59
tillarning jamiyatda qo‘llanishiga ko‘ra rasmiy, davlat, elat, qabila tillarini farqlaydi. Odatda umummilliy
tillar davlat va rasmiy tillar sifatida qabul qilinadi.
Ba`zi davlatlarda ikki, uch va undan ortiq tillar rasmiy til deb eqlon qilingan. Hindistonda tillar
ko‘pligi tufayli 14 ta til rasmiy deb eqlon qilingan va ikkinchi rasmiy til sifatida ingliz till qabul qilingan.
O‘zbekistonda o‘zbek tili davlat tili maqomiga ega va bu O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasining 4-moddasida ko‘rsatib qo‘yilgan.
Kognitiv tilshunoslik (inglizcha cognize - bilmoq,
anglamoq, tushunmoq) falsafadagi bilish
nazariyasi bilan cheklanmay, balki tilni tafakkur (ong) bilan bo
ғlab, uning hosil bo‘lishidagi psixologik,
biologik va neyrofiziologik
jihatlarning ijtimoiy, madaniy, lisoniy hodisalar bilan uzviy aloqasini chuqur
ilmiy tadqiq etadi. Kognitiv tilshunoslik psixologiyadagi tushuncha va kontsept birliklari bilan ish ko‘radi.
Kontsept tushunchasi asosida ma`no va obraz yotadi va ular bilim ummumlashmasi sifatida "kvant" deb
ataladi. Kontsept - ong - belgi o‘rtasidagi bo
ғlanish miya faoliyati orqali boshqariladi.
Masalan, yaxshilik kontsepti barcha yaxshi narsa, belgi, xislat, odat va boshqalarni ifodalab, o‘z
"tushunchalar maydoni"ni tashkil etsa, "yomonlik" kontsepti buning aksini ifodalaydi.