42
4. Gapning aktual bo‘linishlari. Gapning aktual bo‘linishi gapning formal bo‘linishiga
qarshi qo‘yiladi. Agar formal bo‘linishda gap tarkibi grammatik elementlarga bo‘linsa,
aktual
bo‘linishda gap ma`no jihatdan bo‘linadi. Gapning formal bo‘linishining asosiy elementlari ega va
kesim hisoblansa, aktual bo‘linishining asosiy elementlari
gapning ifoda asosi, ma`lum qismi esa
gapning yadrosi, ya`ni nima xabar qilayotgan qismi hisoblanadi. Bunda fikr ma`lumdan
noma`lumga qarab harakat qiladi.
Boshqacha
aytganda, gapning konkret matndagi mundarijasidan kelib chiqib mazmun
jihatdan bo‘linishi. Bunday bo‘linishda gap ikki qismdan iborat bo‘ladi: 1.So‘zlovchi va tinglovchi
(o‘quvchi) uchun ma`lum narsani ifodalovchi qism(tema); 2.So‘zlovchi bildirmoqchi,
aytmoqchi
bo‘lgan qism, ya`ni yangi informatsiya qismi (rema)
: Sovxoz kollektivining bu yilgi rejalari yana
ham katta. Tema: Sovxoz kollektivining bu yilgi rejalari
, rema: yana ham katta.
Gapning aktual bo‘linishida gap ifoda asosi va ifoda yadrolariga bo‘linadi:
Institut
studentlari (ifoda asosi) sport musoboqalarida
ғolib chiqdilar (ifoda yadrosi).
Gapning hamma tiplari ham aktual bo‘linavermaydi. Odatda bo‘laklarga ajralmaydigan
gaplar, nominativ gaplar, to‘siqsiz gapning ba`zi tiplari aktual bo‘linmaydi.
YOzuvda gapning aktual bo‘linishi tinish belgilari bilan ajratilmaydi.
O
ғzaki nutqda esa aktual bo‘linishda intonatsiya asosiy vositadir.
5. Paradigma va sintagma. So‘zning o‘zaro bo
ғlangan shu bilan birga, bir-biriga qarama-
qarshi qo‘yilib, bir butun sistemani tashkil qiladigan ikki yoki undan ortiq formalari
pardigma deb
yuritiladi. Bunday formalarga ot yoki otlashgan so‘zdagi son (birlik, ko‘plik),
kelishik, egalik;
fe`llardagi zamon, mayl, shaxs-son formalari kiradi.
Boshqacha aytganda, til birliklari grammatik formalarning umumiy ma`nosiga ko‘ra
birlashuvi, xususiy ma`nosiga ko‘ra farqlanuvchi sistemasi. Mas., otlarning kelishik bilan turlanish
paradigmasi, fe`llarning shaxs-sonda tuslanish paradigmasi kabi.
Sintagma (birlashgan narsa degani).
1.Nutqning mazmun va ritmik-milodik jihatdan bir butunlikni
hosil qiluvchi semantik-
sintaktik bo‘lagi. Sintagma bir yoki undan ortiq so‘zdan iborat bo‘lishi, hatto gapga teng bo‘lishi
ham mumkin:
Sovxozimiz paxta planini muddatdan ilgari oshirib bajardi.
2. Ikki so‘zning sintaktik bo
ғlanishi bilan yuzaga keladigan nutq birligi (birikma yoki gap).