• Dars o’tish vositalari
  • Dars o’tish usullari
  • -Mavzu. HAKAMLAR SUDI (FUQAROLIK ISHLARINI HAKAMLAR SUDIDA KO’RIB HAL QILISH)




    Download 1.21 Mb.
    bet131/144
    Sana16.03.2017
    Hajmi1.21 Mb.
    #171
    1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   144
    30-Mavzu. HAKAMLAR SUDI (FUQAROLIK ISHLARINI HAKAMLAR SUDIDA KO’RIB HAL QILISH)
    Tayanch iboralar: hakamlar sudi va uning fuqarolik huquqiy nizolarni hal qilishdagi ahamiyati, hakamlar sudiga taalluqli bo’lgan fuqarolik ishlari, hakamlar sudida ish ko’rish tartibi, hakamlar sudining hal qiluv qarorining qonuniy kuchi, hakamlar sudi hal qiluv qarorinish ijrosi.

    Dars o’tish vositalari: mavzu nazariy ahamiyat kasb etishi bilan uni asosan ma`ruza tarzida O’zbeksiton Respublikasining protsessual qonunchiligi haqida, Prezident asarlarida sud -huquq sohasini isloh qilishga qaratilgan vazifalarni hamda Oliy sudning Plenum qarorlarining - normalarini sharhlash orqali yoritiladi hamda zaruratga qarab savol-javoblar uyushtiriladi.

    Dars o’tish usullari: darsning mohiyatini ijtimoiy-gumanitar fanlar yutuqlaridan foydalangan holda yorqin tahlil qilish va seminarda har bir talabaning fikrini eshitish bilan yakunlanadi.
    Hakam termini arabcha «hakammu» so’zidan olingan bo’lib, holis, uchinchi bir shaxsning sudya bo’lishini anglatadi. Hakamlar sudi rus tilida «treteyskiy sud» deb atalib, uchinchi shaxslar (treti litsa) sudi degan ma`noda tushuniladi. Hakamlar sudi deb fuqarolar bilan fuqarolar va tashkilotlar bilan tashkilotlar o’rtasida kelib chiqqan ba`zi fuqarolik huquqiy xarakterdagi nizolarning uchinchi shaxs yoki shaxslar (holislar) tomonidan ko’rilishiga aytiladi.

    Manfaatdor taraflarning fuqarolik huquqlari faqat davlat sudi tomonidangina emas, balki hakamlar sudi yo’li bilan ham himoya qilinishi mumkin. Hakamlar sudi nizolashuvchilarning alohida kelishuvi bilan bir yoki tok sondan iborat bir necha shaxslar tarkibida fuqarolik huquqiy xarakteridagi nizoni hal etish uchun tashkil etiladi.

    O’zbekiston Respublikasida hakamlar sudi nizoli huquqiy munosabatlarning sub`ektlariga va nizoning predmetiga qarab quyidagicha turlarga: fuqarolar o’rtasidagi nizolarni hal qilish uchun tuziladigan; tashkilotlar o’rtasidagi xo’jalik nizolarini hal qilish uchun tuziladigan; tashqi savdoga oid nizolarni ko’radigan va dengiz huquqi bilan tartibga solinadigan huquqiy munosabatlardan kelib chiqqan nizolarni hal qilish uchun tuziladigan hakamlar sudlariga bo’linadi. 

    Fuqarolar o’rtasidagi nizolar hakamlar (holislar) sudi tomonidan hakamlar sudi turisidagi Nizomga muvofiq hal qilinadi. Bu qonunni 1-20-moddalarida ko’rsatilishicha, fuqarolar (mehnat va oila munosabatlariga doir nizolardan tashqari) o’z o’rtalarida kelib chiqqan har qanday nizoni hakamlar sudining ko’rishi uchun topshirishlari mumkin.

