Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti




Download 0,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/56
Sana02.02.2024
Hajmi0,61 Mb.
#150222
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   56
Bog'liq
tilshunoslik nazariyasi

Qiyosiy-tarixiy metod - XIX asr boshida taklif etilgan bu metodning vazifasi qarindosh bo‘lgan 
tillardagi qonuniyatlarni aniqlashdan iborat. Bu metod yordamida eng qadimiy qarindosh tillardagi so‘zlar va 
ularning shakllarini tiklash uchun harakat qilingan (Tillarning geneologik tasnifiga qarang). Masalan, "ikki" 
so‘zi lotincha duo, grekcha duo, uels tilida dau, inglizcha tvo, islandcha tveir, datcha tvee shaklida bo‘ladi. 
Tarixiy metodni ko‘pincha qiyosiy tarixiy metoddan farqlaydilar. Bizningcha bu ikki metodni 
birlashtirish mumkin. CHunki tarixiy metod ham timing har bir sathidagi o‘zgarish-larni o‘rganadi. Bu 
ayniqsa so‘zlar va ularning shakllarini ichki tiklashda ko‘rinadi. Tarixiy tilshunoslikda ichki tiklash metodi 
yordamida so‘z va ularning shakllaridagi fonetik va semantik o‘xshashliklari aniqlanadi va ular bir o‘zakdan 
paydo bo‘lganli-gi taxmin qilinadi. 
Tavsif qilish metodi tildagi turli hodisa va ma`lumotlarni, uning sathi va birliklarini izohlab beradi. 
Bu metod yordamida turli tillarning fonetika va stilistikasi sharhlab beriladi. 
Qiyosiy metod - tillarning qarindoshligini hisobga olmay, ulardagi o‘xshashlik (uni "izomorfizm" 
deyiladi) va farqlanish-larni (uni "allomorfizm" deyiladi) aniqlaydi. Bu metodning asosiy vazifasi ikki va 
undan ortiq tillarning sistema va strukturasini turli til bosqichlari bo‘yicha qiyoslashdir. Ba`zan bu metodni 
qiyosiy-tipologik, cho
ғishtirma, kontrastiv, konfronta-tiv nomlari bilan ataydilar. Aslida qiyosiy metod 
tillarni tipologik o‘rganish metodining bir qismi hisoblanadi. Tillar tipologiyasi o‘nlab va yuzlab tillarni 
qiyoslaydi, qiyosiy-tipologik metod ikki yoki uch tilni qiyoslash bilan chegaralanadi. 
Qiyosiy tilshunoslik tillarni tipologik o‘rganishdan farqlanib, bir yo‘la nazariy va amahy 
(lingvodidaktik) vazifalarni qamrab oladi [YUsupov U.K. Teoreticheskie osnov
ғ sopostavitel’noy lingvistiki. 
Tashkent, Fan, 2007, s. 13]. Tillarni qiyoslashda ulardagi kichik sistemada qanday o‘xshashlik va farqlar 
borligini tashqi jihatdan (unli va undoshlar soni, kelishiklar soni kabi) farqlarini topib, so‘ngra ulardagi ichki 
o‘xshash va farqli belgilar aniqlanadi. Odatda ikki tilni qiyoslashni mantiqiy jihatdan binar qiyoslasb deb 
ham yuritila-di. Tillarni qiyoslashda yaxshiroq o‘rganilgan tilni etalon (andoza) qilib olib, unga to‘
ғri 
keluvchi xususiyatlarni ikkinchi tilda topib tahlil qilinadi. Ba`zan esa biror tipologik belgini qiyoslanayotgan 
tillarda aniqlashga harakat qilinadi [Arakin V.D. Sravnitel’naya tipologiya angliyskogo i russkogo yaz
ғkov. 
L.: 1979, s.]. Qiyoslash metodi nazariy va amaliy jihatdan juda foydali bo‘lib, u xorijiy tillarni o‘rganishning 
lisoniy asoslarini yaratishda katta ahami-yatga ega. 
Oppozitsiya - qarama-qarshi qo‘yish, zidlov metodi tildagi birliklarning paradigmatik tasnifi uchun 
qo‘llaniladi. Tildagi barcha birliklar bir-birlariga qarama-qarshi bo‘lib, o‘zaro so‘z, morfema, so‘z birliklari, 
turli grammatik konstruktsiyalarni va gaplarni farqlaydi. Oppozitsiya metodi yordamida tildagi birliklar 
o‘rtasidagi turli qarama-qarshiliklarning umumiy turlarini aniqlash mumkin (bir o‘lchovli - a: b; ko‘p 
o‘lchovli- a: b:c:d: kabi). Bu zidlovlarning a`zolari o‘rtasidagi munosa-batlarni proportsional va 
vakkalangan. privativ (+, - belgisi bo‘yicha), po
ғonali (gradual) (masalan, |i-a|o‘rtada |e|ni "sakrab" o‘tiladi, 
yoki qaratqich kelishigi bilan chiqish kelishi-gi oppozitsiyasi o‘rtasidagi boshqa kelishiklarni tushirib 
qoldirishga asoslangan), teng huquqli (ekvipolent) oppozitsiya (masalan, jp-t||t-k|bir hil belgili: portlovchi, 
jarangsiz) sifatida qaraladi [Bu oppozitsiyalar lisoniy va mantiqiy jihatdan asoslangan. Qarang: Trubehkoy 
N. S. Osnovi fonologii. M.: I960, s. 31-84.]. 
Distributiv metodi (inglizcha distributsiya - taqsimot) yordamida tildagi birlik va elementlarning 
qo‘llanish o‘rinlari va holati tushuniladi. Tildagi biror unli tovushning distributsiyasi uning so‘zning boshi, 
o‘rtasi va oxirida, ur
ғuli yoki urғusiz holatda, ochiq yoki yopiq bo‘ғinda bo‘lishini ko‘rsatadi. Biror 
elementning umumiy distributsiyasi deganda, uning barcha qo‘llanish holatlari va boshqa elnmentlar bilan 
birikib kelishi tushuniladi. 
Odatda to‘rt turli distributsiya farqlanadi: 


