• Asosiy tushunchalar
  • Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat




    Download 1,46 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet22/63
    Sana18.12.2023
    Hajmi1,46 Mb.
    #122088
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   63
    Bog'liq
    H.Dadaboyev. O\'zbek terminologiyasi (1)

     Adabiyotlar 
    1. Абдураҳмонов Ғ., Рустамов А. Қадимги туркий тил.-
    Тошкент, Ўқитувчи, 1982. 
    2. Абдушукуров Б. Эски туркий тил лексикаси. -Тошкент
    2015. 
    3. Алишер Навоий асарлари тилининг изоҳли луғати. I-IV.-
    Тошкент: Фан, 1983-1985. 
    4. Бегматов Э. Ҳозирги ўзбек адабий тилининг лексик 
    қатлами. -Тошкент: Фан, 1985. 
    5. Дадабаев Х. Военная лексика в староузбекском языке.
    6.Дадабаев Х., Насыров И., Хусанов Н. Проблемы лексики 
    староузбекского языка. - Ташкент: Фан, 1990. –С.3-83. 
    7. Дадабаев Х. Общественно-политическая и социально-
    экономическая терминология в тюркоязычных письменных 
    памятниках Х1-Х1У вв. Ташкент: Ёзувчи.1991. 
    8. 
    Дадабаев 
    Х. 
    Старотюркская 
    дипломатическая 
    терминология в Х1-Х1У вв. Историко-лингвистический анализ 
    лексики старописьменных памятников. -Ташкент: Фан, 1994. -
    С.4-13.
    9. 
    Дадабаев Х. Астрономическая наименования в 
    старотюркских письменных памятниках Х1-Х1У вв.Историко-
    лингвистический анализ лексики старописьменных памятников. 
    -Ташкент: Фан, 1994. 
    10. Дадабоев Ҳ., Ҳамидов З., Холманова З. Ўзбек адабий 
    тили лексикаси тарихи.- Тошкент: Фан, 2007. 
    11. 
    Даниленко В.П. Русская терминология. Опыт 
    лингвистического описания.- М.,: Наука, 1977. 
    12. Древнетюркский словарь.-Л., 1969. 
     
    Oltinchi mavzu: XX asr o‘zbek terminologiyasi 
    Reja: 
    1.Sobiq sho‘rolar davri o‘zbek terminologiyasi. 
    2.O‘zbek 
    terminologiyasining baynalmilal terminlar hisobiga 
    kengayishi. 
    3. Terminologiyada yuzaga kelgan muammolarni hal etish borasidagi 
    harakatlar.
    Asosiy tushunchalar: “Davlat tili haqida”gi Qonun, baynalmilal 
    terminlar, tub lug‘at boylik, noilmiy terminlar, taraqqiy etish yo‘li, yangi 
    tushunchalar, so‘z yasash imkoniyatlari, semantik usul, sintaktik usul, 