    Nizoni hakamlar sudining ko’rishi uchun topshirish to’g’risidagi shartnoma yozma shaklda (hakamlar yozuvi shaklida) tuzilgan bo’lishi hamda unda: taraflarning nomi va ularning yashash joyi; nizoning predmeti; saylangan sudyalarning nomlari; nizoni hal qilish muddati; shartnomaning tuzilgan joyi va vaqti ko’rsatilishi lozim.

    Hakamlar sudi har safar nizoning hamma ishtirokichilarining alohida kelishuvi bilan tashkil etiladi va har bir taraf tomonidan baravar miqdorda saylangan bir yoki bir necha sudya tarkibida tuziladi. Agar sud hay`at tarkibda tuzilsa, sudyaladan biri o’zaro kelishuv bo’yicha rais qilib saylanadi.

    Voyaga etgan (18 yoshga to’lgan) har bir fuqaro hakamlar sudining a`zosi qilib saylanishi mumkin. Ammo ayrim shaxslar: Jumladan, voyaga etmaganlar, vasiylik yoki xomiylik ostida bo’lganlar, sudning hukmi bilan sud organlarida va prokuraturada mansab egallash huquqidan yoki advokatlik faoliyati bilan shug’ullanish huquqidan mahrum etilganlar (hukmda ko’rsatilgan muddat davomida), jinoiy javobgarlikka tortilgan shaxslar hakamlar sudining a`zosi bo’la olmaydilar.

    Ishning ko’rilishi tamomlanmaguncha sudyalar almashtirilmaydi.

    Sudyalardan birortasining ko’rilayotgan ish oqibatlaridan manfaatdorligini va bu holat shartnoma tuzish vaqtida o’ziga ma`lum bo’lmaganligini isbot qilgan taraf-kelishuvdan voz kechishga haqlidir.

    Sudyalardan biri vafot etgan, boshqa yokka ketib qolgan yoki kasal bo’lib qolgan taqdirda, nizoni hal qilishni sudyalarning mavjud tarkibiga topshirish yoki chikib ketgan sudyani saylagan tarafning tayinlashi bo’yicha yangi sudya saylash taraflarning kelishuviga bog’liq. Bu to’g’rida hakamlar yozuvining o’zida qayd qilinadi va uni qolgan hamma sudyalar va taraflar imzolaydi.

    Nizoni hakamlar sudining ko’rishi uchun topshirish to’g’risida shartnoma tuzgan fuqarolar, Nizomning 6-moddasida ko’rsatilgan hollardan boshqa hamma hollarda, hakamlar yozuvida ko’rsatilgan muddat o’tmasdan oldin bu shartnomadan voz kechishga haqli emaslar.

    Hakamlar sudida ishlar jamoatchilik asoslarida, xizmat haqi olinmasdan ko’riladi.

    Hakamlar sudi FPKda bayon qilingan sud ishlarini yuritish qoidalari bilan bog’liq emas. Ammo tomonlardan biri yoki har ikkisi sudga kelishdan bosh tortmagan bo’lsa, hakamlar sudi taraflarning bayonotlarni eshitmasdan ishni hal qila olmaydi.

    Hakamlar sudi tubandagi hollarda bo’lmagan deb hisoblanadi: ishni hal qilish muddati o’tganda; sudyalardan birortasining ishni ko’rishda ishtirok etishdan voz kechishi yoki chetlatilgani holda, agar ishni ko’rishda taraflarning birortasiga nisbatan jinoiy ta`kib qo’zg’atishga asos beradigan holatlar ochilib qolsa va bu hol ishning oqibatiga ta`sir qiladigan bo’lsa va nihoyat taraflardan biri vafot etgan taqdirda.

    Hakamlar sudining hal qiluv qarori ko’pchilik ovoz bilan qabul qilinadi. YOzma shaklda tuzilgan bu hal qiluv qarorida uning chiqarilgan joyi va vaqti hamda hakamlar sudining tarkibi; sud asoslangan hakamlar yozuvi; nizolashuvchilarning nomi; nizoning predmeti; hakamlar sudi o’z xulosalariga qanday dalillarni asos qilib olganliklari va hakamlar sudining qarori ko’rsatiladi.

