33
chipqon”,
ig “dard, kasallik
”, ig ağrïğ “kasallik, dard”,
ig kegän “dard,
kasallik”,
adaq ağrïğ “oyoq og‘rig‘i”,
ağïz ağrïğ ig “og‘iz kasalligi”,
burun
ağrïğ
ig “burun kasalligi”,
boğuz ağrïğ ig “qilizo‘ngach, halqum kasalligi”,
yűräk ağrïğ ig “yurak kasalligi”,
onunč ağrïğ ig “tomog‘ og‘rig‘i kasalligi”,
qulğaq ağrĭğ ig “quloq kasalligi”,
ağrïğčï “kasal, bemor, dardmand”,
tib
“tibbiyot”,
čurnï (sanskrit) “surgi dori” va h.k.
Ma’dan nomlarlarini anglatuvchi terminlar:
altun “oltin, tilla, zar”,
kűműš “kumush”,
teműr “temir”,
baqïr “mis” va h.k.
Dunyo (kurra)ning to‘rt tomoni va vaqt (sutka) o‘lchov birligini
ifodalovchi terminlar tizimi –
kűn ortu 1) “peshin”; 2) “janub”,
tűn ortu 1)
“yarim kecha”; 2) “shimol”,
tűn sarï “” shimol”,
taƞ sarï “”sharq”,
kűn
tuğsïq “sharq, kuntug‘ar”,
kűn batsïq “g‘arb, kunbotar”,
batar “G‘arb”,
tuğar “Sharq” va h.k.
Ilm-fanga oid tushunchalarni
ifolalovchi terminlar: bilig, bilim “ilm,
bilim”,
baqšĭ (xit.) “ustoz, muallim”,
darb, tadif (ar.) “ko‘paytirish”,
qismat,
tansif “bo‘lish”,
adad (ar.) “raqam, miqdor, son”,
kuzur, jazr (ar.) “ildiz”,
misahat (ar.) “chegara, ildiz chiqarish”,
handasa “geometriya”,
saqïš
“arifmetika”,
davat (ar.) “siyohdon”,
kağid (ar.) “qog‘oz”,
xat (ar.) “alifbo,
xat” va h.k.
Diniy tushunchalar nomlari (teonimlar):
bayat “Tangri, Xudo”,
bačaq//bačağ “ro‘za”,
burxan (xit.) “budda; payg‘ambar, but”,
yalabač
//yalavač //yalafar “payg‘ambar”,
savčï
“payg‘ambar” va h.k.
Ekologik terminlar:
sűzűk suv “tiniq, ko‘m-ko‘k suv”,
tärkin suv
“balchiqli suv”,
et yer “yumshoq yer; yumshoq tuproq”,
tatïrlïğ yer “qattiq
yer”,
qarqağ “o‘tsiz va suvsiz joy, qaqroq”,
sarğan yer “sho‘rxok yer”,
sağïz topraq “sog‘ tuproq”,
ačuq kők “ochiq havo” va h.k.
Keltirilgan misollar qadimgi turkiy til terminologiyasining mavzu
nuqtayi nazaridan turfa, miqdor jihatdan ancha ko‘pligi, istilohlarning
asosini asl turkiy so‘zlar tashkil etganini tasdiqlaydi.
Ayni paytda sanskrit,
xitoy, so‘g‘d, arab, fors-tojik tillariga xos o‘zlashmalarning ham o‘rni bilan
qo‘llangani kuzatiladi
O‘rta Osiyoning arablar tomonidan fath qilinishi oqibatida
islom dini, arab tili va madaniyati, arab xati shu mintaqada azaldan
istiqomat qiluvchi xalqlar,
millatlar, qabilalar, qavmlar, urug‘lar
intellektual hayotidan mustahkam o‘rin oldi. Arablar hukmronligidan
keyin eron madaniyati, ayniqsa, Somoniylar hukmronligi yillarida
taraqqiy etdi va uning turkiy tillar tabiati, xarakteriga ma’lum
darajada ta’siri ko‘zga tashlandi.
X asr oxiriga kelib Sharqiy
Turkiston, Yettisuv va Koshg‘arda Qoraxoniylar saltanati tashkil
topdi. Shu davrdan e’tiboran turkiy adabiy tillarning shakllanishida
jiddiy ijodiy jarayonlar sodir bo‘ldi. Qoraxoniylar vaqtida jonli tillar
adabiy tildan farqli o‘laroq chet tillar elementlariga nisbatan oz
ta’sirda bo‘lgan. Fors-tojik tili aksariyat hollarda rasmiy-idoralarda
eski turkiy til bilan yonma-yon qo‘llangan
u bilan raqobatga
kirishgan. Bu kezlarda eski turkiy til so‘z boyligi, xususan, terminlar
34
tizimi umumtil leksikasi tarkibida shakllandi va taraqqiy etdi. Bunda
ekstralingvistik omillar qatori intralingvistik faktorlarning ham roli
katta bo‘lgan edi. Matematika, geografiya, falakiyot,
tibbiyot,
minerologiya, zoologiya, geometriya kabi aniq fanlar singari falsafa,
filologiya,
tilshunoslik,
adabiyotshunoslik,
tarixshunoslik,
dinshunoslik kabi gumanitar fan sohalarining jadal rivojlanishi
asosida eski turkiy til terminologiyasining qadimgi turkiy til terminlar
tizimidan ko‘p jihatdan farqlanishi yaqqol ko‘zga tashlanadi. Ayni
chog‘da, qadimgi turkiy til so‘z boyligida mavjud bo‘lgan asl turkiy
terminlarning salmoqli qismi bu
davr terminologiyasida ham
iste’molda qolavergan.
Qoraxoniylar davri terminologiyasi tizimi eski turkiy tilning
o‘z resurslari hamda arab va fors-tojik tillaridan o‘zlashgan birliklar
hisobga kengayib borgan.
Eski o‘zbek tili terminologiyasi (XV-XIX asr oxiri) sistemasi
qadimgi turkiy til va eski turkiy til terminologiyasidek o‘z ichki
imkoniyatlari hamda o‘zlashmalar hisobiga shakllandi va rivojlandi.
Eski o‘zbekcha terminlar yasalish jihatdan tub va derivatlardan
tashkil topgan edi. Terminlar yasalishida
qatnashgan affikslarni
leksik-grammatik xarakteriga ko‘ra quyidagicha tasniflash mumkin:
Ism-o‘zaklardan ot-terminlar yasovchi affikslar
: yurt-