Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti




Download 0,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/56
Sana02.02.2024
Hajmi0,61 Mb.
#150222
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   56
Bog'liq
tilshunoslik nazariyasi

3. So‘z birikmasi va gap.
Sintaksisning asosiy o‘rganish ob`ektlaridan biri so‘z birikmasidir
Tushunchalar orasidagi turli munosabatlarni ifoda qilish uchun grammatik jihatdan o‘zaro 
birikkan ikki va undan ortiq so‘z so‘z birikmasi deyiladi. 
So‘z birikmasida ayrim tushunchalarni ifoda qiluvchi so‘zlar o‘zaro sintaktik munosabatga 
kirib, murakkab tushunchani bildiradi va boshqa-boshqa gap bo‘lagi bo‘lib keladi: Katta bino
Saodatning kitobi
Ko‘makchi so‘zlar o‘zi bo
ғlangan mustaqil so‘z bilan birgalikda bir bo‘lak hisoblanadi
Maysalar ustida shudring tomchilari yarqiraydi. 
Voqelikni va unga bo‘lgan munosabatni ifoda qilish uchun grammatik jihatdan shakllangan, 
intonatsion hamda mazmun jihatdan nisbiy tugallikka ega bo‘lgan so‘zlar bo
ғlanmasi yoki yakka 
so‘z gap deyiladi. 
Gap fikrni ifoda qiluvchi nutq birligi hisoblanadi. 
Uning xususiyatlari: 
- so‘zlarning birikuvidan tashkil topadi 
- muhim belgisi predikativlik 
- intonatsion tugallikka ega
- fikriy jihatdan nisbiy tugallikka ega. 
Ifoda maqsadiga ko‘ra turlari: darakso‘roqbuyruq. Bulardan tashqari undov gap ham bor. 
Tuzilishiga ko‘ra: sodda va qo‘shma. Sodda gap: bir tarkibli, ikki tarkibli
Bir tarkibli: egasiz bir tarkibli, kesimsiz bir tarkibli gap. egasiz bir tarkibli gap: egasi topilar 
gap, egasi topilmas gap
Egasi topilar gap: shaxsi aniq gap, shaxsi noaniq gap, shaxsi umumlashgan gap. Bulardan 
tashqari nominativ gap ham bor. 
Ikki tarkibli gap: ega tarkibli, kesim tarkibli
Gapning ikkinchi darajali bo‘laklari: aniqlovchi, to‘ldiruvchi, hol
Xullas, gap har qanday tilda ham kommunikativ mohiyatga ega bo‘lgan asosiy birlik 
sanaladi. 
SHu paytga qadar gapga 300 dan ortiq ta`rif berilgan. Uning grammatik jihati, logik jihati. 
Psixologizm oqimi, formalistlar oqimlari qarashlari. 
Gap atamasi ikki ma`nolidir. Birinchi ma`nosi-til birligi aloqa uchun xizmat qilishga 
qaratilgan konstruktiv birlikdir. Bu gap modeli, gap formulasi deb yuritiladi. Ikkinchi ma`nosi 
konkret xabar konkret kontekst bilan bo
ғliq bo‘lgan nutq birligidir. 
Gap qurilish modeli bilan ifoda mazmuninig birligi gapning asosiy kommunikativ xususiyati 
hisoblanadi. 
SHunday qilib, ob`ektiv borliq va unga bo‘lgan munosabatni ifoda qilib, grammatik 
shakllanib, nisbiy tugal fikr yoki his-tuy
ғu anglatib, intonatsion butunlikka ega bo‘lgan so‘z hamda 
so‘zlar birlashmasi gap deyiladi. 
Predikativlik gapning grammatik ma`nosini ifoda qiladi. U gap hosil qiluvchi kategoriya 
bo‘lib, gapda ifoda qilinayotgan fikrning borliqqa bo‘lgan munosabatini modal planda hamda 
zamon va shaxs-sonda ifoda qiluvchi kategoriyadir. Modallik predikativlikning tarkibiy qismi 
bo‘lib, fe`l mayllari, modal so‘zlar bilan ifoda qilinadi. Umuman predikativlik sintaktik mayl
zamon, shaxs-son kategoriyalari, modal so‘zlar va intonatsiya orqali ifodalanadi. Uslub. 

Download 0,61 Mb.
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   56




Download 0,61 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti

Download 0,61 Mb.
Pdf ko'rish