Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat




Download 1,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/63
Sana18.12.2023
Hajmi1,46 Mb.
#122088
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   63
Bog'liq
H.Dadaboyev. O\'zbek terminologiyasi (1)

čï,
yulduz-
čï, čerig-
či, tura-lïq, jibä-lik, kejim-lik va h.k; 
Fe’l –o‘zaklardan ot-terminlar hosil qiluvchi affikslar: pus-uğ, 
ből-äk//ből- űk, yur-uš, čap-qun, quv-ğun//qav-ğun, yasa-vul, tosqa-
vul, tata-vul, nikä-vűl, yasa-l, qaba-l, tunqa-l, suyurğa-l, yasa-q, 
tolğa-ma, yasa-v, bašla-maq va h.k.; 
Ot(ism)lardan fe’l-terminlar yasovchi affikslar: yağï -la-, oq-la, 
čerik-lä -, jibä-län-, qïlïč-lan-, at-lan-, ya-la-//yay-la- va h.k.; 
Fe’l-o‘zaklardan fe’l-termin hosil qiluvchi qo‘shimchalar: 
sava-š -, ur-uš -, tala-t-, evr-il-, yïğ-ïl-, bas- ïl-, qïr- ïl-, yïğ-ïštur-, 
bas-tur-, qač-ur, tűš-űr-, tut-ul- va h.k. 
Terminlarning sintaktik (kompozitsiya) yo‘l bilan yasalishiga 
tubandagi faktik materiallar misol bo‘ladi: kőkteműr “zirh, sovut”, 
kučaband “to‘siq, g‘ov, barrikada”, yatïš tavačïsï  “askarlarni yotoq 
bilan ta’minlovchi harbiy mansab egasi”, uluğ uruš  “dahshatli jang”,  
divanbegi “devonbegi”, onbegi “o‘nbegi”, yuzbašï “yuzbashi”, 
miƞbegi “ming askardan iborat harbiy qism sarkardasi” tűmänbegi 
“o‘n ming kishidan tashkil topgan qism, diviziya qo‘mondoni”, 
qošunbegi “kichik harbiy bo‘linma boshlig‘i” va h.k. 
XIX asrning ikkinchi yarmi - XX asr boshida o‘zbek adabiy tili 
xalq turmush tarzida alohida, o‘zga xos o‘rinni egalladi. Bu davr 
adabiy tili va uslubida jiddiy va muhim jarayonlar yuzaga keldi.
Ushbu jarayonlar o‘zbek xalqi hayotida sodir bo‘lgan ijtimoiy-siyosiy 
munosabatlarning o‘zgarishi natijasida maydonga chiqdi. XIX 
asrning 70-yillaridan e’tiboran O‘rta Osiyo Rossiyaga qaram bo‘lib 


35
qoldi. Natijada mahalliy millat vakillari, xususan, ziyolilar orasida rus 
madaniyati ommalasha boshladi. Kapitalistik munosabatlar o‘zbek 
xalqi hayotga o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Ayni davrda keyinchalik 
progressiv-demokratik, deb nom olgan o‘zbek adabiyoti shakllandi. 
O‘zbek tili leksikasi va terminologiyasi uch manba asosida boyib 
bordi: 
o‘zbek tilining ichki imkoniyatlari va qonunlari zamirida 
yuzaga kelgan terminlar: bosmaxona, nizomnoma “ustav”, nishontosh 
“yodgorlik”, yig‘ilish “majlis” va h.k.; 
o‘zbek tili terminologiyasining jonli xalq tili so‘zlari hisobiga 
kengayishi yaqqol namoyon bo‘ldi: bo‘zchi, bezgak, iskaptopar, 
arava va h.k; 
ruscha-baynalmilal terminlarning o‘zbek tilida o‘zlashishi: a) 
ijtimoiy-siyosiy terminlar – uyezd, pristav, soldat, volost, duma va 
h.k.;
b) transport bilan bog‘liq tushunchalarni anglatuvchi terminlar 
– poyezd, vagon, vokzal, stansiya, depo va h.k; 
v) sanoat, tijorat va moliya tizimida qo‘llanuvchi terminlar – 
zavod, fabrika, vistavka, magazin, kredit va h.k.; 
g) madaniyat, fan, maorif sohasi terinlari – gimnaziya, teatr, 
gazeta, muzey, universitet, kafedra va h.k.; 
d) tibbiy terminlar – gospital, lazaret, feldsher, doktor va h.k.; 
ye) hujjat va mukofotlar nomlari – medal, pasport, orden, 
attestat, diplom va h.k.; 
yo) sudlov terminlari – sud, sudya, zakon va h.k.; 
j) o‘lchov birliklari nomi – pud, minuta, sajen va h.k.; 
z) harbiy terminlar – general, korpus, konvoy, kapitan, 
leytenant, polkovnik, mayor va h.k. 
Zikr etilgan o‘zlashma terminlarning muayyan qismi 
keyinchalik ular anglatgan tushunchalarning turmushdan chiqib 
ketgani bois iste’moldan qoldi, ba’zilari esa o‘zbek tili so‘z 
xazinasida mavjud muqobillari bilan almashtirildi, salmoqli qismi esa 
o‘zbek tili terminologiyasi tizimida faol qo‘llanishda davom etdi. 

Download 1,46 Mb.
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   63




Download 1,46 Mb.
Pdf ko'rish