    Xal qiluv qarorini hamma sudyalar imzolaydi. Sudyalardan birortasi imzo qo’yishdan bosh tortsa va alohida fikrda qolsa, bu haqda hal qiluv qarorining o’zida qayd qilib qo’yiladi. Sudyalarning ko’pchiligi tomonidan imzolangan hal qiluv qarori qonuniy kuchga egadir. Bu qaror taraflarga sud majlisida eshittiriladi va ular hal qiluv qaroriga imzo qo’yadilar. Agar taraflardan biri imzo qo’yishdan bosh tortsa yoki sud majlisiga uzrsiz sabab bilan kelmasa, hal qiluv qarori unga eshittirilgan hisoblanib, bu to’g’rida rais hal qiluv qaroriga yozib qo’yadi.

    Hakamlar sudining hal qiluv qarori ixtiyoriy ravishda ijro etilmasa, rayon (shahar) sudi beradigan ijro varaqasiga asosan majburiy tartibda ijro qilinishi mumkin. Sudya ijro varaqasini berishda hakamlar sudining hal qiluv qarori qonunga muvofiqligini tekshiradi. Sudya ijro varaqasini berishni rad qilganida bu to’g’rida xususiy shikoyat berish yoki xususiy protest keltirish mumkin. Sudyaning ijro varaqasi berishni rad etish to’g’risidagi ajrimi qonuniy kuchga kirgandan so’ng, nizo manfaatdor tarafning arizasi bo’yicha sudda fuqarolik ishini yuritish tartibida hal qilinishi mumkin.

    Hakamlar sudining ish yuritishga oid hamma materiallari ishni ko’rish tamomlangandan so’ng saqlash uchun hakamlar sudi ish ko’rgan joydagi rayon (shahar) sudiga topshiriladi.

    Xo’jalik tashkilotlarining ayrim murakkab ishlari bo’yicha bo’lgan nizolarning hakamlar sudida ko’rilishini maqsadga muvofiq deb topilishi amaliyotdan ma`lum.

    Birlashmalar, korxonalar, tashilotlar va muassasalar o’rtasidagi xo’jalik nizolari o’zaro kelishuvga binoan har bir konkret ish bo’yicha saylanadigan hakamlar sudiga ko’rish uchun topshirilishi mumkin.

    Hakamlar sudida xo’jalik sudlari kompetentsiyasiga taalluqli bo’lgan nizolar (nizolashuvchi tarafning qaysi ministrlik yoki idoraga buysunishlaridan qat`iy nazar) ko’riladi. qolxozlar va qolxozlararo tashkilotlar bilan bo’lgan xo’jalik nizolari, ham xo’jalik sudlariga taalluqli bo’lgani uchun hakamlar sudida ko’riladigan bo’ldi.

    Xo’jalik nizolarini bevosita bartaraf etish uchun taraflar tomonidan choralar ko’rilganidan so’nggina ko’rish uchun hakamlar sudiga topshirilishi mumkin. Agar bunday choralarning ko’rilganligi to’g’risida dalillar keltirilmasa, da`vo arizasi ko’rilmaydi.

    Hakamlar sudi ish bo’yicha taraf bo’lib ko’rilgan tashkilotlarning rahbarlari, birlashmalar, korxonalarning direktorlari, tashkilotlar, muassasalarning rahbarlari, injener-texnik xodimlar, ilmiy-tekshirish muassasalari, jamoat tashkilotlari va ro’y bergan nizoni hal qilishga vakolatli bo’lgan boshqa shaxslar jumlasidan saylanadi.

