48
(so‘z tartibi, bo
ғlovchi, ko‘makchi va boshqalar) yordamida ifodalanadi. Ingliz, frantsuz, fors kabi
tillar mana shunday tillardir.
Analitik tillarga roman tillari, Daniya, yangi grek va boshqa tilar kiradi.
4. Sintetik tizimdagi tillar. Sintetik tillarda grammatik ma`no qo‘shimchalar orqali, ya`ni
so‘zning tarkibida ifodalanadi. Masalan, rus tilida
knigu so‘zi leksik ma`nodan tashqari bir necha
grammatik ma`nolarni ham ifodalaydi (vinitel’niy padej, birlik va jenskiy rod).
Sintetik (grekcha
sintetikos – biriktirish, birikish ma`nolarini anglatadi) tillarga qadimgi
hind-evropa tillari, hozirgi Litva, slavyan, nemis tillarining ko‘pchiligi kiradi.
Sof analitik va sof sintetik tillar bo‘lmaydi. Mas., budu pisat’, budesh’ pisat’, budut pisat’,
budem pisat’ – pishu, pishesh, pishet, pishut kabi.
5. Polisintetik tillar. Bu tillarga amerika hindulari tili, chukot, koryak va boshqa tillar kiradi.
Bu tillarning asosiy morfologik xususiyatlari – ega, aniqlovchi, to‘ldiruvchi va holni ifodalab
kelgan so‘zlar fe`l bilan birikib, murakkab tarkibli qo‘shma so‘z shakliga o‘xshash gap hosil
qilishidir. Bunda gap boshida ega, oxirida kesim; to‘ldiruvchi, hol, aniqlovchilar esa ega bilan
kesimning o‘rtasida keladi. Mas., chukot tilida:
t’mayn’valmnark’nmen – men (t’), katta (mayn),
pichoqni (vala), charxlayapman (mnarkan);
ti-ata-kaa-nmi-rkiin - men semiz bu
ғularni
o‘ldirayapman.
12-ma`ruza: TILNING TASHQI VA ICHKI JIHATI