I. O‘quv faninng dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o‘rni




Download 404.7 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana17.10.2023
Hajmi404.7 Kb.
#88194
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
83590 (1)
ШАХСИЙ РЕЖА KITOBCHA, истиқболли режа З.Бозоров, Informatika 7-sinf. 1-Mavzu axborot tushunchasi va bilish haqid, AXBOROT TUSHUNCHASI VA BILISH HAQIDA, 7-sinf, Ta`lim muassasasi menejmenti Reja, Pedagogik mahorat. Mavlonova, Sinfdan tashqari o‘qish uchun mavzular bo‘yicha badiiy asarlar ro‘yxatini tuzish, TUG’ILISH DAVRI INQIROZI, 6277 403 5112000-Жисмоний маданият узбек 2021, “Bir million dasturchi”, 1-mavzu amaliy hemis, 8742dd91-7cd2-429e-adb3-a15c062acb18, 270dc967-8e4e-40e0-8914-aa118f3de539, kerio-control-userguide
I. O‘quv faninng dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o‘rni 
 
O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2016-yil 13-maydagi 
“Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetini 
tashkil qilish to‘g‘risida”gi farmoni (PF-4947) mazmunidan kelib chiqqan holda 
turkiy tillarning fonetik, leksik, grammatik xususiyatlarini yoritish, turkiy tillarning 
morfologik, tipologik o‘ziga xosliklarini umumlashtirish, elementar va kompleks 
morfologik birliklarni ajratish; turkiy tillarning umumtaraqqiyot va xususiy 
taraqqiyot bosqichlarini o‘rganish, turkiy tillar tasnifi, tasniflashdagi asosiy 
mezonlarni aniqlash; turkiy tillarning shakllanishi, oltoy tillari orasidagi o‘rnini, 
turkiy tillarning mo‘g‘ul, tungus-manchjur, ugor-fin tillari bilan munosabatini 
yoritish; turkiy tillarni tasniflashda fonetik, geografik, etnik tarkib mezonlarining 
mohiyatini belgilash o‘zbek tili taraqqiyot qonuniyatlarini yoritishda dolzarbligini 
saqlab qolmoqda. 
 
II. O‘quv fanining maqsadi va vazifasi 
 
Fanni o‘qitishning maqsadi turkiy tillarning grammatik xususiyatlarini 
fonetik, leksik xususiyatlarni qamragan holda yoritish, turkiy tillarning morfologik, 
tipologik o‘ziga xosliklarini ajratish, umumlashtirish, turkiy tillarning 
umumtaraqqiyot va xususiy taraqqiyot bosqichlarini o‘rganish, umumtaraqqiyot 
bosqichiga oid xususiyatlarning hozirgi turkiy tillarda ifodalanish darajasini 
belgilashdan iborat. 
Fanni o‘qitishning vazifalari turkiy tillar tasnifini, fonetik, leksik, morfologik, 
tipologik o‘ziga xosliklarini qiyosiy planda yoritish, turkiy tillarning 
umumtaraqqiyot bosqichi hamda keyingi taraqqiyot xususiyatlarini o‘rganish, shu 
asosda 
turkiy 
tillarga 
xos 
fonetik, 
leksik, 
grammatik 
xususiyatlarni 
umumlashtirish, qadimgi grammatik shakllarni, leksik birliklarni aniqlashdan 
iborat. 
Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga quyidagi 
talablar qo‘yiladi. Talaba: 
– “Turkiy tillar qiyosiy-tarixiy grammatikasi” fanining predmeti, obyekti, 
maqsadi, vazifalari va metodlari, turkiy tillar fonetikasi, leksikasiga
grammatikasiga oid nazariy va amaliy masalalar, turkiy tillar oilasiga mansub tillar 
va ularning joylashish hududi, turkiy tillarning grammatik xususiyatlarini 
qiyoslash, 
fonetik, 
leksik 
xususiyatlari, 
umumtaraqqiyot 
bosqichidagi 
xususiyatlarning hozirgi turkiy tillar grammatik tizimida aks etish darajasi; turkiy 
tillarning agglyutinativ tabiati, turkiy tillarning morfologik kategoriyalari; sintaktik 
kategoriyalar haqida tasavvurga ega bo‘lishi; 
–Turkiy tillar grammatikasini o‘rganishda qiyosiy-tarixiy metodni 
qo‘llashni, diaxron va sinxron aspektda tahlil qilishni, turkiy tillarda so‘z yasash 
tizimini; morfologik qayta bo‘linishni; etimologik tahlillarni, turkiy tillar 
grammatikasiga oid nazariy ma’lumotlarni bilishi va ulardan foydalana olishi; 


– Turkiy tillar qiyosiy-tarixiy grammatikasining turkiy tillar shakllanishi va 
keyingi taraqqiyot bosqichlarini tahlil qilishdagi ahamiyatini asoslash, til birliklari 
va nutq birliklarining turkiy tillarga xos grammatik munosabatini tahlil qilish, 
qadimgi davrlarga xos tarixiy shakllarning hozirgi turkiy tillardagi ko‘rinishlarini 
farqlash, 
leksemalarning 
fonetik, 
semantik, 
grammatik 
strukturasidagi 
o‘zagarishlarni aniqlash ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak

Download 404.7 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 404.7 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



I. O‘quv faninng dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o‘rni

Download 404.7 Kb.
Pdf ko'rish