    Nizoni hakamlar sudida ko’rish to’g’risida taklif olgan taraf, bunday taklif olingan kundan e`tiboran o’n kun ichida bu taklifga rozi bo’lganligi yoki uni rad qilganligi to’g’risida yozma ravishda javob berishi kerak.nizoning hakamlar sudida ko’rilishi va sud tarkibi to’g’risida kelishilsa, manfaatdor tomon o’z talablarini yozma ariza tarzida ifodalashga va bu arizani hakamlar sudyalaridan biriga topshirishga majbur. Da`voning hakamlar sudiga berilishi da`vo muddatini o’tishini uzadi.

    Nizo taraflardan birining joylashgan joyida yoki sud ish manfaatlarini ko’zlab, ishini qaerda ko’rilishini maqsadga muvofiq deb topsa-shu erda ko’riladi. Hakamlar sudi ishda ishtirok etuvchi taraflardan nizoni hal etish uchun zarur bo’lgan materiallarni talab qilib olishga, taraflarning o’zaro hisob-kitoblarini solishtirib tekshirishga, lozim bo’lsa ekspertiza tayinlashga majbur qilishga haqlidir.

    Hakamlar sudi nizo yuzasidan hal qiluv qarori chiqarishda, pretenziyalar berish va ko’rish bo’yicha belgilangan muddatlarning buzilishiga yo’l kuygan tarafdan da`vo summasiga qarab belgilangan miqdorda undirishga haqli bo’ladi.

    Hakamlar sudining xo’jalik nizolari bo’yicha chiqargan hal qiluv qarorlari qat`iy bo’ladi va barcha davlat, kooperativ va boshqa jamoat birlashmalari, korxonalar, tashkilotlar va muassasalar tomonidan qarorda belgilangan muddat davomida ijro etilishga majburiydirlar.

    Hakamlar sudi tomonidan ko’rilgan ish hal qiluv qarori chiqarilgandan so’ng besh kun ichida ish ko’rilgan joydagi xo’jalik sudiga saqlash uchun topshiriladi.

    Xo’jalik sudi hakamlar sudi chiqargan hal qiluv qarorini qonunga xilof deb topsa, mazkur hal qiluv qarorini bekor qilish to’g’risida asoslantirilgan qaror chiqaradi.

    Birlashmalar, korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning rahbarlari hakamlar sudi tomonidan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish uchun choralar ko’rishga va ish saqlanib turgan xo’jalik sudiga ko’rilgan choralar to’g’risida bir oylik muddat ichida ma`lumot berishga majburdirlar.

    Hakamlar sudida ko’riladigan ishlar bo’yicha davlat boji olinmaydi. 

    Tashqi savdoga oid bitimlardan kelib chiqadigan nizolarni, jumladan, xorijiy firmalar bilan O’zbekiston Respublikasi xo’jalik tashkilotlari o’rtasidagi nizolarni hal qilish uchun Savdo palatasi qoshida Tashqi savdo arbitraj komissiyasi tashkil etilgan. Bu komissiyaning vakolati Tashqi savdo arbitraj komissiyasi to’g’risidagi Nizom bilan belgilangan.

    Doimiy ravishda ish olib boradigan mazkur komissiyaning asosiy vazifasi tashqi savdo bitimlaridan kelib chiqadigan nizolarni ko’rishdan iborat.

    Agar taraflar o’rtasida kelib chiqadigan nizolarning Tashqi savdo arbitraj komissiyasida ko’rilishi to’g’risida kelishilgan bo’lsa, komissiyada ish manfaatdor taraflarning yozma arizalari bo’yicha yuritiladi. Komissiyada ish yuritish tegishli tartibda tasdiqlangan maxsus qoidalarga muvofiq ravishda olib boriladi.

    Da`vo arizasida umumiy ma`lumotlardan tashqari taraflarning kimlarni arbitr qilib saylash to’g’risidagi fikr-mulohazalari, da`vo talablarining nimalar bilan, qanday dalillar, qonunlar, xalqaro shartnomalar bitimlar bilan asoslantirilganligi kursatiladi. Da`vo arizasiga ishga taalluqli bo’lgan hujjatlar ilova qilinadi. Da`vo arizasi ishda ishtirok etuvchi javobgarlarning soniga qarab nusxalar bilan topshiriladi.

