35
1.So‘z turkumlarining semantik belgisi.
2.So‘z turkumlarining morfologik belgisi.
3.So‘z turkumlarining sintaktik belgisi.
4.So‘z yasalish belgisi.
So‘z turkumlarining semantik belgisi deganda, so‘zlarning konkret ma`nolari emas, balki
uning umumlashgan ma`nosi nazarda tutiladi. Mas.,
uy, mars, yalpiz, do‘stlik, quyosh. Ularning har
biri garchi konkret ma`nolarni
anglatsa-da, bu printsipda umumiy ma`no, ularning predmetlik
ma`nosi nazarda tutiladi.
CHekmoq, o‘qimoq, yozmoq, turmoq so‘zlarining konkret ma`nolari har
xil. Hammasiga xos bo‘lgan umumiy ma`no ish-harakatdir.
So‘z turkumlarining morfologik belgisi yoki morfologik xususiyati deganda, u yoki bu
so‘zga xos bo‘lgan grammatik kategoriyalar, mazkur so‘zlarga xos forma yasovchi, so‘z
o‘zgartiruvchi affiksal morfemalar tushuniladi (forma yasovchi-so‘z formalarini hosil qiluvchilar -
lar, fe`l-yap; so‘z o‘zgartiruvchi-forma yasovchilarning sintaktik munosabat ifodalaydigan turi
tushiniladi: s., kelishik affikslari, shaxs-son affikslari. Mas.,
qizil, katta, ishlamoq, etmoq, uy, daraxt
so‘zlarini olamiz va ularga quyidagi qo‘shimchalarni qo‘shib ko‘ramiz:
- roq
- di, -i(b)
- gan
Hamma so‘z turkumlari gapda birday vazifa va miqdorda ishlatilmaydi. Otlar gapda barcha
gap bo‘lagi vazifasida kelishi mumkin. Sifatlarning sintaktik vazifasi chegaralangan.
So‘zlarning gapda boshqa so‘zlar bilan birika olish imkoniyati ham sintaktik belgi
hisoblanadi. Bunda semantik belgi asosiy rol o‘ynaydi.Mas.,
predmet, narsa-belgi-sifat--harakat-
fe`l singari. Ana shularga qarab so‘zlar turkumlarga ajratiladi.
Har bir so‘z turkumining o‘ziga xos yasovchilari bor.
So‘z turkumlarining yuqorida qayd etilgan kategorial belgilari so‘z turkumlari
nazariyasining birinchi printsiplarini tashkil qiladi. Misollar: rus tilida semantik belgi bilan bir
qatorda morfologik belgi ham etakchidir. Xitoy tillari oilasiga kiruvchi tillarda, masalan, xitoy,
vetnam tillarida affikslar yo‘q. O‘zbek tilida morfologik va semantik
belgilardan keyin sintaktik
belgilar hisobga olinadi.