|
Alisher navoiy nomidagi toshkent davlatBog'liq H.Dadaboyev. O\'zbek terminologiyasi (1) -do‘z+lik: yelkando‘zlik, etikdo‘zlik, telpakdo‘zlik va h.k.;
-kash+lik: chizmakashlik, pillakashlik, suratkashlik va h.k.;
-kor(-gor, -kar)+lik: sholikorlik, g‘allakorlik, gunohkorlik, hamkorlik,
tadbirkorlik va h.k.;
-paz+lik : somsapazlik, oshpazlik, choypazlik va h.k.;
-parvar+lik: millatparvarlik, kambag‘alparvarlik, insonparvarlik,
vatanparvarlik, xalqparvarlik, yetimparvarlik, yurtparvarlik va h.k.;
60
-parast+lik: butparastlik, otashparastlik, mansabparastlik,
shaxsiyatparastlik, aqidaparastlik, millatparastlik, huquqparastlik va h.k.;
-soz+lik:
mashinasozlik,
avtomobilsozlik,
samolyotsozlik,
kemasozlik,
traktorsozlik,
shaharsozlik,
robotsozlik,
motorsozlik,
vagonsozlik, qurolsozlik, ko‘priksozlik va h.k.;
-furush
+lik:
odamfurushlik,
bangifurushlik,
terifurushlik,
og‘ufurushlik, valyutafurushlik va h.k.;
-xon+lik: dostonxonlik, gazetaxonlik, navoiyxonlik, kitobxonlik va
h.k.;
-xo‘r+ lik: qonxo‘rlik, odamxo‘rlik (kannibalizm), tekinxo‘rlik,
poraxo‘rlik, qasamxo‘rlik.;
-chi+lik: gegelchilik, neokantchilik, trampchilik va h.k.;
-shunos+lik: o‘lkashunoslik, tuproqshunoslik, metallshunoslik,
tilshunoslik,
huquqshunoslik,
qonunshunoslik,
matnshunoslik,
odamshunoslik va h.k.
Yuqoridagi ashyoviy
materiallarga asoslanib, bildirilgan
mulohazalardan kelib chiqqan holda ta’kidlash joizki, ot (sifat) + lik//liq
modeli mavhum ma’nosi bilan hozirgi o‘zbek adabiy tilda, xususan, termin
yasashda juda sermahsul va faol qolip sifatida e’tirof etiladi.
Shu bilan bir qatorda, qilingan tahlil -lik//-liq affiksining: a)
qurol, asbob, moslamalar nomlari; b) hosil qiluvchi so‘z asosida shakllangan
joy, yer nomlari; v) pul birliklari nomlarini yasashda nisbatan
kammahsulligini ko‘rsatdi.
Murakkab tarkibga ega –chilik (-chi+lik) qo‘shimchali model
termin yasalish jarayonida nisbatan faol. Ushbu qolip quyidagi terminlarni
hosil qiladi:
kasb, hunar, mashg‘ulot va soha nomlari: uzumchilik, qorako‘lchilik,
me’morchilik, tutchilik, o‘qituvchili, dehqonhilik va h.k.;
umumlashtiruvchi nomlar: mo‘lchilik, mahaliychilik, partizanchilik va
h.k.;
narsa, buyum yoxud hodisa, voqea oti: kambag‘alchilik, ozchilik,
tomorqachilik, qurg‘oqchilik va h.k.
-lash affiksli so‘z yasovchi model
Jarayon, xatti-harakat nomini ifodalovchi terminlar yasaydi:
61
akkreditlash, kurtaklash, payvandlash, standartlash, liofillash, parmalash,
xromlash, frezerlash, alyuminlash, geperinlash, toblash, presslash,
mexanizatsiyalash,
ionlash,
paypaslash
(tib.palpatsiya),
skanerlash
(tib.skanirovaniye), betonlash, dezaktivatsiyalash, kodlash, trallash va h.k.
-lashtirish affiksli so‘z yasovchi model
-lash affiksli so‘z yasovchi model singari asosan ruscha-baynalmilal
o‘zlashmalardan “hosil qiluvchi asosning nomi bilan atalgan ta’minot,
asbob-uskuna, jihoz” (Danilenko 1977; 155) umumiy ma’nosini ifodalovchi
terminlarni vujudga chiqaradi: avtomatlashtirish, kompyuterlashtirish,
telefonlashtirish,
|
| |