61 
1. Ikki elementdan biri uchragan o‘rinda ikkinchisi uchramasa, ular bir-birlariga nisbatan
to‘ldiruvchi distributsiyada bo‘ladi. Masalan, |p,t,k| undosh tovushlari unlilardan oldin, ikki unli o‘rtasida 
so‘z oxirida kelganda, aspiratsiyali, boshqa o‘riniarda, undoshlar biian yonma-yon kelsa, aspira-tsiyasiz 
tovushlar hisoblanadi. Demak, aspiratsiyali |ph,th,kh| tovushlar uchragan o‘rinda aspiratsiyasiz |p,t,k| 
tovushlari uchramaydi. SHu sababli bu tovushlar |p,t,k| fonemalarining ikki turli allofonlari hisoblanadi. 
2. 
Kontrast distributsiya go‘yo zidlovni eslatadi. Bir o‘rinda qo‘llanib, ma`noni farqlashga 
xizmat qiluvchi elementlar kontrast distributsiya deyiladi: tok-pok-nok so‘zlari boshidagi undoshlar kontrast 
distributsiya bo‘lib, shu so‘zlarni farqlaydi. Bunday so‘zlar minimal juftlikdagi so‘zlar deyiladi. So‘z 
boshidagi |p,t,k| tovushlari fonemalarning allofonlaridir. 
3. 
Erkin variatsiya. Bir xil o‘rinda uchrasa ham ma`noni farqlay olmaydigan elementlar erkin 
variatsiyada bo‘ladi. Masalan, o‘zbek tilida |e| unlisi so‘z boshida ochiq (eshik, echki kabi) va boshqa 
hoiatlarda yarim ochiq talaffuz etilishi uning turli variatsiyalarini ko‘rsatadi. Bu distributsiya ba`zan 
ekvivalent (muqobil) distributsiya deb ataladi. 
4. 
Qisman ekvivalent distributsiya ikki turli element bir o‘rinda ba`zan ishlatilishi, lekin 
ma`noni farqlay olmasligi bilan izohlanadi. Masalan, "taroq" so‘zi |taroq| va |taro
ғ|, "cholғu" so‘zi |cholғu| va 
|chal
ғu| kabi talaffuz etilishi shu so‘zlarning ma`nolarini farqlamaydi. Aslida esa, talaffuzda almashilgan 
tovushlarning har biri turli fonemalarning allofonlaridir. 

Download 0,61 Mb.
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   56




Download 0,61 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti

Download 0,61 Mb.
Pdf ko'rish