55
Xitoy yozuvi dunyodagi noyob yozuvlardan biri bo‘lib, hozirgi zamon kishisi
foydalanadigan yozuvlar orasida eng qadimiysidir (miloddan avvalgi XII asr). Qadimgi Misr
ierogliflariga va SHumer mixxatiga tengdosh bo‘lgan bu yozuv o‘ziga xos taraqqiyot yo‘liga ega
bo‘lganligi uchun ham shu paytga qadar saqlanib kelmoqda. Har bir ieroglif alohida bir so‘zni
bildiradi. So‘zlar qanday ohangda talaffuz etilishiga qarab, mutlaqo boshqa-boshqa ma`noni
bildiradi. So‘zlar past, balandlashib boruvchi, baland ohangga qarab uch xil ma`noni ifodalaydi.
YOzuvning ommaviylashuvi uchun uni, albatta, osonlashtirish, soddalashtirish va
qulaylashtirish kerak edi. Uning soddalashish jarayoni bir necha yo‘llar bilan amalga osha boshladi:
-yangi tushunchalarni mavjud logogrammalar yoki ierogliflar kombinatsiyasi orqali
ifodalash. Mas., xitoy yozuvida:
ko‘z yoshi tushunchasi- ko‘z va suv ramzi ifodasi. Unumsiz
rivojlandi;
-logogrammalarni o‘zak sifatida qoldirib, grammatik ma`nolar uchun yangi logogrammalar
o‘ylab topish;
-fonografik yozuvga o‘tish.
YOzuvni soddalashtirishning eng unumli va progressiv usuli fonografik yozuvga o‘tish
bo‘ldi.