• 1. Kesim tobe gapli qo`shma gap
  • Qo`shma gapning qismlari orasidagi funksional munosabatlarga ko`ra turlari




    Download 1,36 Mb.
    bet2/5
    Sana23.12.2023
    Hajmi1,36 Mb.
    #127234
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o
    1-Mustaqil ish , science20230331, 0421, MatanalizXL, Amaliyot kundaligi1, 9-amaliyot, shukurova Sitora (копия), Benefits of studying abro, 1665042043033, 1665047103685, 78797888, komp3m, 7-labaratoriya. Mavzu Cisco Packet Tracer dasturida Statik va D-www.fayllar.org, 1 MOLIYAVIY NAZORAT TURLARI VA ULARNI SAMARALI TASHKIL ETISH YO’LLARI (1)
    Qo`shma gapning qismlari orasidagi funksional munosabatlarga ko`ra turlari. 
    Bu tasnifda qo‘shma gap tarkibidagi gaplar bir-biriga qanday sintaktik munosabatda ekanligi nazarda tutiladi. Qismlari orasida funksional munosabatiga ko‘ra qo‘shma gap har xil bo‘ladi. So‘z qo‘shilmasida, uyushiq bo‘lakda bo‘lgani kabi, gap orasidagi munosabat tenglik (birikish, zidlanish, ayirish) yoki tobelik tabiatida bo‘lishi mumkin. Tenglik munosabati ko‘p holatda faqat ohang bilan bog‘langan qo‘shma gap, yuklama bilan bog‘langan qo‘shma gap esa teng bog ‘lovchilar vositasida bog‘langan qo ‘shma gap orasida ko‘riladi. Bog‘lovchi va yuklamaning ma‘nosiga ko‘ra qo‘shma gap tarkibiy qismlari orasidagi munosabat:

    a)mo‘tadil birin-ketinlik:Bahor boshlandi, dalada ishlar qizidi. Bahor boshlandi va dalada ishlar qizidi.

    b)uzilmas birin-ketinlik: Bahor boshlandi-yu, dalada ishlar qizidi;
    d)ayiruv: Goh yig‘ladi, goh kuldi;
    e)zidlov:Keldi,lekin gapirmadi. Tortindi, lekin kirdi.
    Qo‘shma gap tarkibiy qismlari orasida tobelik aloqasi mohiyatan so‘z birikmasi tarkibiy qismlari orasidagi hokim-tobelik munosabati bilan o`xshash. Farq shundaki, bunda tobe qism ham, hokim qism ham alohida gap bilan ifodalanadi. Bu masala tilshunosligimizda «Ergash gapli qo`shma gaplar» mavzusi doirasida chuqur va atroflicha o`rganilgan.
    Gap bo`laklariga muvofiq ravishda bunday qo`shma gaplar 5 turga ajratiladi.
    1. Kesim tobe gapli qo`shma gap: Meni hayratda qoldirgan narsa shuki, qiz juda og`ir yarador bo`lishiga qaramay jilmayar edi. (Oyd.)
    2. Ega tobe gapli qo`shma gap: Kim birovga chuqur qazisa, unga o `zi yiqiladi. (Maqol.)
    3. Hol tobe gapli qo ` shma gap: Yomg `ir aralash qor yog `ib turgan bo`lsa ham, u negadir shoshilmas, xayol bilan band edi. (O.Yoq.)
    4. To`ldiruvchi tobe gapli qo`shma gap: Shunga erishishimiz kerakki, ayollar hayotning har bir sohasida erlar bilan teng bo `lsin. (A.Qah.)

    Download 1,36 Mb.
    1   2   3   4   5




    Download 1,36 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Qo`shma gapning qismlari orasidagi funksional munosabatlarga ko`ra turlari

    Download 1,36 Mb.