    Nizoli ishning arbitraj komissiyasida ko’rish to’g’risidagi arizaning nusxasi javobgar tomonidan olinganidan so’ng, uning tomonidan 30 kunlik muddat ichida yozma bayonotlar berilishi mumkin. Javobgar shu muddat ichida o’zi saylagan arbitrni ko’rsatadi yoki arbitr tanlashni komissiya raisining ixtiyoriga topshiradi.

    Arbitr ish ko’rish kunini tayinlaydi. Ish ochiq majlisda kuriladi, agar taraflardan biri talab etsa, ish yopiq majlisda ham ko’rilishi mumkin. Ish bo’yicha bayonnoma olib boriladi, bayonnoma arbitr tomonidan imzolanadi.nizo yuzasidan hal qiluv qarori ko’pchilik ovoz bilan yoki arbitrning yakka o’zi tomonidan qabul qilinadi. Norozi arbitr o’z mulohazasini yozma ravishda ishga qo’shib qo’yadi. qarorning xulosa qismi darhol e`lon qilinadi.

    Tashqi arbitraj komissiyasining qarori qat`iy bo’lib, shikoyat qilinmaydi. hal qiluv qarori taraflar tomonidan ixtiyoriy ravishda ijro etiladi, agar taraflardan biri ijrodan bosh tortsa, qaror qonun va xalqaro bitimlarda belgilangan tartibda ijrochi tomonidan majburiy ijro qilinadi. Ish ko’rish bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar taraflarga yuklatiladi. 

    Dengiz arbitraj komissiyasi (DAK) dengiz huquqi bilan tartibga solinadigan huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolarning mutaxassis shaxslar tomonidan tez va asosli hal etilishini ko’zda tutib tashkil qilingandir.

    Dengiz arbitraj komissiyasi haqidagi Nizomga muvofiq bu komissiya vakolatiga kemalarning to’qnashuvidan, portlardagi ko’rilishlarga zarar etkazilishidan, dengiz kemalari bilan yuk va passajirlar tashishda zarar ko’rilishidan, baliq ovlash vaqtida kemalarga, turlarga zarar etkazilishidan va Nizomda ko’rsatilgan boshqa hollarda zarar etkazilishidan kelib chiqqan nizolarni ko’rish va hal qilish kiradi.

    Komissiyada ish ko’rilishi, bu to’g’rida savdo palatasining prezidiumi tomonidan tasdiqlangan maxsus qoidalar bilan tartibga solinadi.

    Savdo palatasining prezidiumi DAKni 25 a`zosidan iborat tarkibda bir yillik muddatga tayinlaydi. Komissiya a`zolaridan rais va ikki o’rinbosar saylanadi.nizoli ish manfaatdor tarafning yozma arizasiga ko’ra boshlanadi.

    Da`vogar arizasida komissiya a`zolaridan kimni arbitr qilib saylaganligini yoki bu masalani hal qilishni raislik qiluvchining ixtiyoriga kuyganligini ko’rsatishi lozim.

    Taraflarning komissiya majlisida qatnashmasligi ish ko’rish uchun to’sqinlik qilmaydi. Ish ochiq majlisda, uzluksiz, tortishuvchilik, erkin huquqlilik printsipi asosida ko’riladi. Taraflar dalillar keltirish, da`voni isbotlash, e`tirozlar bildirish huquqiga egadirlar. Agar keltirilgan dalillar etarli bo’lmasa, arbitr qo’shimcha dalillar talab qilishi mumkin.




    Download 1.21 Mb.
    1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   144




    Download 1.21 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -Mavzu. HAKAMLAR SUDI (FUQAROLIK ISHLARINI HAKAMLAR SUDIDA KO’RIB HAL QILISH)

    Download 1.21 Mb.