• Tayanch iboralar
  • -ma`ruza: TILLARNI TASNIFLASH ASOSLARI




    Download 0,61 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet38/56
    Sana02.02.2024
    Hajmi0,61 Mb.
    #150222
    1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   56
    Bog'liq
    tilshunoslik nazariyasi

     
    11-ma`ruza: TILLARNI TASNIFLASH ASOSLARI 
     
    R e j a : 
    1.Tillarning geneologik tasnifi. 
    2. Tillarning morfologik tasnifi. 
    3.Analitik tizimdagi tillar. 
    4. Sintetik tizimdagi tillar. 
    5. Polisentetik tillar. 
    Tayanch iboralar: affiksli tillar, flektiv tillar, agglyutinativ tillar, polisintetik tillar, 
    tillarning tipologik tasnifi, sof analitik tillar, sintetik til, sheva, dialekt, differentsiatsiya, invariant 
    vosita, xalq tili, yozma adabiy til, milliy tillar, integratsiya, tillar hamkorligi, tillar chatishuvi, 
    substrat va superstrat hodisa, milliy til, kam tarqalgan tillar, ko‘p tarqalgan tillar, tillarning 
    tarqalishi, millatlararo aloqa tili, xalqaro aloqa tili, jahon tillari, xalqaro til. 
    Tilshunoslikka oid adabiyotlarda 3000ga yaqin til borligi qayd qilingan. (Ayrim 
    adabiyotlarda ularning soni 5000 gacha deb ko‘rsatilmoqda). Agar ularga shevalar ham qo‘shilsa, 
    bu son nihoyat darajada oshib ketishi mumkin. 
    Rossiya Federatsiyasida - 130 
    Hindistion - 720 til va sheva
    Indoneziya - 180-200 


    43 
    Fillipin - 80 
    Janubiy Gveniya – 400 va hokazo. 
    Bu tillar funktsional jihatdan ham teng emas. Birida bir qabila gaplashsa, ikkinchisi xalqaro 
    til hisoblanadi. Ba`zi tillar yo‘q bo‘lib ketgan (Amerikadagi hindu qabilalari tillari). O‘lik til-
    iste`moldan chiqqan, yozma yodgorliklarda saqlanib qolgan til. Masalan: lotin tili, sanskrit tili. 
    Dunyoda shuncha miqdorda til mavjud ekan, tabiiyki,ularni tasniflab o‘rganishga ehtiyoj 
    tu
    ғiladi. 
    Ularning eng asosiy va muhim belgilarini nazarda tutib tasniflash nihoyatda mushkul vazifa 
    ekanligini ham o‘tgan darsimizda ta`kidlab o‘tdik. Bir necha 100 yoki 1000 kishi gaplashadigan 
    qabila tili ham, 400 mln.dan 500 mln.gacha odam gaplashadigan ingliz tili ham alohida til 
    hisoblanadi. 
    Keyingi yuz yilliklarda, ayniqsa XVI-XVIII asrlar davomida turli tillarni o‘rganish 
    natijasida to‘plagan ma`lumotlar ularni bir-biri bilan qiyoslab o‘rganishga omil yaratdi va asta-
    sekin tillarning bir-biri bilan yaqinlik, qarindoshlik munosabati borligi haqida fikrlar paydo bo‘la 
    boshladi. 
    Frantsuz olimi Gvilel’m Postellus (1510-1581)ning «Tillarning qarindoshligi haqida», 
    golland olimi Iosif Skaligerning (1540-1609) «Evropaliklarning tillari haqida mulohazalar» asarlari 
    yuzaga keldi. 1786 yilda ingliz sharqshunos olimi Vil’em Djounz (1746-1794) Kal’kuttada qilgan 
    ilmiy dokladida sanskrit tilining grek, latin, kekel’t, got va qadimgi fors tillari bilan qarindoshligini 
    ko‘rsatib berdi. 
    SHu tarzda tilshunoslikda qiyosiy-tarixiy metodning yaratilishiga ilmiy zamin paydo bo‘ldi. 
    Bu metodning shakllanishida F.Bopp (1791-1867) «Sanskrit tillarining tuslanish sistemasi 
    va uning grek, latin, fors va german tillaridagi tuslanish sistemasiga qiyoslash» (1816), «Sanskrit, 
    zend, arman, grek, latin, litva, qadimgi slaviyan, got va nemis tillarining qiyosiy grammatikasi» 
    nomli uch tomlik asari (1833-1952). Bu asarlari bilan tilshunoslikda agglyutinatsiya nazariyasini 
    yaratdi. 
    Rasmus Rask (1787-1832)- «Qadimgi island tili va island tilining paydo bo‘lishi», YAkov 
    Grimm (1785-1863)- «Nemis tili grammatikasi». U fonetik qonun, fonetikadagi o‘xshashliklar - 
    «Grimm qonunini» yaratdi. A.X.Vostokov «Slaviyan tili haqida mulohazalar» (1820). 
    SHunday qilib avval qiyosiy-tarixiy metod, keyinchalik qiyosiy-tarixiy tilshunoslik vujudga 
    keldi. Geneologik tasnif yaratildi. 
    XIX asrga kelib bu borada etarli ilmiy ma`lumotlar to‘plandi, tillarni tipologik guruhlashga 
    ehtiyoj ortib bordi. SHu tarzda tilshunoslikda qator tasniflar vujudga keldi. Jumladan: 
    areal-geografik 
    genetik-geneologik 
    morfologik-tipologik 
    funktsional struktural kabi. 
    Areal tasnifda jahon tillarining xaritasi, turli mamlakatlarning til tomonida xarakteristikasi, 
    ayrim tillarining qo‘llanish doirasining kengayishi kabi masalalar o‘z ifodasini topadi. 
    Mas.,O‘zbekiston hududida millat va elatlarning joylashishi. (Dunyodagi tillarning taraqqiyot tarixi 
    shuni ko‘rsatadiki, qabila, elat, irq, hudud chegarasi bilan til chegarasi o‘zaro to‘
    ғri kelmaydi). 
    Tillarning xalq tarixi bilan aloqasiga ko‘ra, asosan, uch tipga ajraladi: qabila tili, elat tili, 
    milliy til
    Tilarning funktsional tasnifi qo‘yidagi belgilarga asoslanadi: 
    1) tilning o‘zi tegishli bo‘lgan xalq tarixi bilan aloqasi; 
    2) tilning jamiyatdagi vazifasi.
    Tillarning ijtimoiy vazifasining kengayishi ularning funktsional differentsiatsiyalashuviga 
    olib keladi. Natijada turli nutq stillari shakllanib boradi. Rivojlangan hozirgi tillarning ko‘pchiligida 
    badiiy, ilmiy, publitsistik, rasmiy-idoraviy, so‘zlashuv kabi uslublar shakllangan. 
    Tillarning tipologik tasnifi da tillarning grammatik qurilishi asosga olinib, ularning asosiy 
    tiplari belgilanadi. Unda tillarning morfologik va sintaktik tipologiyasi farqlanadi. Morfologik 
    tasnif ana shu usulga asoslanadi. 


