• Asosiy tushunchalar
  • Beshinchi mavzu: Qadimgi turkiy til, eski turkiy til va eski




    Download 1,46 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet18/63
    Sana18.12.2023
    Hajmi1,46 Mb.
    #122088
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   63
    Bog'liq
    H.Dadaboyev. O\'zbek terminologiyasi (1)

    Beshinchi mavzu: Qadimgi turkiy til, eski turkiy til va eski 
    o‘zbek adabiy tili terminologiyasi 
    Reja: 
    1. Qadimgi turkiy til terminologiyasining mavzuiy guruhlari. 
    2.Eski o‘zbek tili terminologiyasining hosil bo‘lish yo‘llari. 
    3.O‘zbek tili terminologiyasining boyish manbalari. 
    Asosiy tushunchalar: adabiy tiltil xususiyatlari, so‘zboylik, runik 
    bitiktoshlar, ijtimoiy-siyosiy terminlar, soliq va boj terminlari,tibbiy 
    terminlar, 
    ekstralingvistik 
    omillar, 
    terminlarning 
    yasalishi, 
    o‘zlashmalar,eski o‘zbek adabiy tili, zoonimlar, anatomik terminlar, 
    astroponimlar.
     
    Turkiy yozma-adabiy tilning dastlabki namunalari sirasiga kirmish 
    qadimgi run bitiklari, shubhasiz, turkiy xalqlar ajdodlariga xos yuqori 
    darajada shakllangan lisoniy madaniyatidan darak beruvchi manba vazifasini 
    o‘taydi. Qadimgi turkiy tilning fonetik-fonologik, morfem-morfologik, 
    leksik-semantik va sintaktik xususiyatlari O‘rxun-Yenisey(Enasoy) tosh 
    bitiklari va epitafiyalarida o‘z ifodasini topgan. Runik obidalar janr nuqtai 
    nazaridan olti guruhga taqsimlanadi: 
    tarixiy–biografik bitiklar: Kultegin, Mo‘g‘ilon (Bilga qag‘an), 
    Kulichur, To‘nyuquq, O‘ngin, Selenga, Sujun, Qorabalg‘asun bitiktoshlari; 


    32
    epitafik bitiklar: Yenisey, Talas, Tuva, Xaqosiya qabr toshlari;
    qoyalar,toshlar va qurilishlardagi (Xo‘yto‘-Temir) bitiklar; 
    diniy matnlar: folkitobi “Folnoma”; 
    Turfondan topilgan yuridik/huquqiy hujjatlar
    ;
    Maishiy narsa-buyumlardagi bitiklar. 
    Runik bitiklar va ilk eski turkiy til obidalari leksikasi tarkibida bir 
    qancha terminologik tizimlarning mavjudligini turkiyshunoslikda olib 
    borilgan izlanish va maxsus tadqiqotlar tasdiqlagan. Xususan, qo‘yidagi 
    mavzui guruhlarga oid terminologik tizimlar bitiklar matnida faol 
    qo‘llangan: 
    Ijtimoiy-siyosiy terminlar tizimi – qağan “Oliy hukmdor, xoqon”, 
    tegin “taxt vorisi, xonzoda”, šad “Turk va Uyg‘ur xoqonligida oliy harbiy-
    ma’muriy unvon”, yabğu “G‘arbiy turk xoqonligi hukmdori”, qatun “ 
    malika”, tudun “nazoratchi”, tutuq “viloyatning harbiy hukmdori”, tarqan “ 
    hokim”, beg “bek, boshliq”, eltäbär “azlarning sarkardasi”, sabčï “elchi”, 
    yolčï “boshliq”, bağa (sug‘d)“unvon, lavozim”, ïšbara (sanskrit) “unvon, 
    mansab” va h.k. 
    Harbiy terminlar – kőrűg “ayg‘oqchi, josus”, ayğučï “harbiy 
    maslahatchi”, sűbašï “sarkarda, lashkarboshi”, yerči “yo‘l ko‘rsatuvchi, 
    qulavuz”, sűƞűš 
     
    “jang, urush”, sűƞűg
     
    nayza”, “lashkar, qo‘shin”, 
    buyruq/buyuruq “farmonbardor”, qïšlaq “qish mavsumi uchun mo‘ljallangan 
    lashkargoh, lager”, qurğan “qo‘rg‘on, istehkom”, barğu “o‘lja”, tegiš 
    “jang”, kedim “sovut; yopinchiq”, yelmä “g‘oratgar askariy guruh”, bulun 
    “bandi, tutqun”, asir (ar.) “tutqun, asir” va h.k. 
    Savdo-sotiq, moliya bilan bog‘liq tushunchalarni ifodalovchi 
    istilohlar: arqïš “savdo-sotiq karvoni”, sat- “sotmoq”, satïğ “savdo-sotiq”, 
    satïğčï “tojir, savdogar”, berim alïm “qarz”, alïm berim “qarz”, otağ “qarz”, 
    otağčï “qarzdor”, ribat “rabot, karvonsaroy”, bergűči “sudxo‘r, qarz 
    beruvchi”, baqïr “pul birligi; mis tanga”, dinar “dinor (oltin tanga) va h.k. 
    Soliq va boj terminlari tizimi – berim “to‘lov”, qabïn “tayyor 
    mahsulot bilan to‘lanadigan soliq turi”, qubčïr “davlat tomonidan 
    fuqarolardan undiriladigan jon solig‘i”, rabjat “qullardan undiriladigan 
    soliq”va h.k. 
    Zoonimlar – buğra “ erkak tuya”, arslan “arslon, sher”, at “ot”, ud 
    “qoramol (buqa yoki sigir), qağatïr “xo‘kiz”, bőri “bo‘ri”, bars “yo‘lbars”, 

    Download 1,46 Mb.
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   63




    Download 1,46 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Beshinchi mavzu: Qadimgi turkiy til, eski turkiy til va eski

    Download 1,46 Mb.
    Pdf ko'rish