40
Ta`rifdan ma`lum bo‘layaptiki, tilshunoslik taraqqiyotining hozirgi bosqichida sintaksisning
o‘rganish ob`ekti faqat gap deb emas, gapdan katta birliklar ham qaralmoqda. Bunda xat boshi,
murakkab sintaktik butunlik (fikran, ayni vaqtda leksik, grammatik va boshqa til vositalari
yordamida o‘zaro bo
ғlangan mustaqil gaplar gruppasi), tekst kiritilayapti. Bu hol sintaksisning
tekshirish ob`ektini yana ham kengaytiradi.
Til sintaktik qurilishining asosiy xususiyatlaridan biri-tur
ғunligi bo‘lib, uning rivojlanishi
tafakkur rivojlanishi, jamiyatning kommunikativ ehtiyojlarini rivojlanishi bilan chambarchas bo
ғliq.
Sintaksis tilshunoslikning boshqa yo‘nalishlari bilan ham aloqador. Jumladan, fonetika
bilan. CHunki har qanday til birligi, demak, gap ham nutq tovushlaridan tashkil topgan. Bundan
tashqari ur
ғu, melodika va intonatsiya kabi fonetik hodisalarning ham sintaksis uchun ahamiyati
juda kattadir.
Morfologiya va sintaksis bir-birlarini to‘ldiruvchi sohalardir. Morfologiyaning birliklari
bo‘lgan so‘z shakllari so‘z birikmalari va gaplarda shakllanadi. Gap bo‘laklari bilan so‘z turkumlari
orasida o‘zaro yaqin munosabat mavjud.
Kelishik, son, shaxs kabi morfologik kategoriyalar, yordamchi so‘zlar sintaksis uchun
xizmat qiladi.
Sintaksis leksikologiya bilan ham bo
ғliq. Tildagi so‘zlar grammatika ixtiyoriga o‘tib, o‘zaro
sintaktik munosabatga kirishib ma`lum fikr ifoda qiladi. Kishilarning fikr almashuvi uchun xizmat
qiladi.
Sintaksis quyidagi qismlardan iborat:
1.Sodda gap sintaksisi.
2.Murakkablashgan gap sintaksisi.
3.Qo‘shma gap sintaksisi.
4.O‘zga gap sintaksisi.
5.Gapdan katta birliklar sintaksisi.