|
Alisher navoiy nomidagi toshkent davlatBog'liq H.Dadaboyev. O\'zbek terminologiyasi (1)elektrlashtirish,
pasportlashtirish,
gazlashtirish,
robotlashtirish,
formallashtirish,
liberallashtirish,
atomlashtirish,
kodlashtirish, niqoblashtirish, mexanizatsiyalashtirish va h.k.
-cha affiksli so‘z yasovchi model
O‘zbek tili grammatikasiga doir asarlarda –cha ot turkumli
so‘zlarning kichraytirish – erkalash shaklini yasovchi mahsuldor, urg‘uli
affiks tarzida baholanadi ( Kononov 1960;162; Mirzayev 1978;112).
Ba’zi bir ishlarda mazkur affiksning so‘z yasovchi qo‘shimcha
ekanligi faktik materiallar ko‘magida isbotlangan. Kuzatilayotgan affiks
(o‘ziyurar) aravacha, shponka ariqchasi, havo yostiqchasi, ko‘chma
vagoncha (Doniyorov 1977; 96), sichqoncha, (saf) maydoncha(si), zarracha
kabi bir qator fan-texnika sohasi terminlarini hosil qilishda qatnashadi.
Biologiya terminlari sistemasida –cha ishtirok etgan ayrim terminlar
faol qo‘llanadi: miyacha, qalpoqcha, katakcha, tangacha, tayoqcha,
pufakcha,
teshikcha,
qiltiqcha,
kokilcha
va
h.k.(
Olimxo‘jayeva1990;Rahimova; 2007).
-boz affiksli so‘z yasovchi model
Ushbu model ilmiy terminologiya tizimida asl o‘zbekcha (turkiy),
arabcha, forscha-tojikcha hamda ruscha-baynalmilal leksik birliklardan juda
oz holatlarda biror-bir narsa bilan qiziquvchi shaxs nomini anglatuvchi
terminlarni yuzaga chiqaradi: buyruqboz, mushakboz, safsataboz, miltiqboz,
ishqiboz, xotinboz, guruhboz va h.k.
- goh affiksli so‘z yasovchi model
O‘zbek adabiy tili tarkibiga fors-tojik tilidan juda barvaqt
o‘zlashgan –goh affiksi ishtirokida yuzaga kelgan bu model asosdan
anglashilgan voqea-hodisa sodir bo‘luvchi o‘rin, joy nomini ifodalaydi:
janggoh, askargoh, lashkargoh, qo‘nimgoh, o‘rdugoh, qarorgoh va h.k.
-don affiksli so‘z yasovchi model
62
Fors-tojik tilidan o‘zlashgan suffiksli ushbu model :
asosdan ifodalangan tarzda biror narsa saqlanadigan idish, narsani
ifodalaydi: tuxumdon, olovdon, o‘qdon, kuldon, siyohdon, bachadon va h.k;
2) shaxsga xos sifat, xususiyat, fazilatni tavsiflovchi sifat-terminlarni
hosil qiladi: hisobdon, bilimdon va h.k. Ba’zi bir ilmiy asarlarda o‘zbek
tilida ikkita –don affiks-omonimining mavjudligi haqida fikr bildirilgan
(Tursunov 1965).
-dor affiksli so‘z yasovchi model
Fors – tojik tilining elementi bo‘lmish –dor sufffiksli nisbatan
sermahsul model:1) shaxs nomi: bayroqdor, nishondor; 2) mavjudlik, egalik
sifatlarini yasashda qatnashadi: zarbdor; mahsuldor, chiqimdor (Usmonov
O.1975; 51-56) , hissador, aybdor, qarzdor, mansabdor, puldor, mulkdor va
h.k.
-dosh affiksli so‘z yasovchi model
Mazkur qolip terminlar hosil qilishda mahsuldor bo‘lib:
ijtimoiy sharoit, umumiy turmush, hamkorlik, hamdo‘stlik ma’noli
shaxslar nomini ifodalovchi ot-terminlar yasaydi: yurtdosh, maslakdosh,
quroldosh, kursdosh, polkdosh, frontdosh, sinfdosh va h.k.;
boshlang‘ich, dastlabki asosdan kelib chiqqan sifat, xususiyatni
anglatuvchi terminlarni shakllantiradi: jinsdosh, ohangdosh, yo‘ldosh ( tib.
platsenta) va h.k.;
ba’zi bir tilshunoslik terminlarini voqelantiradi: sifatdosh, ravishdosh,
undosh, shakldosh, o‘zakdosh, uyadosh, ma’nodosh, turdosh va h.k.
Mazkur model o‘zbek tili texnika terminlarini yasashda qatnashmaydi.
Ammo botanika terminlari tizimida o‘ta sermahsulligi bilan ajralib turadi:
|
| |