• Ряд1; turk; 370; 23% Ряд1; uygur; 348; 22% Ряд1; ozbek; 390; 25% Ряд1; qirgiz; 244; 15%
  • Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat




    Download 1,46 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet12/63
    Sana18.12.2023
    Hajmi1,46 Mb.
    #122088
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   63
    Bog'liq
    H.Dadaboyev. O\'zbek terminologiyasi (1)

    qamal, yurish, kechuv, ko‘rik, pistirma, qo‘shin (eski shakli: qo‘shun), 
    ilg‘or, soqchi, qorovul, ayg‘oqchi, to‘pchi, dengizchi, chopar, mergan, 
    qochoq va h.k.; 2) qurol-yarog‘ va aslahalar nomini anglatuvchi to‘p, qurol-
    yarog‘, kema, o‘q, qo‘ndoq, qalqon, sol, kiyim, quloqchin va h.k.; 3) urush, 
    tinchlik, g‘alaba, mag‘lubiyat, sulh, ta’qib kabi mavhum ma’noni 
    ifodalovchi leksik birliklar oiddir. 
    Tarixiy qadimiyligi bir necha yuz yillar bilan o‘lchanuvchi 
    zoologik terminologiya ham hozirgi kunlarga qadar ma’lum sondagi 
    so‘zlarni tizimida asrab qolishga muvaffaq bo‘lgan. Sinchkovlik bilan 
    qilingan tahlilga muvofiq XI-XIV asr eski turkiy til yozma obidalari tilida 
    qo‘llangan 432 ta zoonimning 365 tasi asl turkcha, 33 tasi forscha-tojikcha, 
    26 tasi arabcha, 5 tasi mo‘g‘ulcha, 3 tasi esa hind-yevropacha ekanligi 
    aniqlangan. 
    Ряд1; turk; 
    370; 23%
    Ряд1; uyg'ur; 
    348; 22%
    Ряд1; o'zbek; 
    390; 25%
    Ряд1; qirg'iz; 
    244; 15%
    Ряд1; qozoq; 
    230; 15%
    Ряд1; ; 0; 0%
    turk
    uyg'ur
    o'zbek
    qirg'iz
    qozoq


    22
    Sof turkiy 365 zoonimlar tub (158) hamda yasamalarga (207) 
    taqsimlanadi. Yasama zoonimlarning 132 tasi morfologik, 59 tasi sintaktik
    5 tasi esa semantik yo‘l bilan hosil qilingan. Chunonchi, to‘ng‘iz, bo‘rsiq, 
    biya, kiyik, quyon, shunqor, g‘oz, o‘rdak, burga, qo‘ng‘iz, ot, tovuq singari 
    talay leksik birliklar hozirgi o‘zbek zoologik terminologiyasi tarkibida faol 
    qo‘llanmoqda ( Abdushukurov 1998; 1).
    VII-XIV asrlar yozma yodgorliklari matnlarida qayd etilgan elchi, 
    elchilik, elchixona, yorliq, sulh, sulhnoma, xabar, josus, tashrif, ijozat, 
    qabul, noma, muhr, dushmanlik, nishon va boshqa asl o‘zbekcha (turkiy) 
    hamda o‘zlashma so‘z va so‘z birikmalari zamonaviy o‘zbek diplomatik 
    terminologiyasi tizimida keng ishlatilmoqda ( Dadabayev 1994 ;4-13.).
    Ayni chog‘da, hozirgi o‘zbek diplomatik terminologiyasi taraqqiyotini 
    uning tarkibiga kirib kelayotgan, bugungi jahon diplomatiyasi sohasida 
    mavjud tushuncha va mazmunlarni ifodalovchi leksemalarsiz tasavvur qilib 
    bo‘lmaydi. Hozirgi o‘zbek diplomatik terminologiyasi genetik jihatdan 
    turli-tumandir. Uning safida azaldan qo‘llanishda bo‘lgan umumturkiy 
    terminlar qatori, sharq va Yevropa (rus, ingliz, nemis) tillaridan turli 
    zamonlarda kirib kelgan o‘zlashmalar ham o‘z aksini topgan. “O‘zbek 
    tilining izohli lug‘ati” materiallari asosida qilingan statistik tahlil diplomatik 
    terminlarning umum o‘zbek adabiy tilida qo‘llanish darajasi chastotasining 
    pastligini ko‘rsatdi. Xususan, nomi tilga olingan izohli lug‘atdan o‘rin olgan 
    60.000 so‘zlarning bor-yo‘g‘i 410 tasi, yani 0,7% ini diplomatik terminlar 
    tashkil qiladi, xolos ( Abdullayeva 2003;160).
    Ma’lumki, juda qadim zamonlardan insonlarning vaqtni aniqlash, bir 
    makondan boshqa joyga harakat qilish, sayohatlarga borish ehtiyoji 
    natijasida osmon va undagi jismlar, sayyoralar ,yoritqichlar harakatini 
    o‘rganuvchi maxsus fan, ya’ni astronomiya shakllangan. Astronomiya 
    fanining asrlar mobaynidagi taraqqiyoti natijasida ushbu sohaga tegishli 
    terminologik mikrotizim shakllandi.
    Hozirgi o‘zbek tili astronomik terminologiyasi tizimi X-XIV 
    asrlardan e’tiboran muomalaga kirgan nujum ilmi (astrologiya), munajjim 
    (astrolog), yulduz, sayyora, usturlob, Hulkar, Arslon, burj, Qovg‘a, Yetagan 
    (Katta Ayiq), Cho‘lpon (Venera), Mushtariy (Yupiter) singari qadimiy 
    astroponim (kosmonim)larni saqlab qolishga erishgan ( Dadabayev 1994; 
    32-43). 


