panalash,
qirish,chekinish va h.k.
Tahlilga tortilayotgan model shuniningdek, huquqiy terminlarni
ham yasashda faolligi va mahsuldorligi bilan xarakterlanadi: undirish,
takomillashtirish, aniqlash, tugatish, almashtirish, qonunlashtirish va
h.k. Ayni holatni jismoniy tarbiya va sport terminologiyasida ham
kuzatamiz: sakrash, suzish, chopish, yiqitish, urish (gol), uzatish va h.k.
-ma affiksli so‘z yasovchi model
XIV asrdan e’tiboran faol qo‘llanashga kirgan urg‘u
tushuvchi –ma affiksli sermahsul model quyidagi turfa ma’no-
mazmunlarni ifodalovchi terminlarni yuzaga keltiradi:
1) natija, voqea-hodisa, jarayon, kamdan-kam hollarda esa ish-
harakat nomini ifodalaydi (Kononov 1960;118): otishma, payvandlama,
ko‘chirma, aylanma (1.suv o‘rami; 2. doira), ko‘rgazma, tenglama (mat.),
qo‘chma (til.ma’no), yollanma (harb. armiya), aylanma (harb. harakat),
qo‘shilma (harb.), uzatma (sport) va h.k.;
2) kasallik turlarni bildiradi: toshma, bo‘g‘ma, terlama,
qichima, o‘sma va h.k.;
3) taom, ovqat nomlarini anglatadi: dimlama, qiyma, suzma,
o‘rama, qatlama, qaynatma va h.k.;
4) narsa-predmet, buyum nomini ifodalaydi: tortma, chizma,
chatishma, tirkama, to‘shama, moslama (asbob), quyma, bosma (qo‘l
richagi), to‘qima, eritma, qorishma, aralashma, ag‘darma, qurilma,
sochma (harb. o‘q), yig‘ma ( harb. ko‘prik), ko‘tarma (harb. ko‘prik; tex.
kran), tirkama va h.k.
Xullas, yuqorida keltirilgan ashyoviy materiallar –ma affiksli
66
modelning ham ilmiy, ham texnikaviy ma’noni anglatuvchi terminlar
yasashdagi mahsuldorligidan dalolat beradi.
-(u)v//-(o)v affiksli so‘z yasovchi model
O‘zbek
adabiy
tili
grammatikasiga
xos
mavjud
adabiyotlarning ba’zi birlarida –(u)v //-(o)v affiksi kammahsul deb e’tirof
etilsa (Kononov 1960; 117; Begmatov 1985; 140), boshqa birida
mahsuldor
tarzida
baholangan(Karimov
1985;
22).
Bizning
kuzatishlarimiz tahlil etilayotgan so‘z yasovchi affiksning harbiy,
ijtimoiy-siyosiy, yuridik va h.k. terminologik tizimlarda haqiqatdan ham
sermahsulligini tasdiqladi.
-(u) v//-(o) v affiksi (-i fonemali asoslar ushbu affiks bilan
birkkanda –i ning –u fonemasiga o‘tishi kuzatiladi):
a) jarayon, voqea, hodisani ifodalaydi – siquv, tintuv; qurshov (-a
fonemali fe’l asoslari bu qo‘shimcha bilan munosabatga kirishganda
undagi –a fonemasining –o fonemasiga o‘tishi voqelanadi), kechuv,
qidiruv, ishlov, surishtiruv, cheklov, almashuv, singuv, o‘rnashuv,
yemiruv, kemiruv va h.k.;
b) ish-harakatning nomi yoxud natijasini anglatadi: to‘qnashuv,
tergov, to‘lov, o‘lchov va h.k.
Demak, -(u)v//-(o)v affiksli modelning hozirgi o‘zbek adabiy
tilida ot-terminlar hosil qilishdagi vazifasi ancha faollashgan.
Ta’kidlangan jihatni mazkur affiks ko‘magida yuzaga chiqqan turfa
xarakterdagi terminlar ham tasdiqlaydi: tortishuv (fiz.; tib.) saylov,
to‘lov, kelishuv, bitishuv (til.), so‘rov, aralashuv, kuzatuv (harb.) va h.k.
- (i)m//-(a)m/-/(u)m affiksli so‘z yasovchi model
Bu model nisbatan kammahsul hisoblanib, quyidagi ma’nolarni
ifodalovchi terminlarni hosil qiladi:
a) natija, voqea-hodisa, jarayon yoki ish-harakat nomini anglatadi
- bosim, chiqim, kirim, bitim, ajrim (ajra-moq), bo‘lim, qatlam, yuqum,
cig‘im, otim, oqim, tizim va h.k.;
b) kam hollarda narsa,buyum otini bildiradi (Kononov 1960;140;
Begmatov 1977;117) - to‘plam, to‘qim, so‘qim ( so‘q-moq “urmoq”)),
sig‘im, qoplam va h.k.
