Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat




Download 1,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/63
Sana18.12.2023
Hajmi1,46 Mb.
#122088
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   63
Bog'liq
H.Dadaboyev. O\'zbek terminologiyasi (1)

Asosiy tushunchalar: leksik fond, umumadabiy leksika, 
terminologik leksika, xoslanmoq, maxsus tushuncha, maxsus ma’no, 
dastlabki ma’no, transterminlashuv, denotat, nominativ-denotativ vazifa
Terminologiyaning shakllanish va taraqqiy etish jarayoni tilga xos 
so‘z yasalishi qonuniyatlari hamda tilning leksik fondi asosida sodir bo‘ladi. 
Umumiste’molga oid leksikaning terminlashuvi voqeasi tarixiy hisoblanadi. 
Bu hodisa til va terminologiya orasidagi ikki tomonlama munosabatning 
mavjudligini ko‘rsatadi. Mazkur jarayon shuningdek, umumadabiy leksika 
va terminologik leksika o‘rtasidagi jips aloqalarda yaqqol namoyon bo‘ladi. 
Umumadabiy so‘zlar so‘zlashuv tili, dialektlar, lahjalar va sotsial 
jargon, argolarning leksik boyligi va meyorini tashkil qiladi. Ayni zamonda, 
umumxalq so‘zlari har qanday milliy til terminologiyasini hamisha to‘ldirib, 
kentaytirib boruvchi manbalardan biri tarzida e’tirof etiladi. 
Umumadabiy so‘zlarning terminologik leksika tizimiga ko‘chishi, 
ya’ni transterminlashuv (Ismailov 2011)ning ikki turi mavjudligi aniqlangan: 
terminologiyaga ko‘chgan umumadabiy leksik birliklarning ma’lum 
qismi o‘z ma’nosini saqlab qolgan holda ishlatiladi: ildiz, suv, shamol, 
dengiz, daryo, oy, quyosh, bug‘doy, tol, uzum, shimol, janub, yer, ayg‘ir, 
baliq va h.k. Bu o‘ta keng qamrovli leksika qatlami bo‘lib, mavzu jihatdan 
jamiyat, inson, tabiat, ekologiya, hayvonot (fauna) va o‘simlik dunyosi 
(flora) bilan mustahkam aloqaga kirgan. Qayd etilgan so‘zlar keng 
umumadabiy hamda o‘z navbatida, tor, maxsus sohaga taalluqlidir. Mazkur 
so‘zlarning ifodalanuvchisi va ifodalovchisi turli sohalarda mos tushadi, 
ammo ular ma’no obyekti, axborot ko‘lami, mazmun-ma’no turi bilan 
farqlanadi (Danilenko 1977; 23). 
Umumadabiy leksikaning boshqa bo‘lagi yuz bergan ma’noviy 
o‘zgarish oqibatida terminlar safiga o‘tadi. Qoidaga ko‘ra umumadabiy 
tildan terminologik tizimga olingan so‘zlar muayyan ilmiy tushunchani 
ifodalash uchun xoslanadi, ilmiy termin maqomiga ega bo‘ladi.
Masalan, o‘zbek tili texnik terminologiyasi tizimida detallar, 
mexanizmlar, mashina qismlari hamda turli buyum-asboblarni anglatish 
uchun xoslangan ko‘z, oyoq, qadam, barmoq, qo‘ltiq, to‘siq, qobirg‘a, 
og‘iz, tirnoq, quloq, pichoq, quti, taroq, qozon, qoshiq, panja, musht, tuynuk, 
til, tish singari so‘zlar talay miqdorni tashkil qiladi. Ilmiy matnlarda bu 
so‘zlar o‘zlarining birlamchi (denotativ) ma’nosini yo‘qotib, yakka ma’noli 
ilmiy terminga aylanadi.


27
Ushbu maxsus tushunchalarni atash usuli an’anaviy, obyektiv 
hamda juda sermahsul hisoblanadi. 
Yangi terminlarni hosil qilish hisobiga mavjud ehtiyojlarni 
qondirish mushkul kechgan hollarda majburiy chora sifatida til lug‘at 
fondidagi so‘zlarga murojaat etiladi (Danilenko 1977; 23). Mazkur guruha 
tegishli so‘z-ot va termin-otlar har xil denotatlarni ifodalashi bilan o‘zaro 
farq qiladi. Ba’zi bir leksik birliklar misolida maxsus ma’noning shakllanish 
jarayonini kuzatish mumkin. 
Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” asarida čanaq 
so‘zi 1) o‘yib yasalgan kichik hajmdagi yog‘och idish; 2) kosa, tovoq, 
lagancha ma’nolarida qo‘llanagan (DTS 1969; 138). Bu leksema eski o‘zbek 
adabiy tilida “ hayvonlar suv ichadigan idish”(ANATIL,III,1984;450) 
ma’nosini anglatgan. Fanning keyingi rivoji bosqichlari davrida 
kuzatilayotgan so‘z tibbiyot terminologiyasi tizimiga maxsus ma’noni 
ifodalovchi termin sifatida kirgan hamda “tos suyagi, dumg‘aza suyagi” va 
“kosasimon o‘yiqli suyak” ma’nolarini ifodalashga yo‘naltirilgan . 
Yuqorida qayd etilgan vaziyatda hozirgi o‘zbek adabiy tilida 
o‘zining dastlabki ma’nosini yo‘qotgan umumiste’mol so‘z ma’nosidan 
metaforik ko‘chim asosida maxsus terminning yasalish jarayoni yaqqol 
namoyon bo‘ladi. Chunonchi, chanoq tibbiy termini quyidagi sintagmatik 
birikmalar tarkibida faol qo‘llanishi bilan diqqatni tortadi: katta chanoq 
(«taz bolshoy»), bolalar chanog‘i («taz detskiy»), infantil chanoq («taz 
infantilniy»), kichik chanoq («taz maliy»), karlik chanoq («taz karlikoviy»), 

Download 1,46 Mb.
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   63




Download 1,46 Mb.
Pdf ko'rish