Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti




Download 0,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/56
Sana02.02.2024
Hajmi0,61 Mb.
#150222
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   56
Bog'liq
tilshunoslik nazariyasi

Fonogrfik yozuv. Ayrim yozuvlar, masalan, piktogrammasillabogramma (bo‘
ғin yozuv) va 
ideogrammalar (shartli belgi, simvol) evolyutsiyasi natijasida harflar paydo bo‘ldi yozuv 
taraqqiyotida harf-yozuv davri boshlandi. Hozirgi vaqtda jahon aholisining taxminan to‘rtdan uch 
qismi mana shu yozuvdan foydalanadi. Harf tovush yozuvi hozirgi vaqtda, asosan, yirik to‘rt xil 
yozuv sistemasidan iborat. Lotin yozuvi asosidagi yozuvdan jahon aholisining 30%, slaviyan-
krillitsa yozuvidan 10%, arab yozuvidan 10%, hind yozuvidan 20% aholi foydalanadi. 
Fonografik yozuv ko‘p ko‘rinishlarga ega. Ular quyidagilardan iborat:
1. Sillabik yoki bo‘
ғin yozuvi. Bu yozuv qo‘shma so‘zlarni mayda qismlarga bo‘lish usuli 
bilan paydo bo‘ldi. Mayda qismlar bo‘
ғinlarga to‘ғri keladi. U yoki bu so‘zni yozish lozim bo‘lsa, 
ana shu bo‘
ғinlarni bir-biriga qo‘shish usuli bilan tuzishar edi. Bu yozuvga qadimgi hind yozuvi 
devanagari yaxshi misol bo‘la oladi. Bo‘
ғinlarning soni turli tillarda turlicha bo‘lgan. Masalan, Kipr 
orolidagi qadimgi grek tilida 65ta bo‘
ғin birligi, Gvineya orolidagi vaylar tilida 226ta bo‘ғin birligi 
bo‘lgan.
2. So‘z shakllarini fonetik birliklar – tovushlar orqali ifodalash. Dastlabki alifbeli yozuv Nil 
daryosi vodiysiga bostirib kelgan giksoslar tarafidan yaratilgan. Giksoslar misrliklarning atoqli 
ismlarini yozishdagi tajribasidan foydalanganlar: ular Misr ieroglifik yozuvlaridan yigirmatasini 
olib, shular orqali o‘z tilining unli va undosh tovushlarini ifodalaydigan alifbeni yaratganlar. Alifbe 
so‘zi giksoscha alif – ho‘kiz, be < bet – uy demakdir.
Eramizdan bir yarim ming yil ilgari giksoslar alifbesini finikilar o‘zgartirib, o‘z tilining 
tovushlariga moslashtirib olganlar. Dunyodagi ko‘p tillarning fonetik yozuvlari finikilarning yozuvi 
asosida vujudga kelgan. Keyinchalik finikilarning bu alifbosi uch tarmoqqa bo‘linib rivojlandi: 1. 
Oromey – suriya tarmo
ғi, u SHarqqa qarab tarqalgan. 2. Janubiy Arabiston tarmoғi, u Janubga 
tomon tarqalgan. 3. YUnon-evropa tarmo
ғi, u Ғarbga qarab tarqalgan. 
Markaziy Osiyo xalqlari tarixiga nazar tashlar ekanmiz, ularning bevosita qadim oromey 
yozuvi ta`sirida shakllanib, rivoj topganligining guvohi bo‘lamiz.
Miloddan avvalgi V-IV yuz yilliklar va milodning boshlarida oromey xati takomillashib, 
uning negizida birin-ketin arab, parfeniy, boxtariy, avesto, turk-run, xorazmiy, su
ғd, uyғur alifbelari 
shakllangan.
Dunyo mamlakatlari ichida Misr qadimgi tarixga ega. Misr yozuvi miloddan avvalgi IV 
ming yillikning ikkinchi yarmida yaratilgandir. Keyinchalik u batamom unutildi.
Jahon madaniyati uchun eng muhim ahamiyatga molik bo‘lgan hodisa 1799 yil 2 avgustda 
sodir bo‘lgan. SHu kuni frantsuzlar inglizlarning dengiz tomondan bo‘layotgan hujumini daf etib, 
sohilni qo‘lda saqlab turganlar. Rozettadan etti kilometr naridagi qadimiy Rashid qal`asini himoya 
qilayotgan askarlar xandaq qazayotib yozuvlar bitilgan qop-qora tosh topib oladilar (uni Rozetta 
toshi deb atashadi). Kattaligi stol taxtasicha keladigan bu toshdagi yozuvlar uch (misr, suriya, 
yunon) tilda o‘n to‘rt satrlik yozuv qolgan. Bu yozuv ko‘p asrlar mobaynida jumboq bo‘lib keldi.


