|
Alisher navoiy nomidagi toshkent davlatBog'liq H.Dadaboyev. O\'zbek terminologiyasi (1)chinniguldosh,
ayiqtovondoshlar,
boshoqdosh,
chuchmomadoshlar,
ziradosh, ra’nodosh, tokdosh, gulnavshodadosh va h.k.
-do‘z affiksli so‘z yasovchi model
Forscha-tojikcha –do‘z suffiksli mazkur kammahsul model biror-
bir narsa, buyumni tikuvchi shaxs nomini bildiradi: mo‘ynado‘z, etikdo‘z,
kavushdo‘z, yelkando‘z va h.k.
-kar, -kor //-gar/ -gor affiksli so‘z yasovchi model
Fors-tojik tilidan kirib kelgan ushbu suffiksli model yordamida
muayyan kasb-hunar egalarini anglatuvchi terminlar yasaladi: chilangar,
63
zargar, da’vogar, sholikor, javobgar, tadbirkor, tajovuzkor (Usmonov 1975;
51-56), bastakor, qasoskor, hamkor va h.k.
-kash affiksli so‘z yasovchi model
Kelib chiqishi forscha-tojikcha hisoblanuvchi –kash affiksi
ishtirokida yasalgan terminlar ma’lum kasb-hunar bilan mashg‘ul shaxsni
ifodalaydi: chizmakash, arrakash, ko‘chirmakash, tarafkash va h.k. O‘zbek
tili texnika terminlarini hosil qilishda o‘ta kammahsuldir.
– noma affiksli so‘z yasovchi model
Forscha-tojikcha so‘z-affiksli ushbu model asosan hujjat, yozuv,
xat, hujjat nomi namunasi ma’nosini anglatadigan terminlarni yasaydi(URSl
1988;723): bayonnoma, vasiyatnoma, guvohnoma, ahdnoma, shartnoma,
ma’lumotnoma, axborotnoma, shahodatnoma, sulhnoma, pandnoma,
aybnoma, dalolatnoma va h.k.
-parast affiksli so‘z yasovchi model
Fors-tojik tiliga tegishli suffiks yordamida voqelangan ushbu model
shaxsni nomlovchi terminlarni hosil qiladi: amalparast, butparast,
insonparast, shaxsiyatparast, xudoparast, aqidaparast, shahvatparast,
qonunparast, hokimiyatparast va h.k.
-parvar affiksli so‘z yasovchi model
Fors-tojik tilidan o‘zlashgan –parvar suffiksi ishtirokida
reallashgan bu kammahsul model shaxs otini anglatuvchi oz sonli
terminlarni yasaydi: yetimparvar, vatanparvar, insonparvar, xalqparvar,
sulhparvar, yurtparvar va h.k.
-soz affiksli so‘z yasovchi model
Forscha-tojikcha –soz suffiksli mazkur so‘z yasovchi model shaxs
nomini ifodalovchi ot-terminlar yasashda nisbatan faolligi bilan ajralib
turadi. –soz suffiksi qatnashuvi bilan hosil qilingan qator derivatlarning
o‘zbek tili texnikaviy terminologiyasi tizimida nisbatan faol qo‘llanishi
kuzatiladi:: samolyotsoz, kemasoz, ko‘piriksoz, soatsoz, traktorsoz,
raketasoz, vertolyotsoz, metallsoz, asbobsoz, vagonsoz, stanoksoz, qurolsoz,
robotsoz va h.k.
– furush affiksli so‘z yasovchi model
Fors-tojik tiliga xos –furush suffiksi ko‘magida voqelangan
mazkur kammahsul model o‘rni bilan shaxs otini anglatuvchi terminlar
yasashda ko‘zga tashlanadi: vatanfurush, og‘ufurush, tamakifurush,
odamfurush, nashafurush, nosfurush, xotinfurush, valyutafurush va h.k.
64
-xo‘r affiksli so‘z yasovchi model
Bu kammahsul model ba’zan: 1) shaxsni: odamxo‘r, araqxo‘r,
tekinxo‘r; 2) hayvonlarni ifodalovchi termin(zoonim)larni yasashda
qatnashadi : arixo‘r(lar), asalxo‘r, morxo‘r, chumolixo‘rlar, go‘shtxo‘r,
o‘txo‘r va h.k.
-shunos affiksli so‘z yasovchi model
Kelib chiqishi nuqtai nazaridan forscha-tojikcha hisoblanuvchi
–shunos suffiksli bu qolip o‘zbek tili terminologiyasi tarkibida aksariyat
rus tilidagi ikkinchi komponenti –ved suffiksli yasamalarga mos
tushuvchi, mazmunan shaxs nomini ifodalovchi terminlarni shakllantiradi
(Kononov1960;110):
|
| |