Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti




Download 0,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/56
Sana02.02.2024
Hajmi0,61 Mb.
#150222
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   56
Bog'liq
tilshunoslik nazariyasi

andavalamoq (andava+la) so‘zining xas-po‘shlash ma`nosi qismlarning asl ma`nosidan boshqa: 
bunda ideomativlik bor (bu hodisa yasovchi so‘zda yo‘q). YAna: qo‘lqop (cho
ғishtiring: shakar 
qop), temirchi (ezma ma`nosida), ninachi (juda «mayda» odam: «ikir-chikir»larigacha e`tibor 
beradigan odam). YAna: o‘q ilon, it uzum, it qovun. Bu misollar yasalmaning, asl so‘z yasalish 
ma`nosini saqlash bilan birga, yana boshqacha - o‘zakda bo‘lmagan mazmunga ham ega bo‘lishi 
mumkinligini ko‘rsatadi. Ba`zan buning aksiga o‘xshaganroq holni ko‘ramiz: yasovchi so‘z ko‘p 


38 
ma`noli bo‘lganda, yasalmada, odatda, uning o‘sha holati, hamma ma`nosi saqlanmaydi. Masalan, 
ko‘p formasidagi element a) fe`l ko‘pmoq: xamir ko‘pdi, bo‘rtib chiqmoq, b) ruscha «mnogo» 
ma`nosidagi so‘z. Bundan -chi affiksi orqali so‘z yasaganimizda (ko‘pchimoq), uning «mnogo» 
ma`nosi saqlangan. 
Tub so‘z motivga ega bo‘lmaganligidan, u predmet, hodisa va boshqalarni bevosita 
anglatadi, yasama so‘z motivlangan so‘z bo‘lib, u vosita orqali anglatadi. Misollar: tuz, suv, 
taramoq, oq tuzluq (tuz orqali anglanadi), suvchi (suv orqali), taroq (tarash harakati orqali), 
oqarmoq (rang-tus orqali). Demak, biror so‘zni yasama sanash uchun semantik korrelyatsiya 
bo‘lishi shart. 
Taroqchi so‘zi taroq so‘zidan yasalgan, bunda yasovchi so‘zning o‘zi ham aslda yasama 
(taroq elementi — nisbiy: yakka holda — yasama so‘z, taroqchi so‘zining sostavida — yasovchi 
so‘z). Demak, bunday so‘zlarda derivatsiya (yasalganlik) darajali — bosqichli bo‘ladi: birinchi 
derivatsiya (taroq), ikkinchi derivatsiya (taroqchi); uchinchi derivatsiya (taroqchilik). Bularning 
birinchisi — tub so‘zdan (o‘zakdan) yasash, ikkinchisi — yasama so‘zdan (negizdan) yasash, 
uchinchisi — ikkinchi yasalmadan (negizdan hosil bo‘lgan negizdan) yasash. Bunda: taroqchi — 
birinchi («birlamchi») negizdan yasash, taroqchilik — ikkinchi («ikkilamchi») negizdan yasash. 
So‘zning yasamaligini belgilashda eng keyingi yasalish hisobga olinadi: bichiqchi.shk (bichiqchi 
so‘zidan yasalgan: bichiqchi+lik), bichiqchi (bichiq so‘zidan yasalgan: bichiq+chi), bichiq (bich 
so‘zidan yasalgan: bich+iq), bich (yasalmagan: tub so‘z, o‘zak so‘z). Demak, har gal — bir harakat, 
bir yasalish: har gal — bir munosabat (yasovchi va yasalma orasidagi munosabat — so‘z yasash 
munosabati). Bu yasalish tizmasi o‘z qonuniyatlariga, izchillikka ega («bichiqchilik so‘zi bich 
so‘zidan yasalgan» deb bo‘lmaydi). Lekin bunday yasalish tizmasida ham dastlabki elementning 
(tub so‘zning) ma`nosi (taramoq, bichmoq) oxirgacha sezilib — bo
ғlanib borishi shart. Qaerda bu 
bo
ғlanish uzilsa (sezilmas holga kelgan bo‘lsa), o‘sha erda so‘z yasalish aloqasi ham yo‘qoladi. 
«Bu so‘z qanday yasalgan?» degan so‘roq har gal bir butun, yaxlit so‘zni, bir protsessni 
ko‘zda tutadi («to‘qimachilik so‘zi to‘qimachi so‘zidan yasalgan: to‘qimachi+lik»), «bu so‘z 
qanday morfemalardan iborat?» so‘ro
ғi esa, so‘z yasash analizini emas, balki morfematik analizni 
ko‘zda tutadi («to‘qimachilik so‘zi to‘rt morfemadan iborat: to‘qi+ma+chi+lik: to‘qi — o‘zak 
morfema, qolganlari — affiksal morfemalar»). 
So‘zning morfologik qismlarga bo‘linishi so‘z yasashga ham, so‘zning formasini yasashga 
ham aloqador: ikkalasida ham hosil qilish yo‘li (affiksatsiya) va vositasi bir xil. Lekin so‘zning 
strukturasini o‘rganish —uni qismlarga bo‘lish ikki xil: morfologik analiz va so‘z yasash analizi. 
Morfologik analiz (morfematik analiz deb ham yuritiladi) so‘zning morfologik strukturasini — 
morfema sostavini aniqlaydi, shunga ko‘ra u morfema analizi deb ham yuritiladi. Bundagi ikki 
qismga bo‘linish xususiyati «o‘zak va affiks» tusidagi grammatik zidlik holatidir. So‘z yasash 
analizi so‘zning yasalish strukturasini — yasama so‘zning strukturasini aniqlaydi. Bunda: yasovchi 
va yasalma, bu ikki qism orasidagi semantik-morfologik munosabat belgilanadi. Masalan, yaxshilik 
(yaxshi — yasovchi so‘z, yaxshilik — yasalma). Bu affiks orqali, affiksatsiya yo‘li bilan yasalishdir. 
Demak, bu so‘z o‘zak va affiksning munosabatga kirishishi bilan hosil bo‘lgan. Bunday yasashni 
derivatologiya tekshiradi: o‘zak+affiks yoki negiz+affiks: no-tinchlik. Bunda affiks derivator 
sanaladi. 

Download 0,61 Mb.
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   56




Download 0,61 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti

Download 0,61 Mb.
Pdf ko'rish