    44 
    Morfologik tipologiya da ko‘proq so‘zlarning o‘zgarishi asosga olinadi. Tillarning 
    morfologik tasnifi so‘z qurilishida o‘zak va affikislarini o‘zaro qarama-qarshi qo‘yishga asoslanadi. 
    Bu tasnif tilshunoslikda keng tarqalgan. 
    Sintakaktik tipologiya gap va so‘z birikmalarida ifoda qilinadigan logik - semantik 
    munosabatlarning universalligiga suyanadi, bunda kesim formasi, sintaktik aloqa, gapdagi logik 
    semantik munosabatlar hisobga olinadi. Kesim formasiga ko‘ra gaplar ot va fe`l gaplarga ajratiladi. 
    Tillarning sintaktik tasnifida subekt-predikat, ob`ekt-atribut munosabatlarini ifodalanishiga 
    asoslangan tasnif keng tarqalgan. Bu jihatdan I.I.Meshchaninov uch sintaktik tipni ajratadi: 
    posessiv, nominativ, ergativ. Bunda ega nima bilan ifodalanishi hisobga olinadi. Posessiv-egalik, 
    qarashlilik munosabatini ifoda qiluvchi maxsus sintaktik konstruktsiya. Nominativ-ega bosh 
    kelishikdagi so‘zlar bilan ifodalanishi. ergativ kelishik kavkaz tillariga xos. 
    Fandagi bu muammolarni hal qilishga chet el olimlari qatori o‘zbek tilshunoslari ham o‘z 
    hissalarini qo‘shib kelishmoqda. 
    Geneologik tasnifda til faktlari tarixiy printsip (usul) asosida o‘rganilib, tillarning 
    qarindoshlik munosabati hisobga olinadi. 
    Struktural tasnifda hamma tillarning vazifasi bir xilligidan kelib chiqib, ulardagi umumiylik 
    va o‘xshashlik asos qilib olinadi. Bu umumiy o‘xshashlik va universallik deyiladi. 
    SHundan so‘ng geneologik va morfologik tasnif va ularning afzal tomonlariga to‘xtalib 
    o‘tiladi. 
    Geneologik tasnifni ham, qiyosiy-tarixiy tasnifni ham inkor etgan. O‘zining stadial tasnifini 
    taklif qilgan. Bunda u til namontalogiyasi (tilning boshlan
    ғich davridan qolgan qoldiqlarni 
    o‘rganuvchi ilm) usulini qo‘llagan. N.YA.Marrning faraz qilishicha, insonlarning tovush nutqi 
    dastlab to‘rt unsurdan sal, ber, yon, rosh dan iborat bo‘lgan emish. Dunyodagi barcha tillar ana shu 
    to‘rt unsurdan tarkib topgan bo‘lib, hamma tillarning yaratilishida eng dastlabki umumiy 
    materialdan bo‘lgan emish. 
    N.YA.Marrning bosqichli chizmasida har qaysi qardosh tillarning bir manbadan, bir o‘zak 
    tildan tarqalganligi da`vo qilinadi, bu bilan esa geneologik tasnif inkor qilinadi. 
    SHu o‘rinda Alisher Navoiyning «Muhokamat-ul lu
    ғatayn» asari.(107 bet). 

    Download 0,61 Mb.
    1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   56




    Download 0,61 Mb.
    Pdf ko'rish