    38
    morfologik usul, arabcha o‘zlashmalar, forscha-tojikcha o‘zlashmalar, 
    Atamashunoslik qo‘mitasi. 
    Hozirgi vaqtda o‘zbek terminologiyasi har tomonlama shahdam 
    qadamlar bilan taraqqiy etmoqda. Ilm, fan va texnika, siyosat, iqtisodiyot va 
    madaniy hayotga doir asasiy tushunchalar mutanosib terminologiya tizimi 
    bilan ta’minlangan. Mustaqillik yillari mamlakatda turfa ikki tilli, ko‘p tilli 
    hamda izohli lug‘atlar dunyo yuzini ko‘rdi. Ayni paytda turli sohaga oid 
    terminologik lug‘atlar tuzish borasida jadal ishlar amalga oshirilmoqda, 
    terminlogiyaga oid o‘quv, o‘quv-metodik va ilmiy adabiyot nashrdan 
    chiqmoqda. O‘zbek terminologiyasining yanada rivojlanishida ommaviy 
    axborot vostalarining o‘rni salmoqli bo‘lmoqda. 
    Hozirgi o‘zbek adabiy tili muayyan terminologik tizimi boyishi, 
    to‘ldirilishi va takomillashishining bosh manbasi, boshqa tillarda 
    kechayotganidek, shubhasiz, o‘z lug‘at boyligi ekanligi ayni haqiqat. 
    O‘zbek terminologiyasining o‘z boyliklari va imkoniyatlari 
    hisobiga taraqqiy etishi ikki yo‘l bilan voqelanadi: a) tilda mavjud, tayyor 
    so‘zlardan yangi narsa-predmet va tushunchalarni ifodalashda foydalanish: 
    b) o‘zbek adabiy tili so‘z yasash imkoniyatlari ishtirokida yangi terminlar 
    yaratish. 
    Yangi terminlarni ro‘yobga keltirishda so‘z yasashning morfologik, 
    semantik va sintaktik usullaridan unumli istifoda etiladi. Terminlar 
    yaratishda kalkalash usulining ham sezilarli o‘rni bor. 
    O‘zbek tili terminologiyasining ulkan ulushini ruscha-baynalmilal 
    fond asosida yuzaga chiqqan nomlar tashkil etadi. Boshqa noturkiy tillardan 
    o‘zlashgan terminlar o‘zbek xalqi faoliyatning ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, 
    sotsial, madaniy, ma’naviy jabhalarini qamrab olganligi bilan xarakterlidir. 
    O‘zbekiston Oliy Kengashi tomonidan 1989- yilning 21- oktabrida
    “Davlat tili haqida”gi Qonunning qabul qilinishi o‘zbek tili so‘z boyligining 
    asosiy qatlamlaridan hisoblanmish terminologik leksikaga yangicha 
    munosabatda 
    bo‘lishni 
    taqozo 
    etdi. 
    Qonunning 
    7-moddasida 
    ta’kidlanganidek, “Davlat o‘zbek tilining boyitilishi va takomillashtirilishini 
    ta’minlaydi, shu jumladan, unga hamma e’tirof qilgan ilmiy-texnikaviy va 
    ijtimoiy-siyosiy atamalarni joriy etish hisobiga ta’minlaydi”. 
    Ushbu jahonshumul ahamiyatga molik Qonunning qabul qilinishidan 
    so‘ng, taxminan, 3-5 yil davomida ilgaridan tilda qo‘llanishda bo‘lgan 
    terminlarni, ayniqsa, ruscha-baynalmilal qatlamni qaytadan ko‘rib chiqish 
    tendensiyasi kuchayib ketdi. So‘zsiz, bunday sa’y –harakatlar o‘zbek tilining 
    sofligini saqlash, uning asl tabiatini qayta tiklashga qaratilganligi bilan 
    muhim ahamiyat kasb etdi. Sobiq sho‘rolar hukmronligi davrida o‘zbek tili 
    lug‘at tarkibining shakllanishi va rivojlanishida alohida rolga ega bo‘lgan 
    ko‘pdan-ko‘p ko‘hna so‘zlar asossiz ravishda eskirgan leksik birliklar 
    kategoriyasi, ya’ni arxaizmlar sirasiga kiritilgan edi. Ayni nohaqlikni 
    o‘nglash, tarixiy haqiqatni tiklash muhim vazifa sifatida kun tartibiga 
    qo‘yilgan edi. 


