredit muassasalaridan, masalan, bankdan qarz olingan bo’lsa, bunday imoratlarni sotish to’g’risidagi shartnomalar faqat tegishli muassasalarning yozma ravishda bergan roziliklari bo’lgandagina tasdiqlanishi mumkin.

    Agar uy egasi tomonidan asosiy imoratga o’zboshimchalik bilan qo’shimcha xonalar ko’rilgan bo’lsa yoki mazkur er maydonida ikkinchi uy-joy ko’rilgan bo’lsa, notarial idora uy-joyning sotilishi to’g’risida shartnomani to qonunsiz ko’rilgan imoratning yoki qo’shimcha ko’rilgan imoratlarning taqdiri to’g’risidagi masala hal bo’lishiga qadar tasdiqlashga haqli bo’lmaydi.

    Uy-joylarni olish-sotish, xadya qilish, ayirboshlash, umrbod asrash sharti bilan topshirish to’g’risidagi shartnomalar FKning 110, 112, 210, 212, 488-moddalarida yuqorida keltirilgan O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan qo’llanmaning 41-59-bandlarida berilgan qoidalarga muvofiq ravishda rasmiylashtiriladi.1


    Download 1,21 Mb.
    1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   144




    Download 1,21 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -Mavzu. O’ZBEKISTONDA NOTARIAT (NOTARIAL HARAKATLAR)

    Download 1,21 Mb.