• TILNING SINTAKTIK XUSUSIYATLARI
  • So‘z turkumlarining tasnifi va ular to‘




    Download 0,61 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet33/56
    Sana02.02.2024
    Hajmi0,61 Mb.
    #150222
    1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   56
    Bog'liq
    tilshunoslik nazariyasi

    3.So‘z turkumlarining tasnifi va ular to‘
    ғrisidagi nazariyalar. So‘z turkumlari 
    nazariyasining ikkinchi printsipi so‘zlarni turkumlarga ajratish printsipidir. Bu ham birinchi 
    printsipga asoslanadi. So‘z turkumlari dastlab ikki katta guruhga bo‘linadi: mustaqil so‘zlar va 
    yordamchi so‘zlar
    Mustaqil so‘zlar ma`lum tushuncha ifoda qilib, biror predmet, belgi, harakat nomini ataydi, 
    gapda biror gap bo‘lagi bo‘lib keladi. YOrdamchi so‘zlar tushuncha ifoda etmaydi, ular faqat 
    grammatik ma`no ifoda qilib, gapda so‘zning o‘zaro munosabatini o‘rganishga xizmat qiladi. 
    Bularning ba`zilari so‘zlarning analitik formasini hosil qiladi. (mas., uyga qadar, ukam uchun, aytib 
    ko‘r). 


    39 
    Mustaqil so‘zlar ichida olmoshlar bir qancha xususiyati bilan farq qiladi.Ular narsa va 
    predmetlarni bevosita atamay, bilvosita anglatadi. Ularni odatda faqat vazifasiga qarab turkumlaydi. 
    So‘zlarni turkumlarga ajratishda eng avvalo so‘z - nomlar ko‘zda tutiladi. Ot va fe`l asosiy 
    so‘z turkumlaridir. 
    Ot semantik jihatdan predmetlik tushunchasini ifoda qiladi. Morfologik jihatdan egalik, 
    kelishik, son kategoriyalariga, kichraytirish, erkalash, hurmat kabi formalarga ega. Sintaktik 
    jihatdan gapda ega, kesim va ikkinchi darajali bo‘lak bo‘lib kela oladi. So‘z yasalishi jihatdan turli 
    tip va modellarga ega. Fe`l semantik belgisiga ko‘ra ish-harakat va holatni ifoda qiladi. Morfologik 
    jihatdan zamon, nisbat, bo‘lishli-bo‘lishsizlik, shaxs-son kabi grammatik kategoriyalarga ega. 
    Sintaktik jihatdan fe`l - kesim uchun eng mos turkum. So‘z yasalishiga ko‘ra turli so‘z yasalish 
    tiplari va modellari mavjud. 
    So‘z-nomlarga sifat, son, ravishlar ham kiradi. Bular semantik, morfologik, sintaktik so‘z 
    yasalish belgilariga ko‘ra o‘zaro farq qiladi. 
    YOrdamchi so‘zlarga ko‘makchi, predlog, bo
    ғlovchi, artikllar kiradi. Bulardan tashqari 
    modal va taqlid so‘zlar ham ajratiladi. 
    Mustaqil so‘zlar: ot, sifat, son, olmosh, fe`l, ravish; yordamchi so‘zlar: ko‘makchi, predlog, 
    bo
    ғlovchi, artekl’ kabilar. 
    Turli tillarda so‘z turkumlarining mavjudligi ularning universal ekanligidan dalolat beradi. 
    So‘z turkumlari turli tillarda umumiylikdan tashqari, har bir tilda o‘ziga xos grammatik 
    formalarga ega bo‘ladi. 
    10-ma`ruza: TILNING SINTAKTIK
    XUSUSIYATLARI 
    R e j a: 
    1. Sintaksisning predmeti.
    2. Sintaktik munosabatlarning turlari.
    3. So‘z birikmasi va gap.
    5. Gapning aktual bo‘linishlari. 
    6. Paradigma va sintagma. 

    Download 0,61 Mb.
    1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   56




    Download 0,61 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    So‘z turkumlarining tasnifi va ular to‘

    Download 0,61 Mb.
    Pdf ko'rish