    39
    O‘zbek ziyolilari, chunonchi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
    Mahkamasi qoshida tashkil qilingan Atamashunoslik qo‘mitasining samarali 
    mehnati evaziga muxtoriyat, ma’muriyat, ma’mur, muqobil, hakam, tashrif, 
    insonparvarlik, 
    xususiylashtirish, 
    boshboshdoqlik, 
    qoldiq 
    (saldo), 
    iqtisodiyot, ma’lumotnoma, reja, dastur, kengash singari juda ko‘p ijtimoiy-
    siyosiy va sotsial-iqtisodiy terminlar qaytadan qo‘llanishga kiritildi. 
    Biroq bu kezlarda terminlarni almashtirish va ishlatishda ma’lum 
    chalkashlik hamda xatoliklarga ham yo‘l qo‘yildi. Terminologiyaga xos 
    meyorlarga har doim ham amal qilinmadi. Ilgari muvaffaqiyatli qo‘llangan 
    terminlarni muomaladan zo‘rma-zo‘raki siqib chiqarish, ularni so‘z 
    yasalish qonuniyatlariga javob bermaydigan leksik birliklar bilan 
    almashtirish harakati avj oldi. 
    Vaqtinchalik eyforiya natijasida totalitar tuzumga nisbatan yillar 
    davomida shakllangan sovuqlik oqibatida qator ruscha-baynalmilal 
    terminlarni almashtirish harakati ko‘zga yaqqol tashlandi. Masalan, aeroport 
    termini o‘rnida qo‘nalg‘a, tayyoragoh, bandargoh terminlari ishlatila 
    boshlandi, institut termini oliygoh, ilmgoh, bilimgoh so‘zlari bilan 
    almashtirildi, jurnal termini o‘rnida oynoma, majalla, jarida, oybitik 
    so‘zlarini ishlatish tavsiya etildi va h.k. Chetpul (valyuta), pultopar 
    (biznes), hujjatasrov (arxiv), nusxakash (notarius), naqliyot (transport), 
    malakasinov (attestatsiya) singari yangi yasamalar sun’iyligi, termin yasash 
    meyorlarigi javob bermasligi bilan ajralib turar edi (Bektemirov 2002; 34).
    Bunday shoshqaloqlik oqibatida o‘zbek terminologiyasida noilmiy terminlar 
    paydo bo‘ldi, terminlar tizimida sinonimiyaning kuchayishi yuz berdi. 
    Ma’lumki, har qanday til, avvalambor, o‘z ichki imkoniyatlari 
    zaminida rivojlanadi. Ayni chog‘da, mamlakatlar va xalqlararo rang-barang 
    munosabatlar har qanday tilda o‘zlashmalarning vujudga kelishida muhim 
    omil hisoblanadi. Mazkur hodisa o‘zbek tili uchun ham yot emas. 
    O‘zbek tilida katta miqdordagi arabcha va forscha-tojikcha 
    o‘zlashmalarning qo‘llanishda qolayotgani sir emas. Bularning muayyan 
    qismi ilmiy terminologiya tarkibida o‘z faolligini yo‘qotmagan. Xususan, 
    maktab, sinf, muallim, ma’ruza, muvozanat, vazn, tijorat, bojxona, viloyat, 
    falak, huquq, tarkib, matn, mavzu, hokim, narx,payvand singari termin 
    hamda terminologik leksika nafaqat mutaxassislar, shuningdek, aholining 
    keng qatlamlari nutqida hech qanday qiyinchiliksiz faol ishlatiladi. Garchi, 
    hozirgi vaqtda o‘zbek tilida terminlar yasash jarayonida arab va fors-tojik 
    tillari manba sifatida deyarli ishtirok etmasa-da, ammo o‘zga qarindosh 
    turkiy tillarda bo‘lgani singari o‘zbek tili lug‘at tarkibidagi terminlarning 
    aksariyati shu qadimiy tillarga mansubdir. Bu o‘zlashmalar o‘zbek tilining 
    fonetik va grammatik qoidalariga bo‘ysungan holda yangi mazmun kasb 
    etgan va yangi voqelangan tushunchalarni ifodalashda xizmat qilmoqda. 
    Ruscha-baynalmilal so‘z va terminlarning o‘zbek tiliga kirib kelishi 
    XIX asrning birinchi yarmidan boshlangan bo‘lib, uning haddan tashqari 
    kuchayishi o‘lkaning Chor Rossiyasi tomonidan zabt etilishi, keyinchalik bu 
    yerda sho‘rolar hukmdorligining qaror topishi davriga to‘g‘ri keladi. 


    40
    Bu jarayon o‘zbek tili terminologiyasi dinamikasini kuzatishda yorqin 
    namoyon bo‘ladi. 
    O‘zbek tiliga xos ilmiy-texnikaviy terminlarning ulkan qismini boshqa 
    tillar (rus tili orqali lotin, yunon, german, roman va h.k.)dan o‘zlashgan 
    leksik birliklar tashkil qiladi.

    Download 1,46 Mb.
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   63




    Download 1,46 Mb.
    Pdf ko'rish