• Mavzuni mustahkamlashga doir topshiriqlar. 1-topshiriq. Savollarga javob bering. Qo‘shma gaplar deb nimaga aytiladi Qoʻshma gap
  • Sodda gaplar bilan qo‘shma gaplar orasidagi farq nimada deb o‘ylaysiz
  • Aniqlovchi tobe gapli qo`shma gap




    Download 1,36 Mb.
    bet3/5
    Sana23.12.2023
    Hajmi1,36 Mb.
    #127234
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o
    1-Mustaqil ish , science20230331, 0421, MatanalizXL, Amaliyot kundaligi1, 9-amaliyot, shukurova Sitora (копия), Benefits of studying abro, 1665042043033, 1665047103685, 78797888, komp3m, 7-labaratoriya. Mavzu Cisco Packet Tracer dasturida Statik va D-www.fayllar.org, 1 MOLIYAVIY NAZORAT TURLARI VA ULARNI SAMARALI TASHKIL ETISH YO’LLARI (1)
    5. Aniqlovchi tobe gapli qo`shma gap: Umrlar bo`ladiki, tirigida o`likdir. Umrlar bo`ladiki, mangulikka tirikdir. (M.Shayx.)
    Shuni alohida ta`kidlash lozimki, bu tasnif ma`no bilan bog`liq bo`lganligi sababli bir qo`shma gapning o`zi xilma-xil tasnif etilishi mumkin.
    Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, qo‘shma gaplar mazmunni to‘la-to‘kis ifodalash bilan bir qatorda, turli xil uslubiy jilokorlikni aks ettiradi. Qo‘shma gaplarni o‘rinli qo‘llay olish fikr mazmunini anglashga yordam beradi.


    Mavzuni mustahkamlashga doir topshiriqlar.
    1-topshiriq.
    Savollarga javob bering.
    Qo‘shma gaplar deb nimaga aytiladi?

    Qoʻshma gap — tuzilishiga koʻra sodda gapga oʻxshash ikki va undan ortiq predikativ birlikning intonatsiya va mazmun jihatidan bir butunlik hosil etishi bilan yuzaga keluvchi gap; gapning struktural jihatdan alohida bir turi

    Sodda gaplar bilan qo‘shma gaplar orasidagi farq nimada deb o‘ylaysiz?

    Qoʻshma gap tuzilishi va qurilish materialiga koʻra sodda gapdan farq qiladi. Qoʻshma gapning qurilish materiali sodda gaplardir. Sodda gap bitta predikativ asosdan, qoʻshma gap esa ikki va undan ortiq predikativ asosdan tashkil topadi. Bir qancha turkiy tillarda, jumladan, oʻzbek tilida, qoʻshma gaplar qanday mazmun munosabatlarini ifodalashi, grammatik belgilari, tuzilishi va intonatsiyasiga koʻra 3 asosiy turga boʻlinadi: bogʻ-lovchisiz qoʻshma gap, bogʻlangan qoʻshma gap, ergashgan qoʻshma gap.



    c)Qo‘shma gaplarga misollar ayting.
    1.”Bahor keldi va gullar ochildi“. “Dilafroʻz chindan ham oʻzgargan. Ammo oʻktam kulgusi, quralay koʻzlarining kibrona boqishi oʻsha-oʻsha edi“ (Oʻ.Hoshimov).
    2.”Bir kuni koʻchada ketayotsam, Umri bir bosh uzum koʻtarib kelyapti“ (A.Qahhor)
    3.”Dilafroʻz chindan ham oʻzgargan. Ammo oʻktam kulgusi, quralay koʻzlarining kibrona boqishi oʻsha-oʻsha edi“ (Oʻ.Hoshimov).

    d)Qo‘shma gaplarning qismlari orasidagi funksional munosabatiga ko‘ra turlari haqida ma‘lumot bering.
    Bu tasnifda qo‘shma gap tarkibidagi gaplar bir-biriga qanday sintaktik munosabatda ekanligi nazarda tutiladi. Qismlari orasida funksional munosabatiga ko‘ra qo‘shma gap har xil bo‘ladi. So‘z qo‘shilmasida, uyushiq bo‘lakda bo‘lgani kabi, gap orasidagi munosabat tenglik (birikish, zidlanish, ayirish) yoki tobelik tabiatida bo‘lishi mumkin. Tenglik munosabati ko‘p holatda faqat ohang bilan bog‘langan qo‘shma gap, yuklama bilan bog‘langan qo‘shma gap esa teng bog ‘lovchilar vositasida bog‘langan qo ‘shma gap orasida ko‘riladi. Bog‘lovchi va yuklamaning ma‘nosiga ko‘ra qo‘shma gap tarkibiy qismlari orasidagi munosabat:
    1)mo‘tadil birin-ketunlik:
    2)uzilmas birin-ketinlik;
    3)ayiruv;
    4)zidlov.



    Download 1,36 Mb.
    1   2   3   4   5




    Download 1,36 Mb.