51
shu xalqning tarixi, urf-odati, madaniyat va san`ati bilan bo
ғliqdir. Odatda dialektologiya regional,
ya`ni hududiy, biror region yoki mahalliy joy bilan bo
ғliqdir.
Dialektologiya lingvistik geografiya bilan bo
ғlanadi. Turli shevalardagi xususiyatlar
jamlanib lingvistik atlaslar tuziladi. SHeva va lah-jalarning hududiy
joylanishiga doir xaritalar
tuziladi.
Endilikda turli tillardagi ayrim xususiyatlarning tarqalishiga doir xarita va atlaslar
tuzilmoqda. Bunday lingvistik xarita va atlaslarni tuzish maqsadida aniq dastur va anketalar, yaqni
qanday masalalar, so‘z
va gaplar kiri-tib, ularni tahlil qilishda uchraydigan fonetik, grammatik va
leksik xususiyatlarga ahamiyat beriladi. Bunday vazifalarni bajarish
uchun maxsus dialektologik
ekspeditsiya uyushtiriladi.
Til va uning shevalaridagi tarqalgan turli xususiyatlaring dialektologik xaritada ko‘rsatilish
chegarasi izoglosslar (lotincha izo- o‘zaro, gloss-til) deb yuritiladi. Bunday izoglosslami aniqlash
shevalar tarixini o‘rganishda
yordam beradi.
Lingvistik geografiya metodlarini qo‘llash natijasida turli tiilar va shevalardagi
izoglosslarning tarqalishi aniqlanadi. Jamiyatning turli sinflariga mansub bo‘lgan til xususiyatlarini
ijtimoiy dialektlarga xos deb hisoblanadi.