Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti




Download 0,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/56
Sana02.02.2024
Hajmi0,61 Mb.
#150222
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   56
Bog'liq
tilshunoslik nazariyasi

Transformatsiya metodi tildagi elementlar va birliklarning turli gaplarda boshqacha yo‘l bilan qayta 
tuzishda qo‘llaniladi. Tranformatsiyaning sintaksisdagi elementlarni o‘zgartirishda qo‘llanuvchi oddiy 
turlari: o‘rin almashtirish, qo‘shish, qisqartirish va tushirib qoldirishdir. Bu metodni AQSH olimi Z.Xarris 
taklif etgan va keyincha uni shogirdi N.CHomskiy alohida ilmiy tadqiq etgan. Bu metod matematika va 
mantiqdagi ba`zi tushuncha va tamoyillardan foydalanadi [Zasorina L.N. Vvedenie v strukturnuyu 
lingvistiku. M.: 1974, s. 252]. 
Agar bir turdagi elementlarga ega bo‘lgan ikki va undan ortiq konstraktsiyalar bir xil o‘rinda 
uchrasalar, ularni transfor-malar deyiladi. Masalan, quruvchilar Toshkentda juda ko‘p chiroyli binolar 
qurdilar - gapida transformalar quyidagicha bo‘lishi murakin: Toshkentdagi juda ko‘p chiroyli binolar 
quruvchilar tomonidan qurildi (passiv konstruktsiya). Juda ko‘p Toshkentdagi chiroyli binolarni quruvchilar 
qurdilar. Juda ko‘p chiroyli binolarni Toshkentda quruvchilar qurdilar va h.k. 
YUqoridagi transformalar gapning biror ma`nosini o‘zgar-tirishga ham xizmat qiladilar. Agar shu 
gap asosida dialog tuzsak, undagi elementlar o‘z o‘rnini o‘zgartiradi, tushib qoladi va to‘ldiradi. -Binolarni 
kim qurgan? -Toshkentdami? -Ha, ularni quruvchilar qurgan. -Ha, o‘sha chiroyli binolarni... 
Tranformatsiya metodi faqat sintaksisda emas, balki stilistik transformatsiya shaklida ham 
qo‘llanmoqda. Unda sintaktik stilistika uchun eng zarariy vosita bo‘lib xizmat qilmoqda. 
Komponent tahlili metodi ko‘proq semantikada so‘zlarning ma`nolarini chuqurroq o‘rganishda 
qo‘llanadi. Bunda so‘zlarning ma`nolari ularning farqlanuvchi semantik belgilari - semalar yordamida tahlil 
qilinadi. Masalan, chelak va butilka so‘zlarining senia tarkibini tahlil qilsak, chelak - aylana shaklda, qo‘l 
ushlagichi bor, oyo
ғi yo‘q, qopqoғi bor yoki yo‘q, bo‘yni yo‘q idish bo‘lsa, butilka - oynadan qilingan, 
suyuqlik solinuvchi, chuqur, qo‘l ushlagichi va oyo
ғi yo‘q idish hisoblanadi. Komponent tahlil asosida 
tildagi so‘z turkumlarining va hatto gap tarkibida ishtirok etgan bo‘laklarning semantik belgilari aniqlanishi 
mumkin. 
Maydon metodi. Bu metodni leksik-semantik maydon yoki grammatik-leksik maydon [Guliga E.V., SHendel’s 
E.N. Grammatiko-leksicheskie polya v nemetskom yazike. M., 1968, - s. 5-17] va ba`zan maydon nazariyasi [Our G.S. 
Teorii polya v lingvistike. M., 1974], deb yuritishadi. Albatta, uning qo‘llanishiga ko‘ra nomini atash mumkin. 
Jumladan, so‘zning barcha ma`nolarini aniqlashda semantik maydon metodi qo‘llanadi. Grammatikada turli so‘z 
turkumlarining ma`nolari o‘rganilsa, ularni grammatik-leksik maydon metodi yordamida o‘rganiladi. Bunda eng ko‘p 
qo‘llanuvchi leksik-grammatik birlikning ma`nosi uning, yadrosi, kam qo‘llanuvchilari pereferiyasi deb nomlanadi. 
Tilshunoslikda hali noma`lum bo‘lgan tillarni ilmiy o‘rganishda qo‘llanuvchi "maydon tilshunosligiq"ni 
maydon metodi bilan aralashtirmaslik kerak. Maydon tilshunosligi o‘rganilayotgan til ona tili bo‘lgan shaxsni (uni 
odatda "informant" deyiladi) turli anketa va testlar yordamida savollarga javob olish yo‘li bilan material to‘playdi, 
fonetik transkriptsiya qo‘llaydi, tildagi asosiy fonologik, morfologik, sintaktik va leksik xususiyatlarni to‘plab tahlil 
qiladi, ba`zi taxminiy fikrlarini keltiradi va zarur bo‘lsa tarjimadan foydalanadi. 
Maydon tilshunosligida qo‘llanuvchi tamoyil va vositalar tillarni qadimiy o‘rganish yo‘llarini eslatadi. Bu 
usullar qalam va qo
ғoz yordamida tilni biluvchi shaxslarning talaffuziga quloq solib, ulardagi xususiyatlarni aniqlashni 
yodga soladi. Tilni o‘rganishda, umuman, kuzatish, tavsif qilish, qiyoslash, tajriba (eksperiment) o‘tkazish, 
distributsiya, tranformatsiya, ma`no maydonini aniqlash, xarita tuzish (til yoki shevaning tarqalgani haqida - uni 
lingvogeografiya deyiladi), turli til birliklari, elementlari va vositalarini statistik tekshirish yordamida qancha va qaerda 
uchrashi metod va tamoyillari qo‘llanadi. [Kibrik A.E. Metodika 
polevғx issledovaniy (k postanovke problemғ). Izd. 
MGU, 1972, s. 179].

Download 0,61 Mb.
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   56




Download 0,61 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti

Download 0,61 Mb.
Pdf ko'rish