ma’naviy (ma’naviyat), ma’rifiy (ma’rifat ), tijoriy (tijorat) va h.k.
Yuqorida keltirilgan ashyoviy misollar o‘tgan asrning 60-
yillarida kammahsul deb topilgan –(v)iy affiksining (Kononov
1960;152) hozirgi vaqtga kelib nisbatan unumli affiksga
aylanganligidan dalolat beradi.
Kezi kelganda aniq fanlar terminologiyasida –(v)iy affiksi
ishtirokida atoqli otlar (kishi ismlari, joy nomlari va h.k.) asosida
yuzaga chiqqan kyuriy, nilsboriy, eynshteyniy, hamroboyeviy,
poloniy (Poloniya-Polshaning lotincha nomi), prometiy (Prometey-
74
afsonaviy qahramon) kabi familyaviy terminlar (Lotte 1961,
427)ning keng qo‘llanishini ta’kidlash o‘rinli.
Fe’llardan sifat-terminlar yasashda quyidagi modellar
faol sanaladi:
– (i) q /(i) k affiksli so‘z yasovchi model
Mazkur model o‘zbek tilida fe’l turkumli so‘zlardan
nafaqat ot-terminlar, balki sifat-terminlarni hosil qilishda ham
unumlidir. -q/-k ( unli asoslardan keyin keladi), - (i)q//-(i)k
(undoshli asoslardan keyin keladi) o‘timli fe’llardan passiv
ma’nodagi sifat-terminlar, o‘timsiz fe’llardan esa shu fe’lga xos
leksik-semantik ma’noga ega sifat-terminlar yasaydi ( Kononov
1960;155): yaltiroq (yaltira-moq), siqiq, ochiq ( til. bo‘g‘in), yopiq
(mat.; til.), cho‘ziq (til.), qattiq, o‘lik, chaqiriq (harb.; yur. ) va h.
k.
– ma affiksli so‘z yasovchi model
Mahsuldorligi chegaralangan ushbu model o‘timli
fe’llardan passiv ma’noli sifat – terminlarni hosil qilsa: yozma,
chizma, terma (sport; mus.), yasama (til.), burama, ko‘chirma (til.)
va h.k; o‘timsiz fe’llardan esa ular boshlang‘ich asosiga xos leksik-
semantik mazmunni anglatuvchi sifat-terminlarni yasaydi (
Kononov 1960; 155): ko‘chma, yonlama (harb.), og‘ma (mat.),
tug‘ma (tib.) va h. k.
–qoq//-g‘oq affiksli so‘z yasovchi model
Namoyon bo‘ladigan xususiyat, xossani ifodalovchi
mazkur kammahsul model ayrim sifat–terminlarni yasaydi:
yopishqoq, burishqoq, ilishqoq, qorishqoq, qurushqoq, qaqroq va
h.k.
– qir/- kir//-g‘ir/- gir affiksli so‘z yasovchi
model
Bu kammahsul model faol namoyon bo‘ladigan xususiyat,
fazilatni anglatadigan sifat-terminlarni shakllantiradi: o‘tkir,
uchqir, chopqir, olg‘ir, topqir, keskir, sezgir (tib.) va h.k.
Fe’l –terminlarning yasalishi. O‘zbek terminologiyasi
tizimida qator affikslar yordamida asosan ot va sifatlardan, ayrim
hollarda esa boshqa so‘z turkumlardan yasalgan fe’l –
terminlarning katta miqdorda qo‘llanishi kuzatiladi.
Ism asoslardan fe’l – terminlar yasashda quyidagi
modellar ishtirok etadi:
-la affiksli so‘z yasovchi model
Ushbu o‘ta mahsuldor model quyidagi ma’no-mazmunli
fe’l - terminlarni yasashda xizmat qiladi:
a) jarayon, ish-harakat, najijani ifodalaydi: hisob-la-, yiring-
la-, shamol -la-, sud-la-, em-la-, o‘g‘ir-la - (o‘g‘ri), payvand-la-,
dalil-la-, litsenziya-la- va h.k.;
75
b) boshlang‘ich asosdan anglashilgan narsa-predmet, buyum
bilan birga qilinadigan harakatni bildiradi: beton-la-, asfalt-la-,
tormoz-la-, shtamp-la-, egov-la-, shifr-la-, press-la-, kumush-la-,
bomba-la-, urug‘-la-, kavshar-la-, parma-la- va h.k.;
v) kimnidir yoxud nimanidir boshlang‘ich asosdan
anglashilgan narsa-predmet, buyum, modda ta’siriga yo‘liqtirish,
duchor qilishni bildiradi: o‘q-la-, moy-la-, lok-la-, sement-la-,
sirka-la-, tuz-la-, yod-la-, sir-la- va h.k.;
g) dastlabki asosga xos belgi-xususiyat, sifat, fazilat, xossa,
shakl, tuzilishga ega bo‘lmoq ma’nosini anglatadi: yax-la-, qurt-la-
, muz-la-, sho‘ra-la-, gul-la- va h.k.;
d) boshlang‘ich asosga oid bo‘lgan xususiyat, xossa, fazilat,
ko‘rinish, tuzilish, shakl haqida kimgadir yoxud nimagadir xabar
berish ma’nosini ifodalaydi: ayb-la-, saf-la-, dud-la-, chegara-la-,
jazo-la-, ko‘l-la-, kurtak-la- va h. k.
- lan affiksli so‘z yasovchi model
Mazkur sermahsul model tubandagi ma’noli fe’l –
terminlarni hosil qiladi:
a) dastlabki asosdan anglashilgan narsa, buyumga egalik
qilishni bildiradi: qurol-lan -, yaroq-lan-, kasal-lan-, xasta-lan-,
qopqoq-lan-, kojux-lan- va h.k.;
b) natijani anglatadi: qadoq-lan-, kristal-lan-, gaz-lan-,
gudron-lan, botqoq-lan-, osh-lan-, butoq-lan-, tormoz-lan-, davo-
lan- va h.k.;
v) boshlang‘ich asosdan anglashilgan biror narsaga duchor
bo‘lish, uning ta’siri ostida qolish ma’nosini ifodalaydi: zarar-lan-,
foyda-lan-, jazo-lan-, zahar-lan- va h.k.;
g) jarayon nomini bildiradi: sur-lan-, sir-lan-, nur-lan-, oziq-
lan-, o‘g‘it-lan-, oksid-lan-, loyiha-lan-, imzo-lan-, sarf-lan-, saf-
lan-, xrom-lan-, ion-lan- (Kononov 1960; 249-250) va h.k.
- lash affiksli so‘z yasovchi model
-lash affiksli mazkur sermahsul model boshlang‘ich
asosning leksik ma’nosidan kelib chiqib, qator fe’l – terminlarni
yuzaga chiqaradi.
Boshlang‘ich asosdan anglashilgan xususiyat, xossa,
fazilat, shakl, holat, vaziyatga egalik qiluvchi jarayon yoxud
pirovard natija yoki dastlabki asosdan anglashilgan narsaga
aylanish, o‘tish jarayonini ifodalaydi (Kononov 1960; 251) : xira-
lash-, sodda-lash-, o‘troq-lash-, chet-lash-, standart-lash-, sust-
lash-, konsentratsiya-lash-, demokrat-lash-, radio-lash- , markaz-
lash-, kompyuter-lash- va h.k.
– lashtir affiksli so‘z yasovchi model
-lashtir (-lash-tir) qo‘shimchali bu o‘ta unumli model
jarayon, natija, belgi-xususiyat, shakl, vaziyat, holat nomini
ifodalovchi fe’l – terminlar yasaydi: gaz-lashtir-, elektr-lashtir-,
76
sikl-lashtir-, chet-lashtir-, chuqur-lashtir-, shablon-lashtir-, ekran-
lashtir-, qalbaki-lashtir-, mashina-lashtir-, mexanizatsiya-lashtir-,
militarizatsiya-lashtir-, kompyuter-lashtir-, legal-lashtir-, robot-
lashtir- va h.k.
- lashtiril affiksli so‘z yasovchi model
– lashtiril (-lash+tir+il ) qo‘shimchali bu qolip jarayon,
natija, belgi-xususiyat nomini anglatuvchi fe’l - terminlarni hosil
qiladi: mashina-lashtiril -, maxsus-lashtiril -, mahalliy-lashtiril -,
mexanizatsiya-lashtiril-,
kompyuter-lashtiril-,
milliy-lashtiril-,
ixtisos-lashtiril-, avtomat-lashtiril-, aniq-lashtiril-, demokrat-
lashtiril-, yer-lashtiril-, robot-lashtiril- va h. k.
|