Adabiy til va uning mezoni




Download 0,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/56
Sana02.02.2024
Hajmi0,61 Mb.
#150222
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   56
Bog'liq
tilshunoslik nazariyasi

Adabiy til va uning mezoni. Adabiy til biror millatning tarixiy jihatdan shakllangan 
umumxalq tiliga asoslanadi. O‘zbek adabiy tilining asoschisi buyuk shoirimiz Mir Alisher 
Navoiydir.
Adabiy til u tarqalgan hududda barcha xalq uchun tushunarli bo‘ladi. Bu umumxalq tilida 
shevalarga va kasb-hunarga xos so‘zlar ham bo‘ladi. Adabiy tilda boshqa tillardan o‘zlashgan 
so‘zlar ham bo‘lishi mumkin. Adabiy tilni yozma tildan farqlash zarur. Adabiy til o
ғzaki va yozma 
shaklda bo‘ladi. Adabiy tilning o
ғzaki shaklida uning talaffuz normasi o‘z ifodasini topadi. Adabiy 
tilning o‘z grammatikasi va leksikasi mavjud. Bular ham o‘z adabiy normasiga ega. Adabiy tilda 
turli sohalarga doir terminlar, dialektizmlar (shevalarga xos so‘zlar), kasb-hunar, madaniy-maishiy 
va boshqa sohalarga tegishli so‘zlar mavjud bo‘ladi. Adabiy tilning o
ғzaki shakli yozma shaklidan 
avval hosil bo‘lishi mumkin. Adabiy tilning shakllanishi va rivojlanishida buyuk shoir va 
adiblarning xizmati juda kattadir. Ular qo‘llagan so‘z va iboralar va maxsus uslub (stil) adabiy 
tilning nufuzini ta`minlaydi.
Adabiy til milliy tilning asosida shakllanadi. Milliy tilning yozma va o
ғzaki shakllari unda 
so‘zlovchi xalq uchun tushunarli va umumiy bo‘lgan mezonlarga egadir. SHu sababli uni davlat tili 
yoki rasmiy til sifatida qabul qilinadi. Davlat tili ommaviy axborotda, matbuotda, sud va 
prokuraturada, barcha davlat tashkilotlari, o‘quv maskanlari va boshqa muassasalarda qo‘llanadi. 
Tilni xalq yaratgan va uning adabiy va davlat tili sifatida qo‘llovchi ham xalqdir. Davlat tilining 
erkin rivojlanishini va uning xalq xo‘jaligining turli sohalarida qo‘llanishini ta`minlash til 
siyosatining asosiy vazifasi hisoblanadi. 
Adabiy tilning ma`lum situatsiyada qo‘llanuvchi varianti uning funksional stili deb ataladi. 
Funksional stillar tilshunoslikning ifodali vositalarini o‘rganuvchi bo‘limi bo‘lmish stilistikada 
o‘rganiladi.
Tilning funksional stillari: rasmiy-ish stili, kundalik o
ғzaki nutq stili, ilmiy-texnik stil, diniy 
stil, badi-iy stil (u poetik (nazmiy) stil, nasriy stilni o‘z ichiga oladi). Ba`zan badiiy stilga nisbatan 
neytral stil farqlanadi. 

Download 0,61 Mb.
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   56




Download 0,61 Mb.
Pdf ko'rish