–g‘i/ - gi/ –g‘u//-qi/- ki affiksli so‘z yasovchi model
Mazkur –g‘i/-gi-/g‘u//-qi/- ki affiksi nisbatan keyingi davrlarda
shakllangan –(u)v varianti qatori muayyan ma’noga ega ot-terminlar
yasaydi ( Kononov 1960;121; Shoabdurahmonov 1980):
a) ish-harakat vositasini ifodalaydi: tepki 1 (1. harb.; 2.maxs.),
tepki II (tib.), chopqi, chalg‘i , chalg‘u (mus.), burg‘i, burg‘u va h.k.;
b) onda-sonda ish -harakatni ataydi: urg‘u;
v) natija, ish - harakat predmetini bildiradi: achitqi, yoqilg‘i,
yonilg‘i, ko‘chki, kuydirgi (tib.), sachratqi 1 (bot.); sachratqi II (tib.) va
67
h.k.
– (a)q, -//-(i)q, - (i)k affiksli so‘z yasovchi model
Tarixan -g‘oq//-qoq affiksal shaklga borib taqaluvchi -(a)q//-(i)q
affiksi (Kononov 1960;121; Shoabdurahmonov 1980; 183) nisbatan
mahsuldor bo‘lib, bir qancha ma’noni ifodalovchi ot-terminlarni hosil
qilishda qatnashadi:
a) ish-harakat nomini yoki uning amalga oshganligini bildiradi :
o‘toq, guldurak, buyruq (buyur-moq), chaqiriq, ko‘rik, so‘roq, tarqoq
(harb.) va h.k.;
b) ish-harakat natijasi yoxud jarayonini anglatadi: to‘siq, yoriq,
qavariq, chirik, soliq, yoyiq (harb. saf) va h.k.;
v) obyekt, o‘rin, joy nomini ifodalaydi: yo‘lak, kechik, toshloq
(toshla-moq), qamoq (qama-moq) va h.k.;
g) ish-harakat vositasini ataydi: o‘roq, pichoq, tuzoq, taroq;
d) o‘xtin-o‘xtin ish-harakat egasi (subyekti)ni
anglatadi:
qochoq va h.k.
-qon//-gan/-kan affiksli so‘z yasovchi model
Mazkur kammahsul model yordamida ish-harakatning vositasi,
narsa-predmeti ma’nosini ifodalovchi ot (sifat) turkumiga xos terminlar
yasalgan bo‘lib, ular azaldan o‘zbek adabiy tili so‘z xazinasida o‘z aksini
topgan: bosqon, qopqon, yelkan, o‘pqon va h.k.
–qoq//-g‘oq affiksli so‘z yasovchi model
Ushbu –qoq//-g‘oq affiksli kammahsul model ba’zi bir
terminlarni yasashdagina qatnashganligi bilan xarakterlanadi: qazg‘oq
(qazi-moq), qadoq (qada-moq), yorg‘oq (anat.), tutqoq (1.epilepsiya; 2.
epileptik), botqoq va h.k.
–dak//-doq affiksli so‘z yasovchi model
Faqat sanoqli ot (sifat) - terminlargina ushbu kammahsul affiks
ko‘magida yasalganligini o‘zbek tili lug‘at boyligida bor bo‘lgan faktik
materiallar tasdiqlaydi: qo‘ndoq, kekirdak, yugurdak, qovurdoq, likildoq
(likilla-moq) va h.k.
– di affiksli so‘z yasovchi model
Ba’zi bir miqdordagi terminlarning mazkur –di affiksli
kammahsul so‘z yasovchi qolip ishtirokida voqelanishi hamda ish-
harakat natijasi ma’nosini ifodalashi kuzatiladi: yig‘indi (mat.), qirindi,
chirindi, chiqindi, cho‘kindi, oqindi va h.k.
–diq/-dik affiksli so‘z yasovchi model
Barmoq bilan sanarli terminlar ushbu o‘ta kammahsul -diq//-
dik affiksli model ishtirokida yuzaga kelgan: qoldiq (mat.), siydik.
-ich affiksli so‘z yasovchi model
Ushbu –ich qo‘shimchali model ishtirokida narsa-predmet,
buyum nomini ifolalovchi ba’zi bir terminlargina yasalgan: cho‘kich,
cho‘mich.
68
– qin / -kin affiksli so‘z yasovchi model
Bu kammahsul model jarayon, natija nomini anglatuvchi
terminlarni yasashda qatnashgan: otqin (geol.), toshqin, qochqin, sotqin,
to‘lqin (to‘l-moq), bosqin, chirkin, chopqin va h.k.
|