• Asosiy tushunchalar
  • Yettinchi mavzu: Mustaqillik davri o‘zbek terminologiyasining




    Download 1,46 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet24/63
    Sana18.12.2023
    Hajmi1,46 Mb.
    #122088
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   63
    Bog'liq
    H.Dadaboyev. O\'zbek terminologiyasi (1)

    Yettinchi mavzu: Mustaqillik davri o‘zbek terminologiyasining 
    taraqqiyoti 
    Reja:
    1. Globallashuv va integratsiya davrida tillararo munosabatlarning 
    terminologiyada aks etishi. 
    2. O‘zlashma terminlarning o‘zbek adabiy tili qonunlariga 


    42
    bo‘ysundirilishi. 
    3. Xalq xo‘jaligidagi yangi sohalarning o‘zbek terminologiyasi 
    rivojidagi roli.
    Asosiy tushunchalar: mustaqillik davri, globallashuv,internet davri, 
    realiyalar, o‘zbek kurashi, donor til, mutanosib, almashtirish, tarjima qilish, 
    so‘z yasalish usullari, dublet, davlat boshqaruvi, lug‘at fondi, moslashish, 
    milliy siyosat, ekotermin, kimyo terminologiyasi, til qonunlari, yangi 
    nomlanishlarning voqelanishi. 
    Globalllashuv, internet va kompyuterlashtirish asrida O‘zbekiston 
    Respublikasining jahon hamjamiyati safidan o‘rin olishi davlatlararo 
    iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, madaniy va h.k. aloqalarning qizg‘in, jadal 
    suratlar bilan rivojlanishiga olib keldi. 
    Bunday munosabatlarning ijobiy natijalari nafaqat ijtimoiy-siyosiy, 
    madaniy-iqtisodiy hayotda, shuningdek, tilda ham o‘z ifodasini topmoqda. 
    So‘nggi yillarda o‘zbek terminologiyasi tayyor xorijiy leksik birliklar hamda 
    ular anglatuvchi akademik litsey, kollej, magistr, magistratura, bakalavr, 
    tender, preferensiya, investitsiya, litsenziya, diler, megapolis, ekologiya, 
    ekspert, demping, inflyatsiya, kliring, supermarket, minimarket, giper 
    market, chat, paynet, elektorat, narkobiznes, milliy aviakompaniya, klasster, 
    robot-taksi, drayver, elektron viza, tranzit biznes, trend, brend, logistika, 
    vatsapp, rouming, instagram, telegram, mikrozaym, investor, onlayn, oflayn, 
    onlayn-broker, onlayn rejim, keys-stadi, innovatsion texnopark singari 
    mutlaqo yangi tushunchalar va realiyalar hisobiga boyib bormoqda. 
    O‘zbekiston Respublikasi olimlarining dunyoning rivojlangan 
    mamlakatlari yetakchi muassasalari ilm ahli bilan o‘rnatgan ilmiy-texnik 
    munosabatlarining jadalllashuvi, hamkorlikda dolzarb ilmiy masalalar ustida 
    izlanishlar olib borishning yo‘lga qo‘yilishi, yosh iste’dod egalarining
    nufuzli chet el universitetlari va institutlarida o‘qishi yoxud malaka 
    oshirishi terminlar sistemasining yaqinlashuvi, boyishiga ko‘mak beradi. 
    Hozirgi o‘zbek terminologiyasi uchun G‘arb tillari, ayniqsa, ingliz tilidan 
    ko‘plab terminlarning quyilib kelishi diqqatga sazovordir. 
    Shu bilan bir qatorda, o‘zbek tili terminlarining boshqa tillar 
    tomonidan o‘zlashtirilayotgani ajablanarli hol emas. Zero, so‘z o‘zlashtirish 
    hodisasining ikki tomonlama sodir bo‘lishi tilshunoslikda allaqachon 
    tasdig‘ini topgan.
    Ta’kidlash joizki, 1999 yilning may oyida O‘zbekiston Respublikasi 
    Prezidenti tashabbusiga muvofiq o‘zbek kurashi bo‘yicha jahon birinchiligi 
    o‘tkazildi. Keyinchalik bu sport turining ommalushuvi va dunyo sahnasiga 
    chiqishi natijasida kurash, yonbosh, chala, halol, g‘irrom kabi terminlar 
    xalqaro sport terminologiyasining mulkiga aylandi (Bektemirov 2002;10).
    Sharq taronalari (Vostochniye melodiy), o‘zbek modeli (Uzbekskaya 
    model) singari terminlar jahonga mashhur bo‘ldi. Mahalla institutining 
    qayta tiklanishi fuqarolar yig‘ini, fuqarolar yig‘ini raisi, oqsaqol va h.k. 


    43
    terminlarning o‘zga tillar so‘z boyligidan mustahkam o‘rin olishi yoki 
    tarjima qilinishiga bois bo‘ldi.
    Qayd etish lozimki, o‘zbek terminologiyasi tizimida xorijiy tillarga 
    taalluqli tushunchalarni o‘z ichki imkoniyatlar asosida ifodalash tamoyili 
    yetakchilik qilmoqda. Bunday jarayon paytida chetdan kelayotgan 
    o‘zlashmalarning bir qismi o‘zbekcha mutanosiblari bilan almashtiriladi 
    yoki tarjima (kalka) qilinadi. Ushbu usul yangi tushunchalarni atashda o‘ta 
    qulayligi va mahsuldorligi bilan ajralib turadi. Masalan, aksiyadorlik 

    Download 1,46 Mb.
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   63




    Download 1,46 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yettinchi mavzu: Mustaqillik davri o‘zbek terminologiyasining

    Download 1,46 Mb.
    Pdf ko'rish