28
Terminologik lug‘atlarning salmoqli ulushini tashkil qiluvchi
transterminlar o‘z ifodasini shuningdek izohli, ensiklopedik hamda
tarjima (umumiy va xususiy) lug‘atlarda ham topadi.
Terminologik leksika va umumadabiy leksika o‘rtasidagi
munosabat ikki yoqlama kechadi. Terminlarning umumadabiy leksika
doirasiga o‘tishi ham ikki belgiga ega:
a) bir qism terminlar umumiy kundalik hayotga o‘zlarining
denotativ ma’nosida kiradi –
kompyuter, internet, kosmos, kosmik kema,
kosmik apparat, SMS, bayonnoma, mavze, viloyat, tuman, fermer, birja,
deputat, fakultet, audit, depozit, biznes, megabayt, investor va h.k.;
b) boshqa guruh terminlar tub ma’noviy o‘zgarishlar
bilan
o‘zlashtiriladi. Masalan, botanikada qo‘llanuvchi
bo‘tako‘z («vasilek
priplyusnutiy, vasilek siniy») termini umumadabiy tilda ham “ulkan
chiroyli ko‘zlar” ko‘chma ma’noni, ham katta chiroyli ko‘zli erkak yoki
ayol kishini anglatadi (URSl 1988; 90).
Azaldan
bez anatomik termini umumiy adabiy tilda “o‘jar,
qaysar” insonga nisbatan qo‘llanib keladi (URSl, 1988; 56).
Bo‘ta
zoologik termini umumiy adabiy tilda “”o‘g‘il, bola, o‘g‘lon” majoziy
ma’nosini ifodalaydi (URSl 1988; 90) va h.k.
Bu xildagi terminologik leksikaning umumiy qo‘llanuvchi til
tomonidan o‘zlashtirilishi subyektiv omil hisoblanib, u nutqda
ekspressivlikka oid muayyan ehtiyojni qondirishga qaratilgan bo‘ladi.
Terminologiyada faqat fan tili leksikasi tarkibida o‘zining asl, nominativ-
denotativ vazifasida istifoda etilishi aniqlangan. Ba’zi bir terminlarning
umumadabiy leksikaga suqilib kirishi ( va umumadabiy til lug‘atlarida
qayd
etilishi),
turli
adabiyotlarda
ommabopligi,
yoyilganligi,
qo‘llanuvchanligi ularning adabiy til tomonidan o‘zlashtirilishini
ta’minlaydi (Danilenko 1977;202).
O‘zbek milliy tilining ikki turi
hisoblanmish adabiy til va
dialektlar o‘zaro chambarchas bog‘langan. Ma’lumki, qarindosh turkiy
tillar orasida o‘zbek tili sheva va lahjalarining ko‘pligi va turfaligi
jihatidan yaqqol ajralib turadi. O‘zbek milliy tilining uch mustaqil, ya’ni
– a) qorluq-uyg‘ur; b) qipchoq; v) o‘g‘uz dialektlari zaminida
shakllanganligi ayni haqiqat (Polivanov1933; Doniyorov 1979;
Shoabdurahmonov 1962; Shoabdurahmonov 1976).
O‘zbek tilining leksik boyligi ushbu dialektlardagi so‘zlar
hisobiga asrlar osha to‘lib borgan. Kasb-hunar leksikasi, maishiy leksika,
kiyim-kechak nomlari, qarindoshlik istilohlari,
oziq-ovqat nomlari
bevosita ko‘p sonli shevalarning lug‘at zahirasi yordamida shakllangan.
Chunonchi, geografiyaga xos
arna, bo‘g‘oz, geologiyaga oid
quv va h.k.
so‘zlar shular jumlasidandir. 1100 dan ortiq mahalliy o‘simlik nomlari
o‘zbek shevalari va lahjalari vakillari tilida faol qo‘llanadi. Bular sirasiga
igir, qumarchiq, suvsumbul, ho‘kiztili, g‘ozyaproq, ko‘kmaraz, oqsasir,
randak singari fitonimlarni kiritish mumkin. Keyingi vaqtlarda adabiy
tilga dialektlardan
yelvizak, tangi (tog‘dagi tor so‘qmoq),
sukchak,
29
sinchalak, soz (qamishli botqoq) kabi so‘zlarning
kirib kelishi oddiy
holatga aylandi ( Ishayev 1986,16-17).
Pilla, sizlog‘ich, sachratqi,
qorason, qizilcha, tirsak singari sheva elementlarining tibbiy
terminologiyada tez-tez ishlatilishi kuzatiladi.
Alohida shevaga oid so‘zning adabiy tilga kirish tarixi har
doim
individual, o‘ziga xos bo‘lib, har xil lingvistik va ekstralingvistik
omillarga bog‘liq.
O‘zbek adabiy tili tomonidan otlarning turfa nomlari xalq -
sheva tilidan o‘zlashtirilgan edi. Otlarning nomlanishida ularga xos
belgilar: tashqi ko‘rinish
- qamishquloq, qilich oyoq, echki oyoq va h.k.,
nasl –
laqayi, yovmuti, bayir va h.k., rang turi va tuslar
- bo‘z, qo‘ng‘ir,
chipor, to‘riq, g‘irko‘k va h.k., yosh –
g‘o‘nan, do‘nan, tallon, to‘lon,
kaltatoy va h.k.,
odat, qiliq – gajir, gijing, juyruq va h.k. o‘z in’ikosini
topgan ( Usmonov 1986; 89-910). Ayni shunday holatni o‘zbek
chorvachilik terminologiyasi tizimida ham kuzatish mumkin (O‘rinova
2007).
SHeva elementlarining tanlanishi va o‘zbek
tili terminologik
leksikasi tarkibiga kiritilishining bosh sababi, shubhasiz, adabiy tilda
kerakli ekvivalent so‘zning mavjud bo‘lmasligidir.