60
vositasida ifodalanadigan tushunchalar tildagi so‘zlar va gaplardan ko‘ra kuchliroq mazmunni bera olishi
mumkin. Paralingvistik vositalar milliy, shaxsiy, diniy, psixologik, etnik, urf-odat va madaniyat bilan bo
ғliq.
2.
Tilshunoslik metodlari. Tilshunoslikda metodologiya, metod
va metodika tu-shuncha va
terminlari farqlanadi. Metodologiya - (grekcha methodos - bilish yo‘llari, ilmi) qanday nazariya va prinsiplar
asosida ilmiy tadqiq qilish poydevorini yaratishdir.
Metod - har bir fan uchun xususiy va barcha fanlar uchun umumiy bo‘lgan (masalan, qiyoslash
metodi), manbaqlarni to‘plash va tasnif qilish, ulardagi eng asosiy xususiyatlarni o‘rganish uchun tildagi
barcha birliklar, sathlar va rivojlanish jarayonlarini, o‘zgarishlarni bilish va aniqlash uchun qo‘l7 lanadigan
uslub va yo‘llar majmuidir. Metodika - ilmiy metod natijasida aniqlanganlarni amalda tadbiq etishdir. SHu
mazmunda xorijiy tillarga o‘rgatish ham o‘z metodikasiga ega. Ularni interaktiv metodika, tarjima vositasida
tilga o‘rgatish metodikasi va hakozalar deb ataladi.
Endi tilning turli bosqichlarini o‘rganishda qo‘llanadigan metodlarni izohlab chiqamiz.