9-MAVZU. PROTSESSUAL MUDDATLAR
Tayanch iboralar: protsessual muddatlar tushunchasiva ular-ning moxiyati, protsessual muddatlarning turlari, O‘zbekiston Respub-likasi Oliy sudi Plenumining “Fuqarolik ishlarini sudda ko‘rishga tayyorlash va uni ko‘rish muddatlari to‘g‘risida”gi 1999 yil 24 sentyabrdagi qarori va uning ahamiyati, protsessual muddatlarni hisoblash, protsessual muddatlarni o‘tkazib yuborish oqibatlari, o‘tkazib yuborilgan protsessual muddatlarni uzaytirish va uni tiklash tartibi, fuqarolik ishlarini sudda ko‘rishga tayyorlash va ko‘rish bilan bog‘lik bo‘lgan muddatlar.
Dars o‘tish vositalari: mavzu nazariy ahamiyat kasb etishi bilan uni asosan ma’ruza tarzida O‘zbeksiton Respublikasi Prezidenti tomonidan sud -huquq sohasini isloh qilishga qaratilgan vazifalari hamda Oliy sudning Plenum qarorlarining - normalarini sharhlash orqali yoritiladi hamda zaruratga qarab savol-javoblar uyushtiriladi.
Dars o‘tish usullari: darsning mohiyatini ijtimoiy-gumanitar fanlar yutuqlaridan foydalangan holda yorqin tahlil qilish va seminarda har bir talabaning fikrini eshitish bilan yakunlanadi.
Fuqarolik ishlarini suda ko‘rish qonunda hamda sud tomonidan belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqilishini belgilaydi. Protsessual muddatlarning huquqiy asoslari FPKning 12-bobining 126-131-moddalarida qayd qilingan asoslar bo‘yicha tartibga solinadi. Fuqarolik ishlarini ko‘rish bilan bog‘liq muddatlarning umumiy tartibi bir oy qilib belgilangan. Lekin fuqarolik ishlari maxsus tartibda belgilangan muddatlarda ham ishlarni ko‘rib chiqadi. Jumladan FPK ning 131-moddasida belgilanishicha, fuqarolik ishlari bo‘yicha arizalar tushgan tundan boshlab qo‘yidagi muddatlarda ko‘rilishi kerak:
- mehnatga oid huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar bo‘yicha 10 kundan kechiktirmasdan:
- mayib bo‘lish yoki sog‘liqqa boshqacha shaklda shikast etishi, shuningdek, boquvchining o‘limi natijasida kelgan zararlarni qoplash to‘g‘risidagi ishlar va aliment undirish to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha, taraflar shu joyda turgan hollarda, 10-kundan kechiktirmasdan boshqa hollarda esa 20-kundan kechiktirmasdan ko‘rib chiqilishi lozim va bu qoidalar FPK ning131-moddasida belgilab qo‘yilgan.
Shu bilan birga notariuslarning harakatlari ustidan shikoyatlar 20-kunlik muddatdan kechiktirmasdan ko‘rilishi lozimligi ham FPK ning 273-moddasida belgilangan.
Protsessual muddatlar yillar, oylar va kalendar bilan hisoblanadi. Muddatning o‘tishi kalendar sananing yoki muddatning boshlanishi deb belgilangan voqea yuz bergan kunning ertasidan boshlanadi.
Yillar bilan hisorblanadigan muddatlar uning oxirgi yilinining tegishli kunida tamom bo‘ladi.
Oylar bilan hisoblanadigan muddatlar tegishli oyda va muddat oxirgi oyning tegishli kunida tamom bo‘ladi.
Fuqarolik ishlarini sudda ko‘rishga tayorlash va ularni ko‘rish muddati muhim protsessual qoidalardan biri hisoblanadi. Bular fuqa-rolik ishlarini suda ko‘rishga tayyorlash ariza qabul qilingan kundan boshlab 10-kunlik muddatdan kechiktirmay amalga oshirilishi lozim.
Bundan tashqari sud tomonidan tayinlangan muddatlarni sud o‘zining tashabbusi bilan ularni kechiktirishi ham mumkin. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar qonunda belgilangan muddatni sud uzrli deb topgan sabablarga ko‘ra o‘tkazib yuborgan bo‘lsalar, mazkur muddat tiklanadi. O‘tkazib yuboridlgan protsessual muddatni tiklashni rad etish to‘g‘risida sud chiqargan ajrim ustidan xususiy shikoyat berilishi yoki xususiy protest keltirilishi mumkin.
Sudning xususiy ajrimi, bayonnoma yuzasidan yozma fikr bildirish, jarimadan ozod qilish yoki uning miqdorini kamaytirish, qo‘shimcha hal qiluv qarori, hujjatni saqlovchining majburiyati, kassattsiya shikoyati berish protest keltirish muddati, YAngi ochilgan holatlar bo‘yicha ariza berish, ijro varaqasini ijroga topshirish muddatining uzilishi, ijro varaqasini ijroga topshirishning o‘tkazib yuborilgan muddatini tiklash, hal qiluv qarorini qaytarma ijrosi bilan bog‘liq muddatlar FPK ning 19, 23, 124, 214, 304, 312, 320, 364, 377, 378, 379- va 392-moddalarida ko‘rsatilgan muddatlar bevosita protsessual muddatlar hisoblanadi.
|