33
Grammatik ma`no anglatishning yana bir vositasi
so‘z tartibi dir. So‘z tartibi xitoy-tibet
tillari oilasiga kiruvchi tillarda va qurilishi shu tillarga o‘xshash bo‘lgan boshqa tillarda juda
muhimdir.
-Masxaraboz masxarabozni masxaraboz deb atadi.
So‘z gapda uch xil vazifani bajarmoqda: ega, vositasiz to‘ldiruvchi, vositali to‘ldiruvchi.
Sintaktik va analitik vositalar. Grammatik ma`nolarni ifodalovchi til vositalari turli-
tumandir. Tilshunoslikda bu vositalar ikki katta gruppaga ajratilgan:
sintetik vositalar, analitik
vositalar.
Sintetik vositalarga affiksatsiya (prefeks, suffekslar), ichki flektsiyaning hamma turlari (arab
tiliga xos xususiyatlar), hind-evropa tillari so‘z o‘zagidagi unlining o‘zgarishi, suppletiv formalar
kiradi.
Analitik vositalar grammatik ma`no anglatuvchi yordamchi so‘zlar, so‘z tartibi orqali
grammatik ma`no anglatish, takror, intonatsiyalardan iborat.
Sintetik va analitik vositalar dunyo tillarida bir xil emas.
Sintetik tillarga turkiy tillar, fin-ugor tillari (venger, eston, fin, ugor), yapon va koreys tillari
kiradi.
Analitik tillarga xitoy-tibet tillari, hand-evropa tillari (ingliz, frantsuz) tillari ham kiradi.
Agglyutinativ tillarda bir grammatik affiks bitta grammatik ma`no anglatadi. Flektiv tillarda
ko‘proq. Mas., rus:
knigu-rod, son ma`nolari.
O‘zbek tilining -
lar ko‘plik qo‘shimchasi rus tilida bir necha ko‘plik affiksiga to‘
ғri keladi:
i, a, ya, i.