    23
    Astronomiya va kosmonavtika fanlarining so‘nggi vaqtlarda jadal 
    rivojlanishi,tabiiy, o‘z ifodasini hozirgi o‘zbek adabiy tili so‘z boyligida 
    ham topdi. 
     Uran, Neptun, Pluton, asteroid, Ulug‘bek asteroidi, Osiyo asteroidi
    Galley kometasi, Neuymin kometasi, selenonim, Kirill krateri kabi 
    astroponimlar ilmiy va ilmiy-ommabop nashrlarda faol ishlatilmoqda, 
    darslik, qo‘llanma hamda turli xarakterdagi lug‘atlarda qayd etilmoqda ( 
    Primov 2009). 
    Xulllas, genetik ko‘rinishi 
    nuqtai nazaridan o‘zbek tilida 
    qo‘llanuvchi terminlar: a) terminologiya tizimiga tayyor til birligi sifatida 
    qabul qilingan so‘zlar; b) maxsus nom tarzida yasalgan so‘zlarga 
    taqsimlanadi. Bunday ko‘rinishni muayyan lisoniy hodisa va vaziyatlarning 
    mahsuli, deb baholash kerak bo‘ladi. 
    Tarixiy manbalarda muayyan narsa-predmet, tushunchani 
    ifodalashda ba’zan sinonimik qatorlarning ishtirok etgani kuzatiladi. 
    Masalan: bek-amir, tuman-nohiya, o‘ng qo‘l-burang‘ar, mang‘lay – 
    hiravul, yalavach-rasul-qosid va h.k. Terminologiyadagi sinonimlar 
    o‘zgacha tabiat va boshqa funksiyalarga ega bo‘lgani bois (stilistik 
    vazifa bajarmaydi) ayrim tilshunoslar tomonidan dubletlar deb 
    nomlanadi (Reformatskiy 1987.91). Sinonimiya (variantdorlik) 
    terminologik sistema shakllanishining boshlang‘ich davrlariga xos, bu 
    davrda variantlar miqdoran ko‘p bo‘lib, eng maqbul terminni tanlash 
    hodisasi hali reallashmagan edi (Danilenko, 1977,73). 

    Download 1,46 Mb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   63




    Download 1,46 Mb.
    Pdf ko'rish