56 
Rozetta toshi topilgandan so‘ng ierogliflar jumbo
ғini echishga bo‘lgan ishtiyoq yanada 
kuchayib ketdi. Ana shu toshlarni o‘rganishga A.Kirxer, S.de Sasi, D.Okerblad, T.YUng kabilar 
kirishganlar. Ierogliflarning ieratik va demotik turlari haqida dastlabki ma`lumot berganlar, lekin 
oxiriga etkazmaganlar.
Ushbu jumboqni echishda (16 yoshida) frantsuz Grenobl’ akademiyasining akademigi 
bo‘lgan J.SHampol’onning hissasi kattadir. U o‘z hayotini Misr sirlarini ochishga ba
ғishlagan. 
J.SHampal’onning Misr bo‘yicha to‘plagan materiallari 20 jilddan iborat. 
Qadimgi madaniyat o‘choqlaridan yana biri Mesopotamiya (ikki daryo – Dajla va Frot 
orali
ғidagi er) sanaladi. Bu yurtda ossuriy-bobil yozuvining xilma-xil mixxat lavhalari yaratilgan. 
e.de Sarzek, L.Vulli, K.Nibur, G.Grotefend, F.Myunter, D.Smit, O.Sulaymonovlar shumerlarning 
bu mixxat lavhalarini o‘rganib o‘z nazariy fikrlarini bayon etganlar. 
Semit akkadlari milodgacha uch ming yilliklarda Mesopotamiyaga kelib, ular madaniy xalq
shumerlarga duch keladi. SHumerlar tomonidan kashf etilgan mixxatni keyinchalik akkadlar, xetlar, 
qadimgi forslar, elamiylar qabul qildilar. 
SHumer mixxatlari Ur, SHuruppak xarobalaridan topildi. 1840 yilda ingliz olimi Leyard 
Osuriya poytaxti Nineviya xarobalarini o‘rganish jarayonida 20 ming sopol kitobga ega bo‘lgan 
shumerlar kutubxonasini qo‘lga kiritdi. Ana shu sopol kitoblarda «Bilgamish» dostoni yozilgan. 
Akkadlar o‘zlariga notanish, shumer tilining birinchi lu
ғatini yaratganlar.
YOzuv madaniyati tarixiga nazar tashlansa, Markaziy Osiyoda yashagan xalqlar orasida 
yagona alifbe bilan cheklanib qolgan ulusning o‘zi yo‘q. CHunonchi, su
ғd tili o‘z tarixi mobaynida 
oromey, milliy su
ғd, moniy, suryoniy yozuvlaridan foydalanganlar. Qadimgi xorazmiy adabiy tili 
uchun xorazmiy, arab alifbelari amalda bo‘lgan. Bular ba`zi ishlarda «Avesto» tili va yozuvi, 
xorazm tili va yozuvi, baqtriya tili va yozuvi, su
ғd tili va yozuvi, sak tili va yozuvi degan nomlar 
bilan ataladi. 
Turkiy xalqlarning ota-bobolari 22 harfli oromey yozuvidan foydalanib, o‘zlarining 26 harfli 
turk-run (sak tili va yozuvi)ni kashf etganlar. 
Biz turk-run yozuvining oromey yozuvi asosida shakllanganligini inkor etmagan holda, sak 
tili va yozuvi asosida Urxun-Enasoy yozuvi shakllangan, degan fikrdan yiroqmiz. CHunki 1970 
yilgacha turkiy yozuv eramizning VI-VII asrlarida paydo bo‘lgan, degan fikr etakchi edi. Unga 
nisbatan Urxun-Enasoy atamasini ishlatganlar. Qadimgi turkiy yozuv uchun Urxun-Enasoy yozuvi 
atamasi qo‘llanilgan bo‘lib, undan voz kechish vaqti etdi. Turkiy yozuv Urxun-Enasoy tomondan 
Ғarbga emas (chunki bunda 38 harfiy belgi bor), Markaziy Osiyodan (bunda 26 harfiy belgi bor) 
SHarq tomon tarqalgandir. Urxun-Enasoy atamasi yozuv yodgorliklarining mahalliy guruhinigina 
anglatadi.
1970 yili Olmoti yaqinidagi Issiq qo‘r
ғonini tekshirganda undan miloddan oldingi ko‘plab 
buyumlar qatori kumush kosa topildi. Uning sirtida qadimgi sak (turkiy) yozuvi bor edi.
Issiq yozuvi nomi bilan mashhur bo‘lgan bu yozuv (26 harfli)ni A.S.Omonjo‘lov o‘qib 
talqin etgan. Olim bu qadimgi turkiy yozuvning ildizlarini ikki yarim ming yillik o‘tmishdan 
izlamoq kerakligini ta`kidlaydi. Xuddi Issiq yozuviga o‘xshash yozuv Far
ғona vodiysining Isfara, 
Quva, Qal`ai bolo, Lo‘mbitepa, Surxondaryoning Xolchayon, Dalvarzintepa, Fayoztepa, 
Af
ғonistonning Dashti Novur kabi joylaridan ham topildi. Bu yozuvlarni A.N.Bernshtam, 
YU.A.Zadneprovskiy, S.G.Klyashtorniy lar o‘qigan va ma`lumot bergan. 

Download 0,61 Mb.
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   56




Download 0,61 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti

Download 0,61 Mb.
Pdf ko'rish