71
Asosiy
tushunchalar:
ismlardan
yasalgan
sifat-
terminlar, fe’llardan yasalgan sifat-terminlar, prefiks, sermahsul,
kammahsul,gibrid termin, fe’l-terminlar, qo‘shma terminlar,
model, komponent, termin-birikmalar, termin-element.
Ma’lumki, ot so‘z turukumiga
xos leksik birliklarning
termin tarzida qo‘llanishi bo‘yicha so‘z turkumlari qatorida
yetakchilikka egaligi hech kim uchun yangilik emas. Shu bilan
birga, ilm-fan tilida (ya’ni mavjud ilmiy adabiyotda qo‘llangan)
maxsus
tushunchalarni
ifodalaydigan
hamda
terminologik
nomlarga doir barcha talablarga jabob beradigan terminlar o‘rnida
ham fe’l (fe’ldan yasalgan bir o‘zakli ismlar),
ham sifat, ham
ravishlarning erkin ishlatilishi mumkinligini ta’kidlash maqsadga
muvofiq bo‘ladi.
Sifat-terminlarning yasalishi. Morfologik usul bilan hosil
qilingan sifat – terminlar quyidagi ikki guruhga taqsimlanadi: 1)
ismlardan yasalgan sifat-terminlar; 2) fe’llardan
yasalgan sifat-
terminlar.
Ismlardan sifat-terminlar yasashda tubandagi modellar
qatnashadi:
-li affiksli so‘z yasovchi model
Sof o‘zbek (turk)cha
-li affiksli so‘z yasovchi model
quyidagi ma’noli terminlarni yuzaga chiqaradi:
a) boshlang‘ich asosda nomlangan egalik, majudlik, borlikni
ifodalaydi :
zaharli, misli, sharikli, kislotali, tuzli, yarog‘li, fosforli,
dukkakli, to‘yimli va h.k.;
b) dastlabki asosning predmetlik nomini bildiradi:
zararli,
muddatli, maqsadli, qimmatli, nuqsonli, foydali va h.k.;
v) nimagadir yaroqlilikni anglatadi :
yaroqli, yeyimli,
yeyishli, xavfli, ichimli va h.k.
– siz affiksli so‘z yasovchi model
-siz affiksli sifat-terminlar –li affiksli sifat-terminlarning
antonimi, ya’ni ziddi (
gilzali-gilzasiz, stvolli-stvolsiz, mo‘ynali –
mo‘ynasiz , gazli – gazsiz, temirli-temirsiz va h.k.) bo‘lib, quyidagi
ma’nolarni ifodalashga xizmat qiladi:
a) boshlang‘ich asos orqali ifodalangan
narsaning mavjud
emasligi:
ishsiz, aybsiz, vizasiz, gunohsiz, nikohsiz, xavfsiz, dalilsiz,
jarangsiz, qurolsiz, mablag‘siz, kreditsiz, tutunsiz, mo‘ljalsiz (o‘q
otish), minasiz va h.k.;
b) dastlabki asosning oz miqdordaligini ko‘rsatadi:
jirsiz
(jir
), tuzsiz (tuz),
suvsiz (suv ) va h.k.
- chan affiksli so‘z yasovchi model
–chan qo‘shimchali ushbu kammahsul model tub hamda
yasama fe’llardan yasalgan ot turkumli so‘zlardan “qat’iy ravishda
namoyon bo‘luvchi fazilat, xarakter belgisi va moyillik”ni
72
ifodalaydagan terminlarni hosil qiladi :
yashovchan, o‘zgaruvchan,
sezuvchan, uchuvchan ( kimyo. uchuv),
eruvchan, ko‘rinuvchan
(harb. ko‘rinuv),
tovlanuvchan, sochiluvchan (fiz. sochiluv),
egiluvchan va h.k.
– chil affiksli so‘z yasovchi model
-
chan qo‘shimchasining fonetik turi bo‘lmish kammahsul
–
chil affiksli so‘z yasovchi model birorn narsaga bo‘lgan “moyillik,
berilganlik” ma’nosini anglatuvchi chegaralangan miqdordagi
terminlarni yasashda qatnashadi:
dardchil, izchil, xalqchil, epchil
va h.k.
– simon affiksli so‘z yasovchi model
Mazkur model hozirgi o‘zbek
tili zoologiya hamda
biologiya terminlari tizimida o‘xshashlik, bir xillik ma’nosini
ifodalovchi nisbatan salmoqli miqdordagi leksemalarni hosil
qilishda o‘z ifodasini topgan
. –simon affiksli sifat-terminlar ma’no
jihatidan rus tilidagi ikkinchi komponenti «...podobniy»,
«…obrazniy», «vidniy» elementlaridan tashkil topgan qo‘shma
sifatlarga muvofiq kelib, boshqa terminologik
tizmlarda ham faol
ishlatilishi bilan ajralib turadi
: ivasasimon (kit),